«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

SAB’AYI SAYYOR


Shoh Bahrom Rum bilan Chinni o‘ziga boysundir- 
gach, Chin xoqoni bilan Rum qaysari unga tobe 
bolib qoldilar. Keyinchalik yetti iqlim shohi unga 
boj tolaydigan boldi. Farmonga ko‘ra xiroj tolashi 
kerak bolgan har bir hukmdor zarur mablag'ni har 
yili to'plab, poytaxtga o‘z vaqtida yuborib turishlari 
shart edi. Tobe mamlakatlarda olingan hosildan 
ham to'xtovsiz sovg‘a-salomlar kelib turardi. Shoh 
Bahrom esa ertadan kechgacha aysh-u ishrat bilan 
band bolib, musiqa va ashula tinglash bilan orom 
olardi. Uning saroyida eng mashhur sozanda-yu 
hofizlar tofclangan bolib, ular hamma joyda hukm- 
dorga hamrohlik qilishardi.
Shoh Bahrom kunlari ovsiz otm as, kechalari 
esa xilma-xil soz, jonbaxsh ashulalarni tinglash- 
ni yoqtirardi. Ov vaqtida qaysi tomonga o‘q otsa, 
albatta, biror hayvonni qulatar, ularning qoniga 
hamrang may ichishdan rohat olardi. Ov qilib 
borarkan, qayerda biron go'zal manzil duch kelsa, 
o‘sha yerda dam olib qadah ichar, chang-u rubob 
kuylaridan huzur qilib, o‘zi oldirgan hayvonlar 
go'shtidan kabob tanovul qilardi.
Bir kuni shoh ov mahali bir maydonda bazm 
tuzib, ishrat bilan band ekan, xonandaning solim 
ashulasi bilan o‘z ko'nglini xush etarkan, opi­
ning butun olamga qiblagoh ekanidan shodlanib: 
«Xudoyim meni ahli olam hukmdori qilgan ekan, 
buning shukronasi uchun elni shod aylab, ado­
lat bilan ish yuritishim, muhtojlarga mehribonlik 
ko'rsatib, beva-bechoralar dillarini xushnud et- 
mog'im zarur», - deb xayol surar ekan, chor atrofni


tomosha qilib bahra olardi. Shu payt dasht bo“ylab 
tez-tez yurib borayotgan bir odamga ko‘zi tushdi. 
Yayov yol bosayotgan bu insonga achingan shoh 
unga yaxshilik qilmoqni istab bir mulozimga: «Tezda 
otingga mingin-da, yana bir otni yetaklab, hu anavi 
musofimi to'xtatib, otga mindirgin va uni huzurim- 
ga olib kelgin», - deb buyurdi. Xizmatkor yigit shoh 
hukmini bajo qilib, yolovchini hukmdor oldiga 
boshlab keldi. Shoh Bahrom uni ochiq chehra bilan 
kutib olib, hol-ahvol so'radi. Biyobonda kezib yur- 
gan kishi yer o'pib, ta’zim bajo keltirdi-da, o'midan 
turib nihoyatdayoqimli so'zlar bilan shahanshohga 
shunday maqtov yog‘dirdi-ki, eshitganlar: «Ofarin!»
- deb yubordilar. Hukmdor uni o'tirishga taklif qildi. 
Mulozimlar darhol xilma-xil taomlar-u, may tola 
idishlami keltirishib, mehmonni ziyofat qilishga 
kirishishdi. Musofirning boshi maydan qizib borar 
ekan, shoh unga ketma-ket savollar berar, u esa 
o‘zining dono javoblari Ы1ап mezbon koYigliga shod- 
lik baglshlardi. Dasht kezuvchi bu odamning aql-u 
donishiga qoyil qolgan Bahrom unga murojaat qilib: 
«Seni ko‘p ilmlardan xabardor ekanliging sezilib 
turibdi. Bu makonda kezib yurishing sababini, o‘zing- 
ning kasb-u koring-u, qilgan ishlaringdan so‘zlab 
bergil, 
biz
Kam ulardan bahravor bolaylik», - dedi. 
Mehmon yer o'pib, shunday javob qildi: «Men bu 
dashtda musofirlardek kezib yurgan bolsam ham, 
o‘z ishimda zamonaning yagonasiman. Do‘st-u 
hamrohlarim yo‘q, hech kimsaga yuragimdagi sir- 
ni oshkor qilmaganman. 0 ‘zimni ham, hozir aytib 
beradigan sirimni ham odamlardan pinhon tutib 
yurdim. Bu dashtda kezib yurishimdan maqsadim 
jahon podshosi bolgan shoh Bahrom huzuriga ye­
tib borib, unga yashirgan sirlarimni so‘zlab berish


edi. O'sha manzilga yetmasimdan bu so'zni so'rab 
qolding. Aytmay desam, maqsadim hosil bolmay 
qoladi. Sen ham shohga o'xshaysan, Bahrom 
bolmasang ham, maqoming unikidek baland. Sen 
unga juda ham o'xshab turibsan.
Ko'nglimni g'amga solib qolding: aytmasam 
ham yomon, aytsam ham». Shoh bu so'zlardan 
bog' kabi ochilib ketdi-da, chirog' shulasi kabi 
so‘z boshlab, shunday dedi: «Ey dashtda shitob 
bilan kezib yurgan banda, sen o‘z maqsadingga 
yetganingdan bexabarsan. Agar Bahromni qidirib 
yurgan bolsang, gapiraver: men sen izlab yurgan 
shoh Bahrommam.
Musofir bu so'zni eshitib, sevinib ketdi-da
shukronasiga sajda qilib, m ol-k ol duo ayladi, 
yer o'pib, odob bilan o'tirib so'zga kirishdi: «Shoh 
mendan ahvolim haqida so'zlab berishni so'ragan 
edi. Meni jahon eli Moniy deb ataydi. Ko'pgina 
bilimlami bilaman, lekin surat chizishda shuhrat 
qozonganman».
Shoh xuddi shunday odamga talabgor edi, 
Moniy so'zlaridan quvonchga toldi, olgan odam 
yana tirilgandek, xursand bolib ketdi. Mehmonni 
quchoqlab, hurmat ko'rsatdi, ko‘p lutf-u ehsonlar 
qilib, u aytmoqchi bolgan sir mazmuni haqida 
savol berdi: «Men yetti iqlimni kezib chiqqanman. 
Jahondagi bor ajoyibotlarni ko'rganman. Bir 
mahal Xitoy tomonga yolim tushdi. U yerda bir 
savdogar bilan tanishib qoldim. Uning mol-u dun- 
yosi son-sanoqsiz, puli yuz ming tumandan ham 
ko'proq bolib, dur-u lallari dengiz-u kondek edi.
Ammo uning shunday bir bebaho duri bor 
ediki, har bir bazmni oy kabi yoritardi. U qiz asli 
xitoylik bolib, nihoyatda go'zal va xushovoz edi.


Q oliga changni olib, navo cheksa, uni ко‘rib, 
eshitgan har bir odamning joni mingta bolsa, 
bittasi ham qolmasdi. Mendek kimsa yuz ming til 
bilan yuz ming yil maqtasam ham, uning ta’rifini 
tugatolmayman. Qizning xojasi uning go'zalligini 
xalqdan asrash uchun sandal va ud daraxtlaridan 
kajava yasattirgan, unga xilma-xil qimmatbaho 
matolardan yopib, lal-u durlar bilan bezagan. 
Men aytgan go'zalni o‘sha kajava ichida olib yura- 
di. Unga atab sandal va uddan chang yasattirgan 
bolib, uni go‘zal qiz chalib turadi.
Xoja u Zuhravash paripaykami sotmoqchi ham 
bolgan edi, yuz minglab xaridorlar chiqdi-yu, bi- 
rontasi ham so'ralgan narxni berolmadi, chunki 
uning bahosi Xitoy mamlakatining xirojiga teng 
edi. Awaliga uni Xitoy xoqoni sotib olmoqchi boldi, 
lekin a’yonlar bunga qarshi chiqdilar. «Bor davla- 
tingni berib, u qizni sotib olsang, shoh Bahromga 
yuboriladigan xiroj

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin