`
28
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»
nomli ilmiy-amaliy konferensiya
XALQARO VALYUTA BOZORİ VA O‘ZBEKİSTONDA VALYUTA
OPERATSİYALARİNİ RİVOJLANTİRİSHNİNG İSTİQBOLLİ
YO‘NALİSHLARİ
Nazarov Azizbek Shuxratovich
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,
Xalqaro munosabatlar fakulteti, 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7248511
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jahon moliya bozorining iqtisodiy mohiyati,
ijtimoiy xususiyatlari va uning nazariy va uslubiy jihatlari, uning asosiy va
qo‘shimcha funktsiyalari va tamoyillarini, bozor vositalarini amalga oshirish
ko‘rib chiqilib, ishtirokchi institutlar nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan. uning
o‘ziga xos jihatlari funktsiyalarini bajarish.
Kalit so’zlar:
jahon moliya bozori, xalqaro moliya bozori, kapital
akkumulyatsiyasi, qayta taqsimot, qarz kapitali, qarz vositalari, hosilaviy
shartnomalar, evrovalyutalar bozori, uslubiy yondashuv, iqtisodiy agentlar
manfaati.
KIRISH
Tijorat banklarining o‘zaro vakillik munosabatlari geografik yo‘nalishiga ko‘ra
ichki va tashqi munosabatlarga bo‘linadi. Ichki munosabatlar deganda, bir
mamlakat ichidagi tijorat banklari o‘rtasidagi o‘rnatilgan o‘zaro vakillik
munosabatlari tushuniladi. Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy qismi tashqi
vakillik munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlar «Nostro» va
«Vostro» vakillik hisob varaqlari orqali amalga oshiriladi.
ASOSIY QISM
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining rivojlangan xorijiy davlatlarning
tijorat banklari bilan bir tomonlama tashqi vakillik munosabatlariga ega ekanligi
xalqaro operatsiyalar ko‘lamini kengaytirishga salbiy ta’sir qiladi. Masalaning
mohiyati shundaki, Respublikamizning yirik tijorat banklari rivojlangan xorijiy
davlatlarning tijorat banklarida o‘zlarining «Nostro» vakillik hisob varag‘iga ega.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari esa, respublikamizning tijorat
banklarida o‘zlarining «Vostro» vakillik hisob varag‘iga ega emaslar.
Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta
amaliyotlarini amalga oshirish doirasini jahon amaliyotiga muvofiq
kengaytirishga yordam beradigan O‘zbekiston valyuta bozorini erkinlashtirish
bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda, manfaatdor
organlarga xalqaro valyuta bozori faoliyat yuritish uslublarini diqqat bilan
o‘rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida valyuta risklarini tartibga solish instrumentlarini qo‘llash uchun
shart-sharoitlar yaratish lozim. munosabatlarga bo‘linadi. Mijozlarning
`
Dostları ilə paylaş: |