Shundan keyin Shopur Mehinbonuga aytgan-
larini birma-bir takrorladi-da: «Farhodning oldiga
ketyapman,
bundan sizni xabardor qilay, agar
maktub yozib bersa, uni do‘stimga yetkazay, de
gan maqsad bilan bu yerga kelgan edim»,
- deb
qo‘shib qo“ydi. Shirin darhol o‘midan turib xoli bir
joyda o‘z sevgilisiga xat yozishga kirishdi. Shopur
u maktubni olib,
Farhodni izlab topish uchun
jo ‘nadi. Odamlardan eshitgan yashirin yollardan
yurib sahar paytida do'sti qoshiga yetib bordi.
U behush holda yotar, atrofini bir to‘da vahshiy
hayvonlar-u qushlar o‘rab olgandi. Buni ко‘rgan
Shopur do‘stining boshini qo^niga olib, faiyod
chekdi. Uning ko‘z yoshlari Farhodning yuzlariga
gulobdek yog‘ilgach, ko‘zini ochib o‘ziga keldi. Ik
kala do‘st bir-birlarini quchoqlab rosa yiglashdi.
Bu holatni kuzatib turgan tog‘-u vodiy ham ko‘z
yoshlarini to lea boshladi. Keyin Shopur qo‘ynidan
maktubni
chiqarib, do'stining qoliga tutdi. Uni
ochgan Farhod madori ketib Shirin maktubini
o‘qiy boshladi. Shirin maktubida uning Farhodga
bolgan
ehtirosli muhabbati, cheksiz sadoqati,
chekayotgan alam-u iztiroblari,
orzu-yu tilaklari
otashin misralarga jo qilingan edi.
Nedur ahvoling, ey zori g ‘aribim,
Dostları ilə paylaş: