O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


-rasm. Temir-tersak va chiqndilarni saralash uchun



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

4.2-rasm. Temir-tersak va chiqndilarni saralash uchun 
mexanizasiyalashtirilgan stol: 
1-qabul qilish bunkeri; 2-tayanch g‗ildirak; 3-stol; 4-qo‗zg‗aluvchan to‗siq; 5-
elektrdvigatel; 6-reduktor; 7-harakatlanuvchan quvur. 
Saralash konveyrlarida (4.2-rasm) mayda zarrachalar bilan aralashmagan
nisbatan yirik temir-tersak va chiqindilarni saralanadi. Platinkasimon konveyer bir 
vaqtning o‗zida bunkerdan xom ashyolarni uskunaga tushirish, navlarga ajratish va 
saralangan temir-tersak va chiqindilarni sig‗im yordamida tashish uchun xizmat 


82 
qiladi. Yuklanishni chegaralovchi - konveyrni ishlab chiqarish unumdorligini 
o‗zgartiradi va saralashga tushayotgan temir-tersak va chiqindilarni yirikligini 
nazorat qiladi. Chegaralovchining panjaralarini ochilish chegarasi 500 mm ni 
tashkil qiladi. Tasmasining eni 800 mm bo‗lgan konveyr 1,25-3,75 m/min tezlikda 
harakatlanadi va uning ishlab chiqarish unumdorligi 10 t/soatni tashkil qiladi. 
(a) 
 
(b) 
4.3.(a,b)-rasm. Saralash konveyeri 
Bundan tashqari ikkilamchi metallurgiya korxonalarida navlarga ajratishning 
eng samaralilari quyidagichadir: navlarga ajratish maydonchasida mashinasozlik 
va turli ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlangan detallarni rasmi, detallarning 
yasashda ishlatiladigan metallarning turi, ularning miqdori, markasi ko‗rsatilgan 
albomlar va stendlar tayyorlanadi. Bu ko‗rgazmali stendlarga va albomlarga qarab 
navlarga ajratish eng samarali, aniq va arzon usul hisoblanadi. Bundan tashqari 


83 
qora metall temir-tersaklari va chiqindilarini navlarga ajratishning ayrim usullari 
keyingi bo‗limlarda keltirilgan. 
Har qanday katta o‗lchamdagi (hajmi va og‗irligi) temir-tersaklar va 
chiqindilarni birlamchi ishlov berishdan oldin, keyingi jarayonlarda ularni ishlatish 
uchun mayda bo‗laklarga bo‗linadi. Bu bo‗lishni qo‗l bilan qirqish, olovli va 
mexanik usullar bilan bajarish mumkin. Qo‗l bilan qirqish unumdorligi juda past, 
shuning uchun ayrim hollardagina qo‗llanadi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin