«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

oty la d i-d a , 
besh-o‘n jangchini yuborib, uni o‘z 
oldiga olib kelishga buyurdi. Farhod o‘zi turgan 
manzilga yaqinlashayotgan dushman askarlarini 
ko'rib, ularga qarab xitob qildi:
«Ey baxtiyor shoh! Agar Xisrav esang ham
Xisrav bolmasang ham bu so'zlarimni eshitib ol. 
Meni o‘z oldingga olib borishlarini istab, 
o ‘n -o ‘n 
bfcsh pahlavoningni jo'natding. Maqsading meni 
oldirmoq bolsa, bundan menga ziyon ham, sen­
ga foyda ham yo‘q. Shu odamlarning qoni sening 
bo^ningga tushadi, chunki sen o‘z sipohlaringni 
o‘z qoling bilan oldirding. So'zlarimga ishonma- 
sang, Yaratganning qudratini tomosha qil: bosh 
kiyiming cho‘qqisini uchirib yuboradigan mana 
bu toshni mening salomim deb qabul qilgin».
Farhod shoh turgan tomonga qarab yana 
bir toshni otdi-da: «Bu esa bayroglng uchidagi 
shaklni uchirgusidur», - deb xitob qildi. U otgan 
ikki tosh shohning dubulg'asi uchini va bayrogl 
uchidagi shaklni uchirib yubordi. Shundan so'ng 
Farhod so‘zini yana davom ettirdi: «Ey shoh yoki 
sarkarda, ishq ahlining mahoratini sen ham
sipohlaring ham ko'rdi. Endi ularni orqaga qaytar, 
bolmasa, bari olib ketadi. Men es-hushini yo‘qot- 
gan majnun qoyadan tosh olib sen tomon otsam, 
boshingni uchirib yuborishim aniq. Boshingdan 
kechganimni g'animat bilib, yolingga qayt. Men, 
ishqdan alam tortayotgan odam senga nima qil- 
sam ham uzrli bolaman. Agar Arman toglda turib 
qasos olishga otlansam, uning har bir toshi bir 
boshga aylanadi...
Sen xalq mulkini talab, taxt-u tojini tortib olish 
uchun bu tomon kelibsan. Mamlakatini barbod


qilib, nozanin ko‘nglini xafa qilding. Eshitishimcha, 
ishqdan lof ham urayotgan emishsan. Dardi ishq 
rasmi shunday boladimi? Vafo-yu mehr sharti 
shunday boladimi? Birovning ishqida zor bolishmi 
bu? Uning g'amida beqaror bolishmi bu?!»
Bu so‘zlarni eshitgan Xisrav ко‘ngliga iztirob 
tushib, nima deb javob qilishni bilmay qoldi. 
Askarlari oldida ham, qal’adan qarab turgan 
odamlar oldida ham xijolat bolganicha, sayridan 
ko'zlagan maqsadiga erisholmay, qo'shini turgan 
manzilga qaytdi.
Xisrav diqqat bolib o‘z qarorgohiga qaytgach, 
Buzurg Ummidni huzuriga chaqirib, undan 
maslahat so‘radi. Vazir uning ko‘nglini xursand 
qilib shunday dedi: «Es-hushidan judo bolgan 
bu yigitning so'zlaridan tashvish chekishning 
keragi yo‘q. Bir odamimiz Bonu saroyiga borib, 
bu so‘zlami aytib bersa, balki oyianib qolib, ni- 
yatlarimiz amalga oshishi ham ajab emas. Bu 
qo‘rg‘on nihoyatda mustahkam bolib, oziq-ovqat 
ham mol-kol to‘plangan ko'rinadi^.Uni bosib olish 
qiyin bolsa ham, оyiab ish qilsak, muddaomizga 
erishamiz. Axir afsungarlar r6st-u yolg'on so‘zlami 
aytib, afsun bilan ilonni inidan chiqaradi-ku!».
Buzurg Ummidning bu so'zlarini ma’qul ko'rgan 
Xisrav bir so‘zga chechan odamni topib, Mehinbo­
nu saro
3
dga jo'natdi. U kishi qo‘rg‘on ichiga kirib, 
saroyga bordi-da, malikaga shunday so'zlarni 
aytdi: «Shohimiz bu yerga farzand bolish niyatida 
kelganlarini aytib yubordilar. Sizlar ul go'zalning 
turmush qurishdan bosh tortayotganini talddlayap- 
sizlar, lekin bir telba, so‘zlaridan aqlga zahmat yeta- 
digan yigit o'zini oshiq deb bilib, u qizni mahbuba 
hisoblar ekan, bundan barcha el xabardor emish.


Shunda ham parivash uning oldiga borib, mehri- 
bonlik koYsatib turar ekan. Ko‘rinib turibdiki, u 
^turmush qurishni istamayapti, degan so‘zlaringiz 
yolg‘on, bu xil bahonani biz kechirdik! Chunki har 
bir odam xato qilishi mumkin. Lekin biz yurtin- 
%izga mehmon bolib kelgan edik, siz mezbonlikni 
ado qilib, o'rtamizdagi xafagarchiliklami bartaraf 
etsak, ayni muddao bolur edi».
Mehmon so‘zini tugatgach, Mehinbonu shun­
day javob qildi: «Xisrav Farhodni ko'rinishidan 
odamzodga o'xshamaydi debdi. Shuni bilinglarki, 
bizdek odamlar uning maqtovini yuz yil davomida 
aytsak ham, fazilatlarining mingdan birini ham 
ta’riftay olmaymiz. Shohingiz uni gado debdi, 
u shahzoda, sharafda undan-u bizdan ziyoda. 
Dunyoda u bilmagan ilm yo‘q. U Shiringa shay do 
bolsa ham, uni ikki yo uch martagina ко‘r gan, 
xolos. Har safar ko'rganida hushidan ketib yiqila- 
di, o'ziga kelgach, dasht-u toglar sari y o l oladi. 
Shirinning maqsadi ham u yigitni ко‘rib turish- 
dir. Shohing Farhodning jamolini jirkanch debdi, 
borib ko‘r, Xisrav rost yoki yolg‘on gapirganini 
o‘z ко‘zing bilan ко‘r as an. Uning yuzi gulzoridan 
gullar terishing aniq». Bu so‘zlami eshitgan va­
kil Xisrav oldiga borib, barchasini gapirib berdi. 
Darg‘azab bolgan Xisrav o‘z qo'shinlariga sha- 
hami bosib olish haqida buyruq berdi. Sipohlar 
qo‘rg‘onni qamab, unga hujumni boshlashdi. 
Shahar aholisi qo‘rg‘onni himoya qilishga kirish- 
di. Sipohlar kunduzi-yu kechasi hushyorlik bilan 
jangga hozir turishar, tunlari mash’alalar bilan 
qal’ani yoritishardi.
Farhod turgan tomonga dushman qo‘shin- 
lari yaqin kelolmas, ming qari yerdan buyoglga


o‘tolmas, pahlavon yigit otayotgan toshlar tegib 
halok bolishdan qo‘rqishardi. Pashshaga ham 
ozor yetkazishni istamaydigan Farhod o‘z jonini 
asrash uchun yov askarlarini qo‘rqitardi, chunki 
bu jonda sevimli yor vafosi bolgani uchun uni 
dushmanga fido qilishni istamas edi. Xisrav esa 
qanday qilib bolmasin uni yo‘q qilish chorasini 
izlardi. Undan qutulsa, qal’ani qolga kiritish oson 
bolishini bilardi. Buzurg Ummid bilan maslahat- 
lashib, makkor afsungami topishdi-da: «Agar sen 
devona yigitni yo‘qotish chorasini topa olsang, 
hisobsiz oltinga ega bolasan», - deyishdi. Afsun- 
gar: «Uni makr bilan shunday aldayki, hushidan 
judo bolib, olikdek yiqilsin. Lekin uni bu yerga 
qanday olib kelish chorasini topa olmayapman»,
- dedi. Xisrav: «Sen uni behush qilsang, yuzta 
sovut kiygan sipoh yashiringan joyidan chiqib, 
uni bu tomon olib kelishadi», - dedi. Xisravning 
bu so'zlarini eshitgan u makkor o'zini es-hushini 
yo'qotgan odam qiyofasiga kiritib, yashnab turgan 
xushbo'y gullardan uzib oldi-da, uning barglari 
orasiga behush qiladigan dori sepib, Farhod 
manzili tomon y o l oldi. Devonalardek qadam 
tashlab, oshiqlardek faryod qilib kelayotgan bu 
odamning ovozini eshitgan Farhod uning yoydek 
egilgan qomatini ко‘rib hushidan ayrilishiga oz 
qoldi. Ko'nglini iztirob o‘rtab, unga: «Ey dard bilan 
o‘rtangan oshiq, bu yerlarda nima qilib yuribsan, 
qaysi parivashni ко‘rib, bunday devona bolding? 
Men falakdan zulm ko'rgan edim, sen nega fig‘on 
chekyapsan?» - dedi. Hiylagar uning ishonganini 
ко‘rib: «Ey ishq elining podshohi, men falon joy- 
danman, bir go'zalning ishqi meni devona qilgan


edi. Sevgilimni goh yiroqdan, gohida oshkora 
ко‘rib turardim. Xisrav qo‘shini shaharni qamal 
qilgach, men qal’adan tashqarida qolib ketdim. 
Shaharga kirmoqchi bolib darvozaga yaqinlash- 
sam, boshimga o‘q bilan tosh yog'dirishmoqda. 
Bu xil qiyinchiliklardan olar holatga yetdim. Bir 
dardkashim ham yo‘q edi, seni eshitib, ahvolimni 
so'zlab berish uchun qoshingga keldim», - dedi. 
Uning so‘zlarini eshitgan Farhod oh tortib, ko‘zlari- 
dan seldek yosh tolcdi-da, tani zaiflashib yiqildi. 
Hiylagar uning holini ко‘rib, dori sepilgan gulni 
dimog‘ig‘a tutdi. Keyin qichqirib, ishorat bilan 
sipohlarni chaqirdi.
Bu paytda bir tosh ustida yotgan Shopur yomon 
tush ко‘rib, seskanib uyg'ongach, Farhod tomoni- 
ga qarab, do‘stining behush yotganini, shaytonga 
o'xshagan bir kimsa sipohlarni chaqirayotganini, 
ular har tarafdan Farhodgayaqinlashayotganlarini 
ko‘rdi va ish qoldan ketganini sezib, Farhodning 
holiga ko‘z yosh to “ка boshladi. Tepalikda tur­
gan Shopur pastda haligi hiylagami ко‘rib qolib, 
qoyadan bir toshni ko‘chirib oldi-da, u bilan 
makkoming boshiga urib oldirdi. Sipohlar Far- 
hodni ko‘targanlaricha, Xisrav qarorgohi tomon 
y o l olishdi. Bu hodisadan xabar topgan qo‘rg‘on 
ahli g‘am-alamga mubtalo boldilar, ammo Shirin 
eshitsa, shubhasiz, o‘zini oldiradi, degan xayol 
bilan unga bildirishmadi.
Sipohlar Farhodni ko‘tarib, Xisrav dargohiga 
olib kelishgach, shoh o‘zida yo‘q xursand bolib, 
raqibining qo‘l-oyoqlarini zanjirband qilishga 
buyurdi. So‘ng tabibni chaqirib, Farhodni hushiga 
keltirishni topshirdi. Hushiga kelgan Farhod o‘zining


jinnilar kabi kishanband qilinganini ko‘rdi. Sho­
hona yasatilgan xonadagi taxt ustida bir shoh 
o'tirar, boshidagi toj yarqirab turardi. Atrofda 
sipohlar tizilishgan, shoh unga taajjub bilan 
boqardi. Farhod oYnidan turib, shu yerda hozir 
bolgan kishilarga qarab boshini egdi-da, yerga 
o'tirib, ko'zlarini quyi soldi. Xisrav uning jamoli-yu 
odobini ко‘rib, jazolashni ham unutdi-da, unga 
qarab so‘z ochdi; Farhod uning savollariga javob 
qaytara boshladi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin