ekan, ularning har biriga boqib yurak dardlarini
izhor etar, madad so'rab iltijo qilardi. Ishi kotib-
likdan iborat bolgan Atorudga boqib: «Ey do‘st-
lar ahvolini
falak varaqlariga bituvchi, mening
ko'zlarim yoshini siyoh qilib, oglr ahvolimni xat-
da birma-bir bayon etgin-da,
quyoshimdan nur
kasb etishing choglda uni ko‘rar ekansan, o‘sha
maktubimni oldiga qo^gin», - deb iltimos qilgan
bolsa, Zuhroga nazar tashlar ekan: «Ey shodlik
kuychisi, sening ovozing-u jonbaxsh kuylaring
olamga mashhur.
Bir zamon sozandalik torini
uzgin-da, mening olimim haqida motam kuyini
chalib, oy yuzli go'zalim bazmida ishtirok etadigan
bolsang, mening halokatim
haqidagi bu marsi-
yani ham qo'shib kuylagin», - dedi. Keyin oltinchi
osmonda turgan Mushtariyga, saodat yulduziga
termulib nola qildi:
«Ki ey burji sharaf masnadnishini,28
Saodat taxt-u tojining amini29
Duoye qilki, Haq bersun murodim,
Bu mehnat shomidin bo‘lsun kushodim.
Boshimdin hajr shomi dudi ketsun,
K o‘zumga vasl subhi nuri yetsun».
Yulduzlar charaqlay boshlagach,
Farhod ularga
ko'zlarini tikib: «Sizlar mening ko‘z yoshlarimdan
nishonasizlar. Ashkim durlari kabi yolga tushing.
Hazin ko'nglim yuz ming pora boldi, har bir pora-
si g‘am-alam gulining bargidan bir belgidir. Har
biringiz ularni yiglb olingiz-da, yorim ko‘chasiga
yetkazing», - deb murojaat qildi. Farhod saharga-
Dostları ilə paylaş: