«Ey kajrav13 sipehri14 xudroy15,
Zulmungdin voy-u yuz tuman voy!
Jonimg‘a necha sitam qilursen,
Ko‘nglumga nasib alam qilursen,
...
Layliyi zaif-u benavoni,
Yuz dard-u balog‘a mubtaloni
0 ‘lturmak ila ham etmayin bas,
Hajr o ‘tig‘a solmoq o‘ylakim xas.
13 Kajrav - teskari yuruvchi.
14 Sipehr - falak, osmon.
15 Xudroy - o'zboshimcha.
Bu Layli edi, nedur xayoling,
Ermas edi hiylapesha zoling16.
Sovrulg{asiz, ey ravanda17 aflok,
Qo‘zg‘alg‘asiz, ey nujumi18 bebok19.
Jismimni qatil20 qildingizla!
Jonimni zalil21 qildingizla!
Jismim gardin uchurdi ohim,
Ey charx, arimadimu22 gunohim?!
Bu qayg*u azoblarim yetmagandek, yorimning
iztiroblari ham boshimga tushdi. Uning ota-onasi
olib, men ham motamda qoldim. Agar u qattiq
alam chekayotgan bolsa, mening dardim unikidan
ikki barobar kuchliroqdir. Unga ota-onasining
g'ami yetgan bolsa, bu - mening ham g'amimdir.
Laylini furqat balosi qiynayotgan bolsa, buning
ustiga ikki Majnuncha mashaqqati ham bor. Unga
umr zaruriyati qolmadi, shuning uchun jondan
kechsam ajab emasdir».
Shunday so'zlami faiyod urib xitob qilar ekan,
nola oti haddan oshib, jismida isitma paydo boldi.
U o t xuddi quyoshning botar chogidagi haroratiga
o'xshardi. Guldek yuzi terga botib, isitma otidan
qizarib ketdi.
Onasi qizining bu ahvolini ко‘rib, iztirob chekar-
di, jigari kabobga o'xshab kuyardi. U Laylining
otasini xabardor qilgach, qizining holatidan u ham
16 Hiylapesha zoling - hiylagar keksang.
17 Ravanda - kezib yuruvchi.
18 Nujum - yulduzlar.
19 Bebok - beparvo.
20 Qatil - o'ldirmoq.
21 Zalil qilmoq - xo'rlamoq.
22 Arimoq - pok bolmoq.
qattiq tashvishga tushdi. Ota-onasi, dugonalari
tabiblar chaqirib keldilar. Iso nafasli hakimlar
har qancha davo qilishsa ham, isitma pasaymas-
di. Kundan kunga dardi kuchayib, bosh og‘rig‘i
dam-badam zo‘rayib borardi. Shu holda yotar
ekan: «U motam asiri (Majnun) dard tufayli o‘lim
oldida emish. Go‘riston ichida zor-u behol bolib
olgan kishidek hayotdan uzoqlashayotganmish.
Goh o‘zida, gohida behush bolib, ko'zlari olikdek
nursiz ekan, o ‘z motami bilan jismi zaif-u, sening
darding bu jismidan jonini tortib olayotgandek.
Unga g‘am ustiga motam qo'shilib, sensiz ishi mo
tam ustiga motam ekan, joni g‘am bilan darddan
poymol bolib, holi haddan tashqari xarob ekan»,
- degan so‘zlar qulog'iga chalindi. Bu gaplarni
eshitgan Laylining bir o‘ti ming bolib, olim i ya-
qinlashardi.
Kuz shamolining ohi yetib, bo'stonlar yuzini
sarg'aytirardi.
Yaproqlarning yuzlari sariq og'riqqa uchragan
kishilamikidek sariq tusga kirdi. Har qaysi barg
bemorlardekyer to‘shagiga yotib oyoglni uzatib oldi.
Daraxtlar ham titrashga tushib, kuchli shamollar
chamanlami talon-taroj qilishga kirishdi.
Layli husn bog‘i bolib, boshidan oyoglgacha
jannat guli edi. Uning dardi nasimi tezlashib,
bo'stonning barglari to'kila boshladi. Kasallik
husni shohini g'amgin qilgach, u o‘z tutqunlarini
ozod qilib yubordi. Faqat bitta kabutargina uchib
ketmadi. Bu olamni tark etish onlari yaqinlash-
ganini sezgan parivash uyni xoli qoldirishlarini
so‘radi-da, so‘ng huzuriga onasini chaqirtirib unga
shunday murojaat qildi:
«Ey joningni menga bag'ishlagan onajonim!
Bu xasta jonim sening joningga sadqa bolsin.
Mening bor mashaqqatlarimni o‘z ustingga olib,
ko‘p dard-u alamimga qolding. Ming yil tirik bolib
xizmatingni qilsam ham, bu yaxshiliklaringni qay-
tara olmayman. Endi gulim xazonga uchrab, gulis-
tonimga sovuq kuz shamoli yetishdi, bu chamanni
tark etish zarur bolib qoldi. Vidolashish chogl
yetib kelgan ekan, dilimdagi dardlarimni sendan
yashirishim to‘g‘ri bolmaydi. Bilganlaringga sen
madoro, chora qilding. Endi men senga sirlarimni
ochay. Omonatimni topshirib, tuproq sari y ol olar
ekanman, aza ochma, ko‘z yoshlaringni ко“р tokma,
yuzlaringga urib yaralab, ruhingga azob berma, deb
aytishim befoyda. Shuning uchun sendan bularni
emas, boshqa bir narsani iltijo qilaman. Motam
kunlari qattiq azob chekib, yuzingni timab qon-
ga botirma, ko‘p qora kiyim kiyma, iloji boricha,
sabr qilishga intilgin, o'zingga dalda, taskin ber.
Tangri senga sabr bersin». Onasiga ko‘plab duo-
lar qilgach, yashirincha bu so‘zlarni talcidladi:
«Bu motam elga oshkor bolgach, dasht-u sahro
ahliga ham yetib boradi. Shubhasizki, mening
tog‘-u dashtlarda shamoldek kezib yurgan g‘aribi
zorimning qulogiga bu so'zlar eshitilgach, hodisadan
xabar topib, ruhi mening ruhimni istab, tezda
buyoqqa keladi-yu, quyosh kabi mening boshim-
ga yetadi. Ayriliq dardidan qutulib, elga ishq qa
nday bolishini ko‘rsatib, tuproglmga tuprog'ini
qo'shadi. Ruhini menga topshirib, tani jonsiz bolib
yerda jismi zori yotsa, hurmatini qilib yonimga
yotqizgil. Uning sharif jismi pok bolgani uchun
ko‘z yoshlaring bilan yuvsang ham arziydi. Ginani
unutib, unga yaxshilik va mehribonlik ko‘rsat-
gin-da, jon pardasidan kafan qilgin va ana shu
kafanga meni ham о‘ragin. Unga farzangdingdek
munosabat ko‘rsatib, farzanding bilan birga uyqu
ga yotqizgin-da, ikki ruh bir-biri bilan qo'shilgach,
bir tobutga solgin».
Layli ushbu so'zlarni tugatdi-yu, «Majnun» de-
ganicha jon berdi. Onasi bu kunni ko'rib, bir ovoz
chiqardiki, u osmonning bag'rini teshib o'tgandek
boldi. Qizining boshidan aylanib, tovoniga ko'zla-
rini surtar, goVoki kipriklari bilan uni qitiglab,
«Uyqu vaqti emas-ku hozir, ko'zlaringni och,
oyoqlaringni qimirlatib, so'zlagin», - degandek
uyg‘otmoqchi bolardi. Titrab, yiglab qizini mah-
kam bag‘riga bosib, yuzlarini yuzlariga qoyar,
Dostları ilə paylaş: |