Strategik menejment



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   309
Strategik menejment

Strategik qiymat tahlili. 
Kompaniyada yuzaga kelgan vaziyatni eng aniq kursatadigan indikatorlardan 
biri - uning uz raqobatchilariga nisbatan narx pozitsiyasidir. Bu ayniqsa maxsuloti 
kam differentsiyalashgan tarmoqlarga ta’alluqli bulib, kompaniya har qanday 
sharoitda ham uz raqiblardan orqada qolmasligi kerak, aks xolda raqobatli pozitsiyani 
qo’ldan boy berib qo’yishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga 
quyidagilar sabab bulishi mumkin: 
- xom ashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya va shu kabilarning 
narxlaridagi farqlar; 
- asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning yoshidagi farqlar; 
- ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bulganligi, ishlab chiqarishning 
kumulyativ ta’siri, ishlab chiqarish unumdorlik darajalari, turli soliq sharoitlari, 
ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xokazolar tufayli ichki tannarxlardagi 
farqlar; 
- inflyatsiya va valyuta kurslarining uzgarishiga kuchli bog’liqlik; 
- transport xarajatlaridagi farqlar; 
- taqsimot kanallariga sarflanadigan xarajatlardagi farqlar. 
Strategik qiymatli taxlilda asosiy e’tibor firmaning uz raqiblariga nisbatan 
qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday taxlilning birlamchi taxliliy yondashuvi 
qiymat zanjirini yasash bulib, ushbu zanjir xom ashyodan pirovard iste’molchilarning 
narxlarigacha bulgan qiymat manzarasini aks ettiradi (4.2-jadval). Ushbu jadval 
xarakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi firmalar bir-biridan eng katta farq qiladigan 
uchta asosiy soxa borligini kursatadi: ta’minot soxasi, taqsimot kanallarining ilg’or 
qismlari, kompaniyaning uz ichki faoliyati. Agar firma zanjirning orqa yoki oldingi 
qismlarida raqobatbardoshlikni kuldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash 
maqsadida uz ichki xatti-xarakatlarini uzgartirishi mumkin. 
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti xil 
strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin: 
- etkazib beruvchilar bilan uzi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi; 
- etkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib 
borishi; 
- moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi; 
- arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi; 
- taqsimotning narxlari maqbul bulgan yangi manbalarini topishi; 
- zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi 
mumkin. 


52 
Qiymat buyicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki 
soxalarida bulsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 
- byudjetning ichki moddalarini taftish qilish; 
- ishchilarning va qimmatbaxo asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini 
kutarishga urinish; 
- ba’zi texnologik jarayonlarni firmaning uzida emas, balki chetda bajarish 
foydaliroq bulish-bulmasligini urganib chiqish; 
- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash; 
- qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob-
uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida kurib chiqish; 
- maxsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo
Firmaning raqobat pozitsiyasi kuchini baxolash. 
Qiymat, raqobat pozitsiyasini baxolashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning 
raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy taxlil qilish xam talab qilinadi. 
U quyidagi savollarga javob berishi kerak: 
- firmaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli? 
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday 
uzgarishini kutish mumkin? 
- firmaning qanday raqobat ustunliklari bor? 
Firmaning raqobat prozitsiyalarini baxolash uchun muvaffaqiyatning asosiy 
omillari buyicha balli baxolar shkalasidan foydalaniladi. Bunda firma va uning 
raqiblari buyicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi (4.3-jadval). 
Umumiy qoida: kompaniya uzining raqobatdagi kuchli jixatlarini kupaytirib 
borishi va uzining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U uz 
strategiyasida uzining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga 
oid chora-tadbirlarni kurishi lozim. 
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan 
bulishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini kursatadi. 
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bulgan jixatlarda raqiblar zaif bulsa
ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin