O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

Qirindilarni maydalash 
Temir aralashmalarini ajratib olish va o‗ram-o‗ram qirindilarni uyma 
massasini oshirish uchun maydalaniladi. 
Mis yoki alyuminiy tarkibli qirindilarni maydalash uchun bolg‗ali parchalash 
mashinasi bazasida tayyorlangan qirindi parchalaydigan mashinasi ishlatiladi. 
Qirindi parchalaydigan agregat bolg‗ali drobilka, tashlovchi va tituvchi moslama, 
lentali konveyerdan tashkil topgan (4.17-rasm). 
4.17-rasm. SDA–7 qirindi maydalash agregati:
1-qabul qilish bunkeri; 2-tituvchi moslama; 3-iluvchi yulduzcha; 4-lentali konveyer; 5-
bolg‗ali drobilka; 6-boshoqsimon panjara; 7-bolg‗alar; 8-qopqoqlar; 9-bo‗lak-bo‗lak 
materiallar uchun techkalar; 10-rotor. 
O‗ram-o‗ram qirindilar qabul qilish bunkeridan tituvchi moslamadan 
titilgandan so‗ng, ilintirib oluvchi yulduzchasi bilan agregatga tortib oladi. Bunda 
qirindilar qisman parchalanadi. Lentali konveyer orqali qirindilar, drobilkani 


96 
yuklovchi moslamasiga tashlanadi. Bu erda aylanuvchi bolg‗alarni zarbasi 
natijasida qirindi maydalanadi va boshoqsimon panjara orqali lentali konveyerga 
tushadi. 
Maydalangan qirindilarni keyingi jarayonda moydan tozalanadi va quritiladi.
4.7. Rangli metallarning va qotishmalarining qirindilarini qayta ishlashda 
yog‘sizlantirish va quritish 
Moydan tozalash gidrokimyoviy va termik moydan tozalash yo‗llariga 
bo‗linadi. 
Gidrokimyoviy 
tozalash 
o‗z 
ichiga 
qirindilarni 
shnekli 
aralashtirgichlarda yoki sentrifugalarda issiq (60-80

С) ishqorli eritmalar bilan 
yuvishni o‗z ichiga oladi. Ishqorli eritma bilan yuvishdan so‗ng, qirindidagi namlik 
va moyni miqdori 0,2 foizdan oshmaydi. Eritma turli qattiq zarralardan va 
yog‗dan tozalangandan so‗ng yana jarayonga qaytariladi. Yuvilgan qirindilar 
metallurgik qayta ishlashga yuboriladi. 
Qirindilarni termik yog‗dan tozalash va quritish liniyasi quyidagi texnologik 
bo‗limlarni o‗z ichiga oladi:
1) sochiluvgan va maydalangan qirindilarni qabul qilish tuguni (oziqlantirgichli 
qabul qilish bunkeri); 
2) quritishdan oldin tashqi o‗lchamlari standartga to‗g‗ri kelmaydigan 
mahsulotlarni va yot jismlarni ajratish uchun qirindilarni oldindan elash tuguni; 
3) barabansimon quritgichdan, vozgonlarni oxirigacha yoqib tashlash 
kameralaridan, hamda gaz va chang tutgichlardan tashkil topgan yog‗dan tozalash 
va quritish tuguni; 
4) metall kuyindilarini, tuproqqa aralashgan chiqindilarni, metallik changlarni 
elash va nazoratchi elash tuguni; 
5) elektromagnit separatsiya turguni. 
Uskunaning mahsuloti, tarkibida 1,0 foizdan ko‗p bo‗lmagan namlikka
shuncha miqdorda chang va er aralashmalariga, 0,4 foizdan ko‗p bo‗lmagan 
moylovchi-sovituvchi suyuqliklarga ega bo‗lgan qirindilar hisoblanadi. Temirni 
miqdori - alyuminiyli qirindilarda 0,2 foizdan, bronzali qirindilarda 0,3 foizdan, 


97 
latunli qirindilarda 0,5 foizdan oshmasligi kerak. Magnitli separatsiyalashdan 
chiqqan temir konsentratida rangli metallarning miqdori 5 foizdan, er 
chiqindilarining miqdori 10 foizdan oshmasligi kerak. 
4.18-rasmda alyuminiy qirindilarini yog‗sizlantirish va quritish liniyasi 
ko‗rsatilgan. Qabul qilish bunkeri 5-6 t qirindini qabul qiladi, bu liniyani soatlar 
davomida ishlab turishini ta‘minlaydi. Qirindilar oziqlantirgich orqali bunkerga 
tushishdan oldin, elashga uzatiladi. Yirikligi 50-100 mm bo‗lgan panjara ostiga 
tushgan mahsulot, elevator orqali quritish barabaniga uzatiladi. Baraban ichida 
joylashgan spiralsimon moslama va uning 3-5

С qiyaligi hisobiga, qirindilar 
yuklash moslamasi tomonga (qabul qiluvchiga) suriladi va natijada, metall 
kuyindilarini, er chiqindilarini va 3 mm sinfli metall changlarini ajratish uchun 
elakka tushadi. Liniyada tebranma elaklar ishlatiladi, chunki ular yuqori FIK 
(foydali ish koeffitsienti) ga ega. 
Elakni panjarasi ustidagi mahsuloti elevator orqali elektromagnit separatorning 
qabul voronkasiga etkaziladi. Elektromagnit separatorda tayyor mahsulot 
ko‗rinishdagi, temirdan tozalangan alyuminiy qirindisi va tarkibida temir bo‗lgan 
konsentrat olinadi. 
Tarkibida suv bug‗i, yog‗ va chang bo‗lgan yonish gazlari quritish barabanidan 
ajralgach, oxirigacha yoqilib, va chang tutgich sistemasida tozalangandan so‗ng, 
atmosferaga yo‗naltiriladi. Oxirigacha yoqish kamerasi - bir qator qizigan 
olovbardosh g‗isht to‗siqlaridan tashkil topgan va ushbu g‗ishtlarida to‗siqlarida 
yog‗ qoldiqlari yonib tugaydi. Quritish barabanida 300-450

C haroratda namlik 
ajralib chiqishi, hamda


98 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin