Ikki guhar1 o ‘mi bo'ldi bir durf,
Ikki quyosh avji3 bo‘ldi bir burj4.
Bir sog'ar5 aro tushub iki mul6,
Bir g'uncha aro butub iki gul.
Bir jismda ikki ruh o ‘lub gum,
Bir ko‘z arosida ikki mardum7.
...Bu qand edi, ul zulol8 monand,
Jazb ayladi9 ul zulolni qand.
Bir suv edi ul hubob10 hosil,
Bir oh ila bo(ldi anga vosil11.
Falak bir lahza ularga mehribonlik ko'rsatib, ik-
kovlari vasl bilan shod bolishlari uchun zarur sha-
roitlami yaratib berdi. Barcha hayvonlaru qush-
1 Guhar - gavhar.
2 Durj - quticha.
3 Ayj - eng yuqori nuqta.
4 Buij - quyoshning yillik doirasidagi o‘n ikki nuqtaning biri.
5 Sog'ar - may qadahi, may piyolasi.
6 Mul - may, sharob.
7 Mardum - qorachig'.
8 Zulol - tip-tiniq suv.
9 Jazb aylamoq - tortib, shimib olmoq.
10 Hubob - suv yuzidagi pufak.
11 Vosil bolmoq - yetishmoq.
lar uyqu ogtishida orom olishardi. Sayyoralar-u
yulduzlar ikki sevishganning shodlik kechasini
himoya qilib, ulardan ko'zlarini uzishmas, subh
sovuq nafasini urmas, butun olam uyquda edi.
Ikki vafodor esa bir-birlariga tan-u jon misoli
chirmashishib, bir-birlariningyuz-u qollari, oyoqlar-
ini o'pishib, biri qulochini ochsa, ikkinchisi qoliga
yor sochlarini chirmab lazzatlanishardi. Ammo
ne ish yuz bermasin, u poklikdan uzoq emas-
di. U ikki dilband visol ogtishida shunday shod
ekanlar, tong yorisha boshladi. Layli: «Bu yerda
bolishni istasam ham, uyga borishim to‘g‘riroq
boladi», - dedi-da, bir-birlarining oyoqlarini o‘pib
xayrlashishdi.
Ikki dilorom bir-birining vasliga yetishib, mu-
rodlari hosil bolgach, biri qabilaga yol olib ketdi,
ikkinchisi esa dashtda yolg‘iz qoldi. Layli hech
kimga sezdirmay o‘z uyiga kirib oldi. Uning yori
bilan topishganidan hech kim xabardor bolmadi.
Bemor ku}'ov ko'zini ochib, boshi ustida turgan
odamlarga amori, ya’ni kajava keltirishini buyurdi,
ular bu farmonni bajarishgach, unga otirib o‘z uyi
tomon jo ‘nab ketdi. Kuyov o‘z kasalidan tuzalgach,
yana kelib nikoh ishiga kirishishini bildirdi. Layli
esa uyda qolib, yana hajr alamini torta boshladi.
Dimogl yor isidan bahra topgani uchun uning
rohati buzilgan, beholligi yanada kuchaygan edi.
Vasl davlatigayetishgan Majnun shu choqqacha
visol lazzatini totmagan, g‘am o‘tida kuyib, vasl
otinigina eshitardi, xolos. Vasl bilan joni yangi-
langach, hayot suvini m ol-kol ichgandek boldi.
Lekin zamona bu hayot suvini toldb tashlab, yana
zahar tola yuz jomni unga tutdi. Yarta hajrga
mubtalo bolgan oshiqning holi awalgisidan ham
oglrlashdi. Ko'nglida yuz xil iztirob paydo boldi-
yu, yana Najd togl tomon y o l oldi. Najd toglni
yer ustidagi ikkinchi osmon deb atash mumkin
edi. Cho‘qqilari falakka yetadigan bu bahaybat
tog‘ ustida daraxt-u kolcatlar ham o'smasdi, faqat
toshlardan iborat bolib, oshiqlar uchun g‘am-alam
togl edi. Majnun uning ustiga yugurganicha chiqib
bordi. Bu tog'ning cho'qqisini u o‘ziga maskan
qilib olgan bolib, u yerdan Layli qabilasi ko‘rinib
turardi. Ko‘zi doimo shu qabilada bolib, u yerni
tomosha qilish bilan o‘z dardiga chora topar, u
yerda ko‘tarilgan tutunni ko'zlariga surma deb
bilardi. Tog‘ cho‘qqisidagi o‘z manziliga olov tezligida
yugurib chiqdi-yu, yana qabilaga ko‘zini tikkan-
icha, o‘z-o‘zi bilan so'zlasha boshladi. Atrofida
vahshiy hayvonlar, qushlar paydo bola boshladi.
Ular ichida Majnun yoqtirgan bir jayron bolib,
ko‘zi bilan bo^ni nozik, jismi chaqqon, devona
yigitga yor-u oshno edi. U Majnunga mehribon-
lik ko'rsatib, bo^nidan quchar, yuzlariga yuzini
surtib erkalanar, qulogl bilan ко‘z yoshlarini artib,
tuyoqlari bilan jismini qashirdi. Jafokash yigit esa
uni erkalar ekan, quloglga shunday deb so'zlar-
di: «Sening ko‘zlaring Layli ko'zidek sehrli, nozik
oyoglng uchi yorilgan qamish qalamning o'zginasi,
tuyog'ing esa qalam uchidagi siyohga o'xshaydi.
Xuddi xat yozish uchun bandlik qamish qalam-
ni yo'ngandeksan. Ushbu qalaming bilan Layli
qabilasi tomon yol olib, agar yorim bahor chogi
sayrga chiqqan bolsa, sen tomonga yoli tushib
qolsa, uzoqdan turib atrofidan aylangin-da, har
o il qadamda tuproqqa yuzingni qo^. Men yuzimni
sening yuzingga surtay, ko'zimni ham ko'zingga
surtay. Sayrda u bilan birga bol, qay tomon yol
olsa, gul-u lolalar orasida bekinib, u yetib kel-
ganida, oyoglga yuzingni, qadami tuprog'iga ikki
ko'zingni surtgin. Hazin yiglab, mening g'amimni
unga oshkor qil, dil dardlarimni mungli ko‘z yosh
tolrib unga bayon qil!».
Majnun kiyik bilan shunday so'zlashar, qush-
lar bilan boshqacharoq suhbatlashar, har bir
hayvonga shu tarzda o'zining g'amgin qissasidan
hikoya so'zlardi. Ko‘nglida yor visoliga orzu havas
yashar, lekin bu havas xayolgina edi. Layli bilan
bolib o‘tgan visol onlarini yodiga olar ekan, dili
shodliklarga tolardi.
Majnunning yarim kechada Nafval uyidan
chiqib, dasht tomoniga ketganini bilgan ota-ona-
si el oldida uyalishganidan g‘am ostida qolishdi.
O'sha zahotiyoq uy tomon y o l olishdi, yetib bor-
ishgach, otasini isitma tutib, to‘xtovsiz terlab,
to'shakka mixlanib qoldi. Har xil muolajalar qil-
ishsa ham, foyda bermadi. Tabiblaming mahorati
ham kor qilmay, isitmasi pasaymadi. Dardi og‘ir
bolgani sababli, ahvoli borgan sari yomonlashib,
oxiri jon omonatini topshirib, qorongl maskan
sari y o l oldi. Qabila ahli aza tutib, oh-faryod
chekdilar. Bundan xabar topgan keksa onasi bir
tomondan o'glining dard-u g‘ami, ikkinchi tomon-
dan yostiqdoshining alami bilan iztirob chekib, eri
ortidan boqiy dunyoga yuz tutdi. El unga ham aza
tutib, qora kiydi. Ularni o'sha qabilaning go‘risto-
niga dafn etdilar.
Najd toglni o'ziga maskan qilib olgan Majnun
ota-onasining vafotlaridan bexabar edi. Bir kuni
ichini qayg4i bosib, ko‘zi uyquga ketdi. Tushida
ajoyib bir voqeani ko‘rdi: ikkita kaptar bir uyda
bola ochibdilar, jo'jaga qanot chiqqach, u birdan
havoga parvoz qilibdi. Buni ko'rgan ikkala kaptar
uni uyasiga olib kelish uchun osmonga parvoz
etishibdi. Jo'jani topgan bolsalar ham, u o‘jarlik
qilib uyiga qaytmas emish. Ikkovlari noumid bolib
inlariga qaytayotganlarida, yuqoridan ikkita bur-
gut uchib kelib, ikkovini yeb qoyibdi. Bu tushni
ko‘rgach, Majnun ko'zini ochdi-yu, qonli ko‘z
yoshlarini to “ка boshladi. Tushiga ta*bir istab, uni
o‘z holatiga qiyosladi-da, ota-onasi olganini, ha-
yoti quyoshi qora bolganini bildi. Tog'dan pastga
qarab sel singari shoshilib, seldek ko‘z yoshlarini
toldb, qabilasining mozorigacha oh-faiyod urib
yugurdi. U yerda yangigina yasalgan ikki qabmi
ko‘rib, jismi zorini chaqin urgandek boldi. Boshiga
tuproq sochib, kolcragiga toshlarni ura boshladi.
Otasining mozoriga boshini qo“yib fig'on chekdi:
«Ey sahro ahlining azizi, faqat dasht emas, Mak-
kadan Shomga qadar barcha el sening rahmating
dasturxonidan bahramand edi. Arablaming eng
ulug‘ kishilari ham sening dastingdan shikast
topardi. Lekin sen mendan shikast topding.
Ko'ngling g'amimda noshod bolib, umring men
tufayli barbod boldi. Meni shodlik uchun tilagan
eding, lekin men tufayli yorug‘ chiroglng o'chdi.
Meni tilab qancha diramlar12 sochding-u, men
tufayli alamdan boshqa narsa ko'rmading. Qaysi
til bilan sendan uzr so‘ray, sening aytganlaringni
qilmadim, ruhingdan nechuk kechirim so‘ray?
Meni tashlab ketib, ustimga g‘am toglni qoyding.
So‘ngaklarimni bir-bir ushatib, tanimni tuproqqa
qorishtirding. Yulduzim har qancha qora bolib,
12 Diram - kumush tanga.
toleyim baxtsiz bolsa ham, saxovat ko'rsatib, meni
kechirgil, ruhingni kechiruvchim qilginb.
Keyin Majnun onasi qabri oldiga borib, yoqasi
o'miga kolcsini pora qilib, yemi ko‘z yoshlari bilan
dengizga aylantirdi. Bahor bulutidek oldrib, o‘z
yuzlariga ura boshladi. So‘ng alam bilan shunday
deb faiyod urdi: «Ey jonim qiblasi, qiblamning nuri!
Jonimning shodligi, ko'zimning chirogl, ko‘nglim-
ning rohati-yu, fikri xayolim oromi! Sen КаЪат
esang-da, men mayxonani istab, tavof qilmadim,
atrofingda aylanib sayr etmadim. Qalbingga har
doim iztirob solib, К аЪ атт xarob ayladim. Mening
КаЪат xarob boldi, endi Tangriga ne deb javob be-
raman? Mehrimga ko“nglingdan joy berib, beshigim-
ni qoHaring bilan tebratding. Har kun meni o^lab
qayg4i chekding, meni deb tunlari uyqung harom
boldi. Kechalari tinmay yiglab fig‘on qilganim
ko'zlaringga uyqu bermasdi. Kunduzlari-yu kecha
lari mening dardimda tinmay, yemak-ichmakni ham
unutib qo yarding. Bir luqma non yeganingda ham,
uning menga sut bolishini oyiarding.
Koshki edi chekkan bu azoblardan qadding
egilib, k o‘rpa-to‘shak qilib yotganingda, men
qaddimni egib qoshingda tursam edi, qul kabi
o'gllligingni qilsam edi. Bunday oglr kunlarda
boshingda hozir bololm adim , shafqat bilan
qollaringni silab, ko'zlarim bilan yollaringni su-
purolmadim. Sendan tun-u kun judo bolib, bev-
afolik qildim, dardingga davo bololmadim. Jan-
natdan joy olgan ruhing mendan shod emasligini
bilaman, shu zulmning o‘zi menga yetib ortadi.
Bechoraman, boshqa nima qilay, dardimga qanday
chora topay?!». Shunday fig‘on qilganicha, boshini
yerga urarkan, yana hushidan ketib jdqildi.
Hayot kuyi, go‘zalligidan mahrum bolgan Maj
nun endi ota-onasidan ham judo boldi. Uni yor
dog'i o‘rtab kelayotgan bolsa, ular ustiga ikki
mehribonining dardi ham qo‘shildi. Alam ustiga
alam ichida qolgan bechora go'ristonni vatan
qilib oldi. Yotadigan joyi xilxona bolib olam unga
go Vo qorongl go'rdek tuyilardi. Har kuni hushini
yo‘qotib nola-yu fig‘onlar qilar, o ‘zini yuz g‘amga
duchor etardi. 0 ‘z joniga jafolar qilib, o‘z-o‘ziga aza
tutardi. Ota-onadan ayrilish ikki dog‘ bolsa, hijron
ushbu ikki o ‘t ustiga quyilgan yog‘ edi. Muncha
g‘am-u balo yigllgach, Majnun yotib qoldi. Dardi
shunchalar kuchli ediki, u o‘zi yotgan joyidan
qo£zg‘alolmasdi. Boshi ustiga yowoyi hayvonlar-u
qushlar, kiyiklar to'planib turishardi.
Bu payt Layli ham g‘am-alam ichida iztirob
chekardi. Majnun visolidan shodlikka tolgan qiz
yana hijronga duch keldi. Majnunning ota-onasi
vafot etganini eshitgan Laylining dardiga dard
qo'shildi. Chunki yuz bergan barcha voqealarga
o‘zi sabab bolganini yaxshi bilar edi. U tinmay
yiglar ekan, shunday so'zlar bila nola qilardi:
Dostları ilə paylaş: |