Shohning umr-u johin istarman,
Charx avjida komin istarman.
Yana matlub xalq ibodatidur
,
Kim ulus mujibi saodatidur.
Shoh agar qilsa, bandasin ozod,
Tun-u kun aylagum duo bila yod».
Muqbilning bu oqilona va yoqimli so'zlari xush
kelib, zebo chehrali va xushso'z bu yigit shoh
ko'nglida mehr uyg‘otdi. Unga shoh vazirlik un-
vonini berdi. Bir necha vaqt xizmat qilgach, davlat
humoyi boshiga soya solib, qizini nikohlab ber-
di-yu, uni farzand qilib oldi. Muqbil bunga e’tiroz
bildirgan bolsa ham, uni o‘z ixtiyoriga qoymay,
katta toy qilib, ko‘z qorachiglni unga juft qilib ber
di. Boshdan oyoq sandalboy kiyimlar kiydirishdi,
chunki parivash shuni istagan edi. Keyin ulami
qasri sandalga olib bordilar-da, guli sumansoni
o‘z mahbubiga topshirdilar.
Muqbil kelin chehrasiga boqib, hayratga
cho'mdi. Chunki u o‘zi chekkan azoblaming sa-
babchisi edi. Qasr ham, saqf-u ostona ham, taxt-u
ofati zamona ham aynan suv ostida ko‘rganlarin-
ing o‘zi edi. Hay rat o‘ti dimog'iga tutun yetkazib,
bu o t uning vujudini nobud qilib, oh-u afg‘on
chekib yiqildi, joni esa chiqay deb turardi. Shu
chog‘ dimog'iga sandal isi esib, ko'zi charog'i yo-
ridi. Ko‘zini ochgach, yana ahvolni ко‘rib, nola
chekib behol bolardi.
Uning bu holatini kuzatayotgan mahvash ham
unga mehribonlik ko'rsatib, kotiglini olardi. Oxi
ri o'ziga kelib mahvash visoliga yetishdi. Lekin
go‘zal mahbuba ko‘rganlaridan lol bolib yurardi,
bir kuni: «Sening hayratli ishlaringdan men doim
lolman. Voqealar sababini aytib bergil», - deb ilti
mos qildi. Muqbil rost so'zlashdan boshqa chorasi
bolmagani uchun bor ko'rganlarini bekam-u ko‘st
sharhlab berdi. Bulami eshitgan parivash tabas-
sum qildi-yu, shunday deb so‘z boshladi: «Taqdir
meni go‘zal qilib yaratgach, husnim haqidagi
so‘zlar jahonga tarqaldi. Mening koshonam old-
idan otib qolgan jinlar shohi husnimga shaydo
boldi-yu, qasrda jinlar shovqin-suroni boshlanib,
men devona bolib qoldim. Shoh buni ko‘rgach,
tabiblarni chaqirtirib, dev-u parilaming sehr-u
ziyonidan meni xalos qilishga kirishishdi. Ular daf
boldi, lekin eshitishimcha, jinlar shohi g‘amimda
yana devona bolib, dengiz ichida sehrli manzara
bunyod etibdi. Sandaliy qasr atrofida bog‘ yaratib,
undagi sandaliy taxt ustida mening timsolimni
otqazib qo‘yibdi. Sen hovuz ichida ko‘rgan nar-
salar naqshlardan iborat bolib, uni ko‘rgan xas-
ta odam orom topar ekan. Sen u yerda bolgan
choglngda mening tasvirimga shaydo bolgansan.
U yerda timsolimga oshiq bolgan eding, bu yerda
Haq seni visolimga yetkazdi».
Shu so'zlarni eshitgach, Muqbilning mushkul-
lari bartaraf boldi-da, mahbuba xayolidan ko'ngli
у ay rab, sandaliy qasrda baxtli boldi, kiyimini ham
sandaliy rang qildi.
Dostları ilə paylaş: |