«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

у
surar 
ekan, barcha yaqinlarini to‘plab, jang natijalari 
haqida fikr yuritishdi. Qabila boshligl so‘zni qisqa 
qilib shunday dedi:
«Agar qo‘shinimiz qochib, Nafval urushda g'olib 
keladigan bolsa, Laylini asira qilib o‘z maqsadiga 
erishmoqchi bolsa, obro'yimiz yer bilan yakson 
boladi, arablar orasida bosh ko'tarib yurolmay- 
digan bolib qolamiz. Bunday holat yuz beradigan 
bolsa, men bir fikrni ma’qul ko‘ryapman: erta­
ga tongda Laylini chaqirtirib, oldiraman, qaddi 
niholini tuproqqa ko'mib, hilol qoshlarni yerga 
topshiraman. Garchi u ko'zimning nuri bolsa 
ham, ofat shamolidan chiroglm о‘chib, boglmni 
kuz quritsa, dushman o‘z maqsadiga erishib, no- 
mus menga harom boladi». Bu so‘zni eshitganlar 
Laylining otasi fikrini ma’qullab tahsin aytdilar, 
xursand boldilar.
Ertaga boladigan jangda Nafvalning g'alaba qo- 
zonishi shubhasiz bolib, sipohlarining ruhlari ba­
land edi. Lekin Majnunning ahvoli o'zgacha bolib, 
goh zavqlanar, gohida azob chekardi. Yori visoli 
haqida o“ylar ekan, ko'ngli umid bilan shodlanar,


ammo yorining qabiladoshlari maglub bo'layot- 
ganlarini ко‘rib ich-ichidan azoblanardi. Shunday 
qayg4i chekar ekan, uning ko'zi uyquga ketdi-yu, 
bir tush ko‘rdi.
Go‘zal dildori chiroyli kiyingan holda gulshan- 
ga qadam ranjida qilib, Majnun oldiga keldi va 
oyog'ini o'pdi, so‘ng qollarini uning botyniga tash- 
lab dedi: «Ey rafiqi jonim, otam el bilan kengashib 
ertaga meni oldirib, qonim bilan yerni bo'yamoq- 
chi. Ishqing yolida halok bolmoq mening orzum 
edi, davron bu murodimga yetkazdi. Endi sen 
yaxshi qol-u omon bol!». Layli shu so‘zlarni aytib, 
sevgilisi bilan vidolashdi.
Bu tushni ko'rgan Majnun: «Voy!» - deb qichqir- 
gancha seskanib uyg‘ondi. Uning qichqirigini eshit­
gan barcha odamlar ko'zidan uyqu qochib: «Nima 
bu?» - deb hayron bolishdi. Majnun motamzada- 
lardek о‘kirib, ko‘z yoshi to'kib, Nafval tomon yugur- 
di. Uning oldiga yetib borgach, yer o^di-da, shunday 
dedi: «Ey raqiblar ustidan g‘olib bolgan yuksak 
martaba sohibi! Tangri haqi, endi tig‘ chekmagil, 
urushni to'xtat, chunki sening tiging ko'ngillarni 
chok qilyapti. Ertaga jangni davom ettirib, hayotim 
ipini uzmagin. 
0
‘ch olish yoyini qolingdan tashla, 
toki mening jonimga o‘q tegmasin!».
Nafval hayron bolib, Majnunning bezovtalik 
sababini surishtirdi. 
0
‘z tushining mazmunini ayt- 
ganida, Nafval mahzun bolib: «Majnunning tushi 
haqiqatan ham yuz berishi mumkin», - degan xayol- 
ga bordi. Erta tongda bu xabar barcha lashkarlarga 
ham ma’qul bolib, ular Nafval chodiri oldiga kelib, 
Layliga ofat yetkizmaslikni iltijo qila boshlashdi. 
Majnun bolsa yana dasht tomon jo‘nadi.


Nafval lashkarini o‘z qabilasi tomon olib ket- 
gach, Layli qabilasi ahli oyianib qolishdi. Chun­
ki dushman qo'shinining g‘alaba qilishi yaqin 
bolgani holda jang maydonini tashlab ketishi sa- 
babini bilolmay taajjubda edilar. Shuning uchun 
«Nafval hiyla qilayotgan bolishi kerak. Balki bizni 
aldab turib hujum qilib qolar», - deb xafvsiradilar- 
da, karvon haj tomon y o l olganidek, u dashtdan 
tezlik bilan ко‘chib ketdilar va boshqa bir joyni 
o‘zlariga manzil qilib tanladilar.
Majnun o'ziga tanish dasht tomon borar ekan
nogoh unga hayotdan ozor chekkan dardli bir 
odam yoliqdi. U g‘amga mubtalo bolgan bu kim- 
sani ко‘rib yuragi ezilib ketdi-da, so'radi: «Falak 
boshingga ne alamlar soldi? Ne uchun ko'ngling 
men kabi iztirobda, Tangri uchun ayt, nima seni 
shunchalik ranjitdi?» U kishi oh chekib javob ber­
di: «Ey mard yigit, men arablar ichidagi baxtiqaro, 
xoksor bir insonman. Yashash uchun gadolik 
qilib yuraman. Layli qabilasi mening panohim, u 
yerning tuprogl esa mening suyanchiglm. Qabi- 
la ahli meni «Zayd» deb chaqiradilar. Qabiladagi 
bir ayol meni o‘ziga band etgandi. Jafokor Nafval 
Majnunga yordam berish uchun urush boshlag- 
anda, hech qaysi tomon zafar qozonmay turib, 
nimagadir o‘z diyoriga qaytib ketdi. Laylining 
qabiladoshlari uning bu ishini hiyla deb о У lab, 
bir yerga yashirindilar, kecha qop-qorongl edi, 
men adashib u qabila turgan yerdan uzoqlashib 
ketibman. Quyosh endigina ko'tarilgan vaqtda 
tuya mingan ikki kishi yolimni to'sishdi. Nafval 
o‘z lashkarlarini uylariga tarqatib yuborganida, bu 
ikki odam ham manzili tomon yol olgan ekan. Ular


mening hamma yog‘imni tintib, ikki-uch diram 
pulimni, yana boshqa ashyolarimni tortib olish- 
di-da, bu bilan kifoyalanmay: «Pullaringni qayerga 
ko'mgansan, ayt!» - deb urib, badanimni ilma-te- 
shik qilib tashlashdi. Ular hech nima topolmay, 
otib ketishgach, men fursatni qoldan boy bermay, 
shu tomonga qarab yugurdim va ko'p otmay senga 
duch keldim. Sen ham ularning sherigi bolsang, 
sahroda odamlami talovchilardan bolsang, kiss- 
amda pulim yo‘q, kerak bolsa, jonimnigina olishing 
mumkin», - dedi. Majnun uning hikoyasini eshitib, 
otidan tushdi va u odamni quchoqladi-da, yiglab 
turib shunday dedi: «Ey yarador do'stim, senga 
ruhimni fido qilsam arziydi. Jonim badaning shifosi, 
boshim qadaming fidosi bolsin. Nafval sipohlari 
qilgan barcha ishlarga asosiy sababchi Majnun 
bolgan bolsa, o‘sha baxti qaro Majnun menman. 
Qolingga xanjar olgin-da, kotigling tilagan ishni 
qil. Xohlasang, jismimni istaganingcha tilgin, 
xohlasang, ko'nglimni pora-pora qilgin. Agar 
oldirishni istamasang, yo'qotgan puling otniga 
otimni, boshqa ashyolaring uchun esa kiyimlarimni 
olgirn, - dedi va ustidagi kiyimlarini yechib, uning 
oldiga qoydi. Shuningdek, otini, qalqon-u qilichi, 
o‘qi va yoyini unga tutdi. Shunday saxiyliklar qil- 
gach, oyoglni o'pib, kechirim so‘rab dedi:
«Agar Layli qabilasiga yetib borsang, unga 
mening salomimni yetkaz va mana bu so'zlarim- 
ni ham unga aytib qo^: men uning oldida ko*p 
xijolatdaman, holatim shu darajadaki, uni so‘z 
bilan ifoda qilib bolmaydi. Iltimosim shuki, yorim 
qabilasiga yetib borsang, uning ahlidan ayrilma, 
qayerga borsalar, orqalaridan qolma. Yuzingni


o‘sha makondan, boshingni o‘sha ostonadan 
olma». Zayd bu so'zlami tinglar ekan, unga hayrat 
bilan boqib turardi. Uning kimligini bilib, so‘zlari- 
ni eshitgach, yer o'pib, hurmatini ifoda qildi-da, 
dedi: «Sen sevgan u go‘zal sening g'aming bilan 
yashaydi, og'zida hamisha sening so'zlaring, 
ko‘nglida esa sening xayoling. Agar ruxsat ber- 
sang-u, sendan unga xabar yetkazsam, unga bu 
jonidan ortiq xushxabar bolar edi. Menga nimani 
munosib ko'rsang, u ikki marta ko'proq in’om 
qilardi. Hamma so'zlaringni men ungayetkazaman 
va buyursa, javobini keltiraman. Shunda ikki va- 
fodor maqsadlariga yetadilar, o'rtada menga ham 
foydasi tegadi».
Majnun dedi: «Ey do'sti hamdamim, jonbaxsh 
so'zlaring yaramga malham boldi. Yorim hajri 
tilimni lol etgani uchun so‘z aytish menga qiyin 
bolyapti. Sen hamma dardimdan ogoh bolding, 
ahvolimni ko'rding, otimni ham bilib olding. Sen 
menga do'stlik qilaman desang, unga nima deyishni 
о‘zing bilasan. Vafo odati shioring bolsin, endi 
boraqol, Tangri yoring bolsin».
Zayd otga mindi-da, Layli qabilasi tomon yol 
oldi. Majnun ham tez-tez yurib, Layli qabilasi 
ко‘chib ketgan manzil tomon yurib ketdi.
Majnun Layli qabilasi ko'chgan yerga yetishgach, 
U yemi takror-takror aylanib chiqar ekan, aqli ham, 
hushi ham o'zida emasdi. Barcha bu manzilni tark 
etgan bolib, uylaming o‘migina ko'zga tashlanib 
turar, har bir uy nishoniga nazari tushgan yigit yuzi 
bilan har qaysi ostonani supurib borardi. Aylanib 
yurar ekan, ko‘zi Layli uyi nishoniga tushdi-yu, 
ko*ngliga ot tutashib, joni mulkini vayron qildi. Jismi


o‘rtanib, ko'ngliga iztirob tushdi. Tashlab ketilgan 
bu makon yorining yashash joyi ekani, bu yerning 
tuprogi uning joniga vatan bolganini eslar ekan, 
dilbarining isi dimogiga orom bergandek, muhabbat 
dogl yangilangandek boldi.
Bir dam kolcsidagi ishq o‘ti taskin topgach, u 
yana o‘rnidan turib manzilni qadamba-qadam 
keza boshladi, har bir qadamda yuzini yerga qoyib 
sajda qilardi.
Oh urib har yonga yugurar ekan, nogoh bir 
qo‘tir itni ko'rdi. Uning etlari suyaklariga yopishib 
ketgan, a’zosining u yer, bu yeridagina bir necha 
tuk qolgan, ular ham jismiga oglrlik qilayotgandek 
edi. Tanasi yaralarga tola bolib, ular qurtlarga 
serob edi. Jismidagi yaralarga qo'ngan ko'plab 
qushlarnigina emas, pashshalarni quvishga ham 
madori qolmagandi. Majnun bu itning bir vaqtlar 
mana shu hovlida posbonlik qilib, hatto, sher-u 
yolbarslar, qoplon-u bo'rilar yuragiga ham vahi- 
ma solganini eslab, hozirgi ahvoliga achinib ketdi. 
Ojiz bu bechoraga hujum qilayotgan qushlarni 
o‘z faryodi bilan qo‘rqitib uchirib yubordi. Keyin 
uning oldiga keldi-da, yaralarini qondan tozalab, 
koyiagini yirtib bogladi. So‘ng itga qarab: «Yo Rab, 
g‘amlaringga falak salomatlik baglshlab dard-u 
azoblaring daf bolsin. Oldingidan ham quwat- 
liroq, soglomroq bolgin. Yana baxt hamdam 
bolsa, yana yorim eshigiga mahramlik qilsang, 
meni o'zingga yot bilmay, men xastani ham unut- 
magaysan. Jonimni o'sha tomonga olib borgin-da, 
ko'chasining tuprogl ustidan sochgin.
Agar senga tole yor bolib, jononim hovlisini 
qo‘riqlashga y o l topsang, biron kishi seni u yer-


dan «chiq» deb haydamasa, engakingni qollaring 
ustiga, tumshug'ingni o‘sha eshikka qo“ysang, 
men uchun u eshikni yashirincha o‘pgin, toki hech 
kishi buni bilmasin».
Majnunning it bilan qilayotgan bu suhbatini 
ko‘rgan ba’zi o‘tkinchilar uni tanishib, ko‘ngillari 
buzilib zor yiglar, tanimagan odamlar xayol su- 
rib, ahvoliga achinishar edi. Ko'ngli buzilgan bir 
kishi unga murojaat qilib: «Ey ishq o‘ti ichra cho‘g‘ 
bolgan, cho‘g‘ emas, samandar bolgan yigit, seni 
farishta deb aytsalar ajab emas. Chunki sening 
sifatlaring farishtaga o'xshaydi, zoting ham malak 
sifatdir. It bilan bunchalik ulfat bolibsan, it bilan 
farishta o‘rtasida qanday yaqinlik bor? Qaysi bir 
uyda it bolsa, o‘sha uyga farishta tushmaydi-ku. 
Ular o'rtasida shunday ziddiyat bor ekan, ikkovin- 
gizning bu ulfatchiligingizga qanday sabab bor?»
- deb so‘radi. Majnun yiglab, oh urib, shunday 
javob qildi:
«Ey ishqdan ogoh bolmagan inson! Seni ham 
farishta desam, aj ablanarli joyi yo ‘q, chunki senga 
ishqdan nasiba tegmagan. Mendek odamni farish­
ta deb atash aldoqchilikdir, chunki meni ko'rsa, 
dev ham qochib qoladi. Ishq vujudimni shunday 
o'rtaganki, butun borliglm nobud bolgan. U o‘tga 
diqqat bilan qarasang, badanimni bir to‘da kuldek 
ко‘r as an. It shu bir to‘da kul ustida yursa, ajab- 
lanarli joyi yo‘q. Chunki har qaysi itga bir yara 
chiqsa, shu kul uning taniga rohat beradi. Bu 
itning jarohati ko‘p, shuning uchun unga: «Kul 
ustidan turib ket!» - deb bolmaydi. Yo‘q, yo‘q, itlik 
unda emas, itlik jahonda men bilan tugallangan. 
It menmen, xalqqa or menmen. Boshdan oyogl


yarali - menmen. Bu yaralarimga shu it malham 
bolyapti. Menda yuz tuman jon bolsa ham, uni 
yoliga sochgan bolardim».
Shu gaplarini aytar ekan, yana devonaligi 
qo‘zg‘ab, dashtdagi vahshiy hayvonlar, kiyik va 
quyonlar bilan qilgan xursandchiliklari yodiga 
tushdi-da, itning qol-oyoglni o‘pib, biyobon sayri- 
ga, o‘z yaqinlari bolgan hayvonlar tomon yol oldi.
Zayd Layli qabilasiga yetib borgach, payt poy- 
lab qizga Majnun haqidagi xabami yetkazdi. Layli 
uning so‘zlarini eshitgach, joniga o‘t tutashib, 
boshidan oshdi. Zaydga yuzlanib, ko'zlaridan 
hasrat yoshlarini oqizib: «So'zlaring tanimga jon
jismimga ruh baglshladi. Sen jonim dardiga mal­
ham bolding. Sen odam emas, farishtasan!» - deb, 
yonida bor pulni unga tutqazdi-da: «Bir yaxshilik 
qilsang, men yozgan maktubni unga yetkazsang 
ham javobni olib kelsang». Zayd rozilik bildir- 
gach, Layli siyoh-u qalam oldirib kelib tez-tez 
maktub yozdi-yu, qabiladoshlari bilib qolishidan 
xafvsiragan holda yashirincha Zaydga topshirdi. 
U darhol yolga tushib, dashtga yetib bordi-da, 
bolgan voqealami so'zlab, o‘zi olib kelgan xatni 
Majnunga topshirdi. Uni o‘qigan oshiq yigitning 
majoli qolmay, yerga yiqildi. Maktubda shunday 
deb yozilgan edi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin