yaxshi mo'jizalar ko‘rsatar ekansan. Yo‘q, yo‘q,
cho'ponlikda Muso bolib,
qolingdagi tayoq ham
ajdarga o'xshaydi. Muso nima bolibdi, sen g‘am
zulmatida panohim bolding. Endi meni hayot suvi
tomon boshla: Laylimni uzoqdan bolsa ham ko'ra-
yin. Hajrida juda bemorman, rahm aylagin, ko‘p
bemadorman», - deb iltijo qila boshladi. Cho'pon
dediki: «Oqshomgacha menga suhbatdosh bolgin,
biron chora izlab topib senga yordam ko'rsatay».
Majnun uning aytganini qilib, bir yildek bolib
ko‘ringan o‘sha kunni cho'pon yonida o‘tkazdi.
Quyosh g‘arb tomon yuz qo“ygan chog‘ cho'pon
qoyiarini qabila tomon surdi. Bir qo*y terisini olib
kelib, Majnunga: «Buni ustingga yopib ol. Qo^ga
o'xshab
bu terini
o ‘zingga
kiyim qilgin-da, qad-
dingni egib yur. Layli qizlar bilan birga qo'ylarni
sogishni tomosha qilish uchun keladi. Senga
yaqinlashganida, qancha xohlasang, shuncha
ko'raverasan», - dedi.
Majnun terini ustiga mahkam qilib yopti-da,
qo^lar ichida qaddini egib, to‘rt
oyoglab borar
ekan, qabilaga yetishgach, qizlar xuddi yuldu-
zlarga o'xshab yugurishib chiqib kelishdi. Layli
ular ichida oydek bolib ko'rinib turar, yori ishqida
ko(p iztirob chekkanidan sochlari parishon, hijron
o'tidan yuzlari qizargan holda edi. U Majnun
turgan joyga yaqinlashganda, Majnun qattiq bir
oh tortib, qoyiar ichida yiqildi. Bundan qo‘rqib
ketgan qo^lar har tomonga qochishdi-da,
uning
o‘zi yolglz qoldi. Layli bu o‘tli ohni eshitib, ichi
o'rtanib, kim ekanini bilish uchun ungayaqinlash-
di. Ko'rsaki, qoy terisi ichida o‘zining sevgili yori
yotibdi. Uni ko'rgan Layli ham oh urib, hushidan
ketdi-da, yerga yiqildi. Bu holatni ко‘rib turgan
qizlar qabila ahli bilib qolsa, ikkoviga ham yomon
bolishini anglashdi-da, Laylini ko‘tarishib, uyiga
olib ketishdi. Ko'rgan voqealardan hayratda qotib
qolgan cho'pon nima qilishini bilmay turarkan,
tuyalarini tez yurgizib kelayotgan ikki kishiga ko'zi
tushdi. Ular Majnunni ko‘rib tuyaga ortishdi-da,
oyoqlarini mahkam boglab qoyib,
tuyalami tez
yurg‘azib, yigit qabilasi tomon y o l olishdi.
Qaysni uyga olib kirishgach, u o‘ziga keldi.
Otasi yana yiglab pand-nasihat qilishga tushdi.
U esa xijolat bolganidan otasining yuziga ham
boqolmasdan, yuzini yerga qoyganicha - otasining
oyoglni o‘pib turib, mehriboni so'zlarini eshitib:
«Gunohimni kechir, sening yaxshiliging mening
panohimdir», - deb iltijo qildi. Uning uzr so‘ray о t-
ganini ko'rgan ota: «Qilgan barcha ishlaringdan
qaytib, nima desam,
shuni bajarsang, shariat
amrini qabul etsang, meni rozi qilgan bolasan», -
dedi. Majnun oliyjanob, ehson-u muruvat sohibi
bolgan odamlardan bolib, hushi o‘zida bolgan
onlarida hech qachon odob doirasidan tashqari
chiqmasdi. Shuning
uchun Tangri va ota-onasi
rizoligini tilab dediki: «Sening roziligingga qarab
ish qilaman. Hukmingni ayt: uni bajarish shiorim
boladi». Otasi uning so‘zlaridan xursand bolib,
Nafval haqida so‘z ochdi. Uning arablar orasida,
faqat Arabistonda emas, hatto, olamdayagona zot
ekanini aytgach: «U sen uchun ko‘p alamlar chek
di, taqdir bolmagani uchun oldin bu ish bolmadi,
endi undan kechirim so‘rab, tilagini bajarish senga
qarzdir. Nafvalning ham, otangning ham iltimosi
sening unga farzand bolishingdir. Sohibjamol,
boshidan oyogl go'zal va dilkash, odob-u hayoli
qizi
bor ekan, qabilasi ham unga zor-u shay-
do ekan. Uning visoliga yetishni istaganlarning
son-sanogl yo‘q ekan. Mening roziligimni istasang,
shu qizga uylanishga rozi bolgin», - dedi. Majnun
sukut saqlab, so'zlamay turar ekan, otasi buni
o'glining roziligiga yoyib xursand boldi-da, qabila
uluglarini uyiga chaqirtirdi. Nikoh uchun barcha
narsalami hozirlab, Majnunni yasatishib fursatni
boy bermay, Nafval qabilasiga qarab yol olishdi.
U ham toVga tayyorlik ко‘rib, xesh-u aqrabolarini
chaqirtirgach, katta bazm uyushtirib, kuyov to-
monni kutib oldi.
Barcha shodlikka yuz burib,
xursandchilik qilar, kecha-yu kunduz tinmay
ichkilik ichishardi.
Dostları ilə paylaş: