dilar. Qolgan mulk hisobchilar sanog'iga ko‘ra
yetti yuz ming tuman ekanligi ayon boldi. So‘ng
shoh sipohlarining har bir guruhi, sipohdorlar,
nawob-u hojiblar qanchadan oylik olishni aniqlab
jamlashni buyurdi. Ularning miqdori ham saroy
belgilaganidan ancha ortiqligi malum boldi. Oylik
uchun belgilangan pulning yarmigina sipohlar
qoliga yetib borar ekan. Shoh bu ahvoldan xabar
topgach: «Maosh barcha sipoh ahliga barobar qilib
berilsin», - degan buyruq bolib, ular xarajatlari
uchun yetarli maosh ola boshladilar. Sipohlardan
tashqari 600 000 yordamchi ishchilarning maosh-
lari ham shu tarzda ko‘paytirildi. Barcha sipohi-
ylar shohning: «Manga ganj havas emas, sipoh-u
raiyat manga ganj», - degan so'zlaridan nihoyatda
quvonib, shodlanishardi. «Xazinadan elga naf ye-
tmasa, undagi lallardan oddiy tosh afzaldir. Agar
tosh zarar keltirmasa, xazinadagi boyliklardan
elga yuz xatar bordir. Agar shoh xazinasi foyda
bermas ekan, jahon ahli uning sarbasar dush-
manidir. El xazinadan foydalanar ekan, jahonni
zabt etmoq ham oson boladi», - dedi Iskandar.
Dostları ilə paylaş: