ni
qanday tolaysan? Qo‘shin
joiborsa, sipohing yo‘q, qurollaring yo‘q, unda
holing ne kechadi? Yaxshisi, bu istagingdan voz
kechgin, nafs deb iztirob chekma, mamlakatingni
xarob etma», - deyishdi ular. Shundan so‘ng xo
qon o‘z muddaosiga erishish tilagini unutdi. Men
esam u go'zal haqida senga xabar berishga ahd
qildim-da, huzuringga sovg‘a bilan boray deb, u
qizning suratini chizdim», - deb toza xitoy ipagiga
ishlangan rasmni unga uzatdi. Shoh u pari tas-
virini ko'riboq devona boldi. Hech kimga bironta
ham so‘z aytmay oqshomgacha rasmdan ko'zini
uzmadi. Ishq shohni bechoraga aylantirdi. Moniy
bu holatni koYgach, Bahromga: «O'z ishingga biron
tadbir о*у1аЬ top. Toki biron hodisa yuz berib, u
pari qoldan ketib qolmasin. Bunday hoi yuz bersa,
ilojini kim topa oladi?» - dedi. Shoh unga: «Meni
bu surat shaydo qildi. Bu dardimga о‘zing davo
topgin. Ayt, uning visoliga yetishish uchun nima
qilay?» - deb iltijo etdi. Moniy dedi: «Ishbilarmon,
aqli raso kishilardan yuborib, qiymatini tolasang,
o'zingga Xitoy xoqoni yuboradigan xirojdan voz
kechsang, murod-u maqsadingga yetishasan. Yo
Xitoy xirojidan kech, yo u parivash xayolini unut».
Shoh Bahrom buni eshitgach: «Bu holda qizga
yetishish uchun Xitoy moligina emas, jahon molidan
ham voz kechishga tayyorman», - dedi-da, donolik
va poklik bilan tanilgan yuztacha kishini, ko'plab
xizmatkorlar, kanizlarni tezlik bilan Xitoy tomon
yollashga amr qildi. Xoqon nomiga ham xat
yozib berdi. Ularning barchasi jo ‘nab ketishgach,
Bahrom qolidagi surat, qoshidagi Moniy bilan joni
notavon bolganicha qoldi.
Shoh Bahrom hukmiga ko‘ra Xitoy sari yol olgan
karvon o‘zlari ko'zlagan manzilga yetib borgach, do-
nishmandlar xoqon saroyiga borib, nomani hukm-
dorga topshirdilar va olampanoh maqsadi haqida
unga so‘zlab berdilar. Xon qolini kolcsiga qoyib,
xizmatga kirishdi va u go‘zal qizning xojasini o‘z
huzuriga chaqirtirdi-da, shoh Bahrom muddaosini
bayon qildi. Xoja xoqondan o‘zi talab qilgan baho-
ni - Xitoy mamlakatining bir yillik xirojini olgach,
qizni saroyga olib kelib, Bahrom yuborgan elchilar
qoliga topshirdi. Ular fursatni boy bermay, qizni
kajavaga otqazib, yurtlari tomon jo'nadilar. Karvon
dashtlardan ildam yurib borardi.
Bu payt Dilorom ishqi bilan o'rtanayotgan shoh
Bahrom hijrondan oh tortib, o‘z sevgilisini orziqib
kutardi. Ishq dardi uni behol qilib qolgan, har
bir kun ko'ziga bir yilcha bolib ko‘rinardi. Tun-u
kun fig'on chekib, yori visoliga intizor bolardi.
Sabr-u qanoati tugab borayotgan shoh dildor
suratiga qayta-qayta boqib, gohida behush bolib
o'zini yo'qotar, bir joyda biron soat ham tinchib
o“tira olmay, qasrda ham, bog'da ham kezib orom
topa olmas, qasr ustida bazm uyushtirib, u yer-
dan yolni tinmay kuzatar, biron chang yo qora
ko'rinib qolsa, taniga titroq tushib, hushidan
judo bolar, o'ziga kelgach, yolga mulozimlarni
chiqarar, sevgilisidan nishon topilmagach, yana
o‘tli fig'on chekar, saroyda kutishga toqati toq
bolib, ov bahonasida otga minib, dasht tomon
y o l olar, Xitoy yoli tomon yurib, yoridan xabar
topish uchun duch kelgan kishilami savolga tu-
tar, Xitoydan kelayotgan odamlar uchrab qolsa,
qayta-qayta murojaat qilib dilbari haqida biron
xabar eshitishga orzumand bolardi.
Moniy shohning bu ahvolini ко‘rib, uni yupatish-
ga, ko‘ngliga taskin berishga intilib, turli afsonalar
so'zlab berar, lekin Bahrom uning rivoyatlariga
e’tibor ham bermasdi. Xullas, shoh ancha vaqtni
shunday beoromlik bilan otkazdi. Nihoyat, bir kuni
shohga u orziqib kutayotgan parivash kelayotgani
haqida xabar yetkazishdi. Bahrom u quyosh ow
ning hajr shomiga nur sochishidan quvonchga tolib,
jismiga iztirob tushdi. Xitoy sari yol olgan karvon
shaharga yetib kelgach, shoh yo Hagan kishilar Xitoy
xonining maktubini, yuborgan sovg‘a-salomlarini,
gulchehra go‘zalni topshirishdi. Shoh ulami qim-
matbaho ehsonlar bilan siyladi va: «Sarvi ra’noni
o‘zi uchun hozirlangan haramdagi xos hujraga olib
boringlar», - deb buyurdi.
Dilorom shoh tayinlagan uyga jannat boglga
qadam qo“ygan hurdek kirib keldi. Birozdan so'ng
shoh Bahrom tez-tez qadam bosib uning huzuriga
tashrif buyurdi. Shohning jismi betob bolib, ko‘ngli
haroratga tola, o‘zi ishqdan mast-u bodadan sar-
xush edi. Diloromga ko‘zi tushgan shoh jannatda
bezakdor qasr-u, uning ichida yana bir jannatni
koVgandek boldi. Bu jannat jonli hur, yo‘q, hur
emas, balki nur sochuvchi quyosh edi. Yuzi yonidagi
qop-qora uzun sochlari goyo Chin mamlakatidan
mushk olib kelgan karvonga o'xshar, yuzi gulzordek
go‘zal bolib, ikki labi ajoyib ikki gulbargni eslatardi.
Bu lablar so'zlash uchun ochilganida, har tarafga
durlar sochilardi. Rangi lal (yoqut)ni eslatuvchi bu
ikki lab goyoki jon bolib, «jon» so‘zi oxiridagi nun
harfining doirasi uning baqbaqasiga obcshab ketar,
goyoki taqdir kotibi «jon» so'zini yozish choglda
«nun» harfi sig'may qolib, uni pastga joylashtirgan-
dek koYinardi. Tishlari lal ichidagi durlar tizmasi
yoki obi hayot (hayot suvi)dagi shudringga o'ixshar-
di. Qoshlari payvasta-tutash bolib, ikki qulogidagi
ikki yaltiroq dur ikki yulduzdek nur sochib turar,
qaddi jannat niholidek, beli esa xayol ipidek bolib,
bu ipni topish juda qiyin edi. Ustida gulgun ipakdan
tikilgan koyiak bolib, yuziga yashil roteol yopingan,
binafsharang to‘ni xilma-xil qimmatbaho toshlar
bilan bezatilgandi. Ushbu ko‘rinishdagi Dilorom
hur emas, bashar ofati bolgan pari kabi go‘zal edi.
Shoh kirib kelganida, u o ‘rnidan turib yer
o‘pdi. Shoh unga nazar tashlab, qizning surat-
dagiga qaraganda yuz bora latofatliroq ekaniga
ishonch hosil qildi. Qog‘ozdagi tasvirni ko‘rib,
jism -u jonidan ayrilgan shoh uning asliga boqa
olgaymikan, boqqanida o‘z hushidan ayrilmasmi-
kan? Xullas, shoh o‘z muddaosiga - Diloromiga
yetishdi. Xonada ikkovicjan boshqa hech kimsa
yo‘q bolib, Bahrom o‘z sevgilisi bilan birga edi. Bu
manzilda ne ishlar bolib o'tganini bayon qilishga
esa ojizman.
*
*
*
Murodiga yetishgan shoh Bahrom yana ayshu
ishratga berilib ketdi. Goh jannatmisol gulshanda,
goh jannatga namuna bolarli qasrda shohona
bazm uyushtirar, go‘zal Dilorom u bog'ni parixo-
naga aylantirardi. Gul yuzli sarvi qomat dildoriga
shaydolik bilan boqarkan, shoh dam-badam aql-u
hushidan ayrilardi, qiz changini qoliga olib kuy
boshlaganida, jon iplarini uzar, eshitganlarni aq-
lidan judo aylardi. Chang torlaridan taralayotgan
ohanglar qaqnus degan afsonaviy qushning tum-
shugi teshiklaridan chiqayotgan ajabtovur kuylar
singari butun elni o‘ziga maftun etar, navolardan
bor olam o'rtanardi.
Shoh Bahrom o‘z dilbari chehrasidan ko'zini
uzolmas, navosini tinglab to^ymasdi.
Dostları ilə paylaş: |