O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


-rasm. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilari



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

4.1-rasm. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilari 
Rangli metallarning noqonuniy aylanishini oldini olish birinchi navbatda 
qonunni himoya qiladigan organlarga mas‘uliyat yuklaydi. Prezidentimizning 
mazkur sohaga doir qarori ayni o‗z vaqtida chiqarilgan muhim davlat hujjati 
sanaladi. Ushbu qarorda rangli metall ishlab chiqarish va sohaga doir barcha 
ishlarning olib borilishi haqida aniq ko‗rsatmalar berilgan. Rangli metall davlat 
mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham, davlat mulkini o‗z mulkim deb qarash, 
moddiy boyliklarni ko‗z qorachig‗idek asrash har bir fuqaroning muqaddas burchi 
bo‗lib qolishi kerak. Ko‗rilayotgan choralarga qaramay, tarkibida rangli metallar 
bo‗lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog‗liq huquqbuzarlik 
faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni 
mamlakat tashqarisiga kontrabanda yo‗li bilan olib chiqib ketish hollari uchrab 
turibdi. 
"O‗zikkilamchiranglimetall" OAJ va uning hududiy bo‗linmalari rangli metall 
parchalarini to‗liq yig‗ib olish, temir-tersak topshiruvchilar bilan shartnomalarni 
o‗z vaqtida tuzish, ularni rag‗batlantirishning ta‘sirchan tizimini joriy etish 
bo‗yicha zarur choralarni ko‗rmayaptilar. Rangli metall parchalari va 
chiqindilarining hosil bo‗lishi hamda ulardan foydalanishni hisobga olish va 
hisobot berish, ular aylanishini nazorat qilishning tegishli tizimi mavjud emas. 
Ko‗rsatib o‗tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, rangli metallarning noqonuniy 
aylanishiga chek qo‗yish, ularning faoliyat ko‗rsatayotgan ishlab chiqarish 
qurilmalaridan o‗g‗irlanishining oldini olish, shuningdek rangli metall parchalari 


78 
va chiqindilari hosil bo‗lishi hamda ulardan foydalanish to‗liq hisobga olinishini 
ta‘minlash, ularni kompleks qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish maqsadida 
«Rangli metall parchalari, chiqindilarini yig‗ish, tayyorlash va qayta ishlash 
tizimini takomillashtirish to‗g‗risidagi qarorida "O‗zikkilamchiranglimetall" OAJ 
va uning quyidagi hududiy bo‗linmalarini qayta tashkil etish va ularning negizida 
"Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq 
hissadorlik jamiyatini tashkil qilindi: 
"Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" 
OAJ Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi hamda "O‗zikkilamchiranglimetall" 
OAJ va uning hududiy bo‗linmalarining huquq va majburiyatlari bo‗yicha, shu 
jumladan jalb etilgan kreditlar bo‗yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 
Metall temir-tersak va ularni chiqindilarini effektiv foydalanish uchun ularni 
yig‗ishni tashkil qilish kerak. Har qaysi korxona o‗zida mavjud bo‗lgan temir-
tersaklarni emirilmasdan, ya‘ni ishlab chiqarishga yaroqsiz holga kelmasdan oldin, 
turli xil chiqindilardan tozalangan holda ikkilamchi metallurgiya korxonalariga 
topshirish kerak. Hozirgi kunda ikkilamchi metallurgik korxonalari tashkilotlar, 
tumanlar bilan shartnoma tuzilgan holda temir-tersak va ularni chiqindilarini qabul 
qilib olayapti. Bu shartnomaga ko‗ra ikkilamchi metallurgiya korxonalari, temir-
tersak va ularni chiqindilarini etkazib bergan tashkilotga o‗zi ishlab chiqargan 
mahsulotlardan berishi kerak. Temir-tersak va ularni chiqindilarini yig‗ganda turli 
xil metall va qotishmalarni aralashib ketishini oldini olish kerak. Aralashgan 
chiqindilarni qayta ishlash turli xil qiyinchiliklar tug‗diradi. Bularni alohida 
navlarga, markalarga ajratish ko‗pincha qo‗shimcha mehnat va sarf xarajat talab 
qiladi. Buning uchun temir-tersak va chiqindilarni yig‗gan joyni o‗zida mutaxassis 
ishtirokida uni navlarga, sinflarga ajratish kerak. Har bir korxonada temir-tersak va 
chiqindilarni yig‗adigan maxsus usti yopiq maydonchalar tashkil qilishi kerak. Bu 
maydonchalarda maxsus yashiklarga temir-tersak va chiqindilar navlariga va 
turilarga qarab joylashtiriladi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin