«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

ni
qanday tolaysan? Qo‘shin 
joiborsa, sipohing yo‘q, qurollaring yo‘q, unda 
holing ne kechadi? Yaxshisi, bu istagingdan voz 
kechgin, nafs deb iztirob chekma, mamlakatingni 
xarob etma», - deyishdi ular. Shundan so‘ng xo­
qon o‘z muddaosiga erishish tilagini unutdi. Men 
esam u go'zal haqida senga xabar berishga ahd 
qildim-da, huzuringga sovg‘a bilan boray deb, u 
qizning suratini chizdim», - deb toza xitoy ipagiga 
ishlangan rasmni unga uzatdi. Shoh u pari tas- 
virini ko'riboq devona boldi. Hech kimga bironta 
ham so‘z aytmay oqshomgacha rasmdan ko'zini 
uzmadi. Ishq shohni bechoraga aylantirdi. Moniy 
bu holatni koYgach, Bahromga: «O'z ishingga biron 
tadbir о*у1аЬ top. Toki biron hodisa yuz berib, u 
pari qoldan ketib qolmasin. Bunday hoi yuz bersa,


ilojini kim topa oladi?» - dedi. Shoh unga: «Meni 
bu surat shaydo qildi. Bu dardimga о‘zing davo 
topgin. Ayt, uning visoliga yetishish uchun nima 
qilay?» - deb iltijo etdi. Moniy dedi: «Ishbilarmon, 
aqli raso kishilardan yuborib, qiymatini tolasang, 
o'zingga Xitoy xoqoni yuboradigan xirojdan voz 
kechsang, murod-u maqsadingga yetishasan. Yo 
Xitoy xirojidan kech, yo u parivash xayolini unut».
Shoh Bahrom buni eshitgach: «Bu holda qizga 
yetishish uchun Xitoy moligina emas, jahon molidan 
ham voz kechishga tayyorman», - dedi-da, donolik 
va poklik bilan tanilgan yuztacha kishini, ko'plab 
xizmatkorlar, kanizlarni tezlik bilan Xitoy tomon 
yollashga amr qildi. Xoqon nomiga ham xat 
yozib berdi. Ularning barchasi jo ‘nab ketishgach, 
Bahrom qolidagi surat, qoshidagi Moniy bilan joni 
notavon bolganicha qoldi.
Shoh Bahrom hukmiga ko‘ra Xitoy sari yol olgan 
karvon o‘zlari ko'zlagan manzilga yetib borgach, do- 
nishmandlar xoqon saroyiga borib, nomani hukm- 
dorga topshirdilar va olampanoh maqsadi haqida 
unga so‘zlab berdilar. Xon qolini kolcsiga qoyib, 
xizmatga kirishdi va u go‘zal qizning xojasini o‘z 
huzuriga chaqirtirdi-da, shoh Bahrom muddaosini 
bayon qildi. Xoja xoqondan o‘zi talab qilgan baho- 
ni - Xitoy mamlakatining bir yillik xirojini olgach, 
qizni saroyga olib kelib, Bahrom yuborgan elchilar 
qoliga topshirdi. Ular fursatni boy bermay, qizni 
kajavaga otqazib, yurtlari tomon jo'nadilar. Karvon 
dashtlardan ildam yurib borardi.
Bu payt Dilorom ishqi bilan o'rtanayotgan shoh 
Bahrom hijrondan oh tortib, o‘z sevgilisini orziqib 
kutardi. Ishq dardi uni behol qilib qolgan, har 
bir kun ko'ziga bir yilcha bolib ko‘rinardi. Tun-u


kun fig'on chekib, yori visoliga intizor bolardi. 
Sabr-u qanoati tugab borayotgan shoh dildor 
suratiga qayta-qayta boqib, gohida behush bolib 
o'zini yo'qotar, bir joyda biron soat ham tinchib 
o“tira olmay, qasrda ham, bog'da ham kezib orom 
topa olmas, qasr ustida bazm uyushtirib, u yer- 
dan yolni tinmay kuzatar, biron chang yo qora 
ko'rinib qolsa, taniga titroq tushib, hushidan 
judo bolar, o'ziga kelgach, yolga mulozimlarni 
chiqarar, sevgilisidan nishon topilmagach, yana 
o‘tli fig'on chekar, saroyda kutishga toqati toq 
bolib, ov bahonasida otga minib, dasht tomon 
y o l olar, Xitoy yoli tomon yurib, yoridan xabar 
topish uchun duch kelgan kishilami savolga tu- 
tar, Xitoydan kelayotgan odamlar uchrab qolsa, 
qayta-qayta murojaat qilib dilbari haqida biron 
xabar eshitishga orzumand bolardi.
Moniy shohning bu ahvolini ко‘rib, uni yupatish- 
ga, ko‘ngliga taskin berishga intilib, turli afsonalar 
so'zlab berar, lekin Bahrom uning rivoyatlariga 
e’tibor ham bermasdi. Xullas, shoh ancha vaqtni 
shunday beoromlik bilan otkazdi. Nihoyat, bir kuni 
shohga u orziqib kutayotgan parivash kelayotgani 
haqida xabar yetkazishdi. Bahrom u quyosh ow­
ning hajr shomiga nur sochishidan quvonchga tolib, 
jismiga iztirob tushdi. Xitoy sari yol olgan karvon 
shaharga yetib kelgach, shoh yo Hagan kishilar Xitoy 
xonining maktubini, yuborgan sovg‘a-salomlarini, 
gulchehra go‘zalni topshirishdi. Shoh ulami qim- 
matbaho ehsonlar bilan siyladi va: «Sarvi ra’noni 
o‘zi uchun hozirlangan haramdagi xos hujraga olib 
boringlar», - deb buyurdi.
Dilorom shoh tayinlagan uyga jannat boglga 
qadam qo“ygan hurdek kirib keldi. Birozdan so'ng


shoh Bahrom tez-tez qadam bosib uning huzuriga 
tashrif buyurdi. Shohning jismi betob bolib, ko‘ngli 
haroratga tola, o‘zi ishqdan mast-u bodadan sar- 
xush edi. Diloromga ko‘zi tushgan shoh jannatda 
bezakdor qasr-u, uning ichida yana bir jannatni 
koVgandek boldi. Bu jannat jonli hur, yo‘q, hur 
emas, balki nur sochuvchi quyosh edi. Yuzi yonidagi 
qop-qora uzun sochlari goyo Chin mamlakatidan 
mushk olib kelgan karvonga o'xshar, yuzi gulzordek 
go‘zal bolib, ikki labi ajoyib ikki gulbargni eslatardi. 
Bu lablar so'zlash uchun ochilganida, har tarafga 
durlar sochilardi. Rangi lal (yoqut)ni eslatuvchi bu 
ikki lab goyoki jon bolib, «jon» so‘zi oxiridagi nun 
harfining doirasi uning baqbaqasiga obcshab ketar, 
goyoki taqdir kotibi «jon» so'zini yozish choglda 
«nun» harfi sig'may qolib, uni pastga joylashtirgan- 
dek koYinardi. Tishlari lal ichidagi durlar tizmasi 
yoki obi hayot (hayot suvi)dagi shudringga o'ixshar- 
di. Qoshlari payvasta-tutash bolib, ikki qulogidagi 
ikki yaltiroq dur ikki yulduzdek nur sochib turar, 
qaddi jannat niholidek, beli esa xayol ipidek bolib, 
bu ipni topish juda qiyin edi. Ustida gulgun ipakdan 
tikilgan koyiak bolib, yuziga yashil roteol yopingan, 
binafsharang to‘ni xilma-xil qimmatbaho toshlar 
bilan bezatilgandi. Ushbu ko‘rinishdagi Dilorom 
hur emas, bashar ofati bolgan pari kabi go‘zal edi.
Shoh kirib kelganida, u o ‘rnidan turib yer 
o‘pdi. Shoh unga nazar tashlab, qizning surat- 
dagiga qaraganda yuz bora latofatliroq ekaniga 
ishonch hosil qildi. Qog‘ozdagi tasvirni ko‘rib, 
jism -u jonidan ayrilgan shoh uning asliga boqa 
olgaymikan, boqqanida o‘z hushidan ayrilmasmi- 
kan? Xullas, shoh o‘z muddaosiga - Diloromiga 
yetishdi. Xonada ikkovicjan boshqa hech kimsa


yo‘q bolib, Bahrom o‘z sevgilisi bilan birga edi. Bu 
manzilda ne ishlar bolib o'tganini bayon qilishga 
esa ojizman.
*
*
*
Murodiga yetishgan shoh Bahrom yana ayshu 
ishratga berilib ketdi. Goh jannatmisol gulshanda, 
goh jannatga namuna bolarli qasrda shohona 
bazm uyushtirar, go‘zal Dilorom u bog'ni parixo- 
naga aylantirardi. Gul yuzli sarvi qomat dildoriga 
shaydolik bilan boqarkan, shoh dam-badam aql-u 
hushidan ayrilardi, qiz changini qoliga olib kuy 
boshlaganida, jon iplarini uzar, eshitganlarni aq- 
lidan judo aylardi. Chang torlaridan taralayotgan 
ohanglar qaqnus degan afsonaviy qushning tum- 
shugi teshiklaridan chiqayotgan ajabtovur kuylar 
singari butun elni o‘ziga maftun etar, navolardan 
bor olam o'rtanardi.
Shoh Bahrom o‘z dilbari chehrasidan ko'zini 
uzolmas, navosini tinglab to^ymasdi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin