3
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimini jahon standartlari
talablariga muvofiqlashtirish va ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida yetuk
malakali mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga
ega, kasb-hunar kollejlarida kasbiy ta’limni zamonaviy
pedagogik va axborot
texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish kabi ta’limga oid bilim, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirish bilan bog‘liq masalalarini qamrab oladi.
Kasbiy ta’limning nazariy, metodologik asoslari, kasbiy ta’lim kategoriyalari,
qonuniyatlari;
mazmunini, o‘qitish strategiyalari, innovatsion texnologiyalari va
ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilishning
nazariy va amaliy
tomonlarini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Kasbiy pedagogika fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib,
gumanitar-ijtimoiy fanlar turkumiga kiradi, uni 1-2 kurslarda o‘qitilishi maqsadga
muvofiq.
Mazkur fan boshqa kasbiy ta’limning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib,
o‘z rivojida kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy fanlar uchun zamin bo‘lib,
xizmat qiladi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad
– talabalarga kasbiy ta’limning nazariy,
metodologik
asoslari, kasbiy ta’lim kategoriyalari, qonuniyatlari; mazmunini, o‘qitish
strategiyalari,
innovatsion texnologiyalari, muammolar bo‘yicha yechim qarorlarni
qabul qilishni o‘rgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan
talabani nazariy bilim va amaliy ko‘nikma
ta’lim oluvchilarni milliy mafkura tarbiyasi, talabaning kasbiy ta’lim
asoslari
bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan
talablar, kasbiy ta’limda ta’lim texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy
asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish vazifasini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo‘yiladi.