«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Nigoro, mahvasho, iffat panoho



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Nigoro, mahvasho, iffat panoho,
Jahon mahvashlarig‘a podshoho!
Sanga haddim y o ‘q, o ‘lmoq nukta pardoz, 
Tilarmen itlaringg‘a aytmoq roz.
Nedur ko‘yung aro itlarga holat,
Farog‘at birladurlar у о malohat.
Kecha ul ko‘y aro qilgbnda faryod, 
Qilurlarmi bu itgan itni ham yod, -
so'zlari bilan murojaat qilib: «0 ‘sha itlar yigllgan 
choglarda meni yo'qlasharmikan, suv ichganlari- 
da, mening ko‘z yoshlarimni eslasharmikan, o'sha 
ostonaga bosh qotyganlarida, menga ham joy 
qoldirisharmikan, menga qazodan yetgan azoblar- 
ni bilib, holimga aza tutib tunlari ulusharmikan, 
bo'yinlarini boglashganda, mening bo'ynimda 
yuzta kishan borligini bilisharmikan? Ularning 
ichida menga obcshagan behol, qo‘tir bir it ham 
bor bolib, men kabi joni o'rtansa ham, sening 
yuzingni ko'rishga ko'zlari to‘rt bolib turardi. U 
bilan men senga vafodorlikda tortishardik. 0 ‘sha 
it menga doim mehribonlik ko'rsatar, ko'zim qoni- 
ni ko'rganida, uning ham qoni oqar, bir do'st kabi 
men bilan yaqin edi. Uning ahvoli qandaykan, 
ostonangda panoh topganda, meni ko‘z oldiga 
keltirarmikan?


Maktubingda har biri durdonaga teng yaxshi 
so'zlami yozibsan, ularning har biriga jonim sadqa 
bolsin. «Mening ham g‘am-u dardim ko‘p», - de­
gan gapingni o'qib, jonim kuyib ketgandek boldi. 
Menga o'xshagan yuz minglab oshiq olganida 
ham, muborak xotiringga g‘am yetmasin. «Sen no- 
tavon bolsang ham, pahlavonsan, 
tog‘
bolsa ham 
teshang oldida past, sher bolsa ham panjangdan 
halok boladi», - debsan. Unday zo‘r shavkat-u 
quwatim qolmagan. Hozir chumolidek ojizman. 
Ishq hatto ajdahoni ham chumolidek qilib qo“yar 
ekan. «Taxt-u tojim, mamlakat-u lashkarim 
dushman qoliga tushdi, Mehinbonu bilan men 
qo‘rg‘onda qamalib, azob chekmoqdamiz», - deb 
yozibsan. Bu gaplaringning barchasi rost. Lekin 
boshga kelgan qazoga rozi bolishdan boshqa cho- 
rayo'q. Mamlakating, sipohlaring, xalqing boshiga 
tushgan balolardan xabardorman. «Bu azoblarga 
sen sazovor eding-u, falak ularga zulm qildi», -
desang, bu ojiz jonimni fido qilishga tayyorman.
Mening ham erkin diyorim, iqtidorli xalqim 
bor edi. Otam necha-necha iqlimga xoqon edi. 
Boshimda toj, oyoglm ostida taxt bor edi. Xitoy 
bilan Chindagi o‘n ikki ming shahar hukmim os­
tida bolib, shungayarasha sipohlar-u boyliklarga 
egalik qilardim. Boshimga ishq mojarosi tushib, 
diyorimdan ayrilib, bu yerlarda devona bolib yu- 
ribman. Otam bilan onam, necha ming shahar 
xalqi mening ahvolimdan iztirob chekmoqda. Bu 
ishlar uchun kimga ta’na qilay? Taqdirga tan 
berishdan o‘zga qanday chora bor? Bu nomani 
hushimdan ozgan holda yozdim. Shuning uchun 
nima yozganimni ham bilolmadim. Men devo­
na o'zimdan ogoh emasman: xato so‘zlar degan


bolsam, kechirgin, chunki majnunlarning xato- 
sini hamma ham kechiradi».
Shirin ushbu maktubni iztirob chekib o‘qir 
ekan, qalbi tirnalar, Farhodining tirik ekanidan 
shodlanib yerga bosh qoyar, chekayotgan azobla- 
rini anglab, nola qilib, ko‘z yoshlarini tolcardi. 
Xat mazmunini Mehinbonuga so‘zlab berganida, 
malika ham g'amga toldi. Keyin Shopurga o‘z ehti- 
romlarini bildirib, izzat-ikrom ko'rsatishdi. Undan 
Farhodning ahvolini birma-bir so‘rar ekanlar, ko‘z 
yoshlarini tobctatisha olishmasdi.
Shopur ikki sevishgan qalb sohiblarining mak- 
tublarini bir-birlariga yetkazib yurar ekan, Xisrav 
bundan xabardor bolib qoldi. Farhod bilan Shirin­
ning o'zaro kelishib, biron yoqqa qochib ketishlari 
mumkinligini, ulami qidirib topishganda ham bu 
pahlavon yigitni qolga olish oson bolmasligini 
о*ylagan shoh o‘ziga otilgan toshni esladi. Farhod­
ning har bir qadamini kuzatib yurish foydasizligiga 
ko£
zi yetgan Xisrav shahardan Salosil qo‘rg‘oniga 
qadar bolgan yashirin yollarga josuslami qo^ib, 
har bir yolovchini tekshirib, kimdan bir maktub 
topilsa, tezlik bilan o‘z huzuriga olib kelishni 
buyurdi. Ikki-uch kun otib, Shirinning maktubini 
olib kelayotgan Shopumi qolga olib Xisrav dar- 
gohiga keltirdilar. Xatni o‘qigan shoh muhabbat 
dostoni bilan tanishgandek bolib, boshidan qora 
tutun chiqib ketayotgandek boldi. Har bir so‘z 
vafo nishoni bolib, cheksiz mehr-u muhabbat, 
ahd-u paymonlar ifodasidan darak berardi.
Maktubda Xisrav nomi ham tilga olingan bolib, 
uning Arman mulkini vayron qilgani, xalqqa 
ko'pdan ko‘p jafolar yruzlangani aytilib, uni goh



Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin