RELEVANCE OF THE PRODUCTION OF SYNTHETIC FUEL
Nilufar
Saydyaxyoevna Maxmudova
jamilovabegim@gmail.com
Mamurjon Yangiboevich Khodjiev
mxojjiyev@bk.ru
Bukhara Engineering Technological Institute
Abstract:
The world's most prestigious chemical and technological research
institutes are working to develop the most efficient technological methods for
obtaining environmentally friendly synthetic fuels. The
question of what reactions
produce the highest quality and pureest synthetic fuel, and how to bring such
technology
to the industrial scale, is one of the most pressing tasks facing chemists
and engineers today in the field of synthetic fuels.
Keywords:
naphthalene, methane, ethane, propane, butane, olefins, diolefins,
acetylene, benzene, toluene, xylenes, ethyl, isopropylbenzene.
Kirish
Hozirgi kunda neft va gaz sanoatida bir qancha ko’zga ko’rinadigan
ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda. Bunga misol tariqasida
“Oltin yo‘l GTL”
zavodi barpo
etilmoqda zavod dunyodagi yetakchi litsenziar kompaniyalar — “Sasol” (JAR),
“Xaldor Topse” (Daniya) va “Shevron” (AQSH) texnologiyasi asosida barpo
etilmoqda. Qurilish ishlari bosh pudratchi — Koreya Respublikasining “Hyundai
Engineering Co. Ltd.” Va “Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd”,
Singapurning “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyalari tomonidan olib
borilmoqda.
Majmua uchun zarur 11 mingdan ortiq texnologik uskunalar Yaponiya, Janubiy
Koreya,
Singapur, AQSH, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya kabi 21 ta davlatdagi
126 ta zavodda tayyorlanmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard $. Uning amalga oshirilishi natijasida
yiliga 3,6 milliard kub metr
gaz chuqur qayta ishlanib, YeVRO-5 standartlariga javob
beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Bular 311 ming
tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilg‘isi, 431 ming tonna nafta, 53 ming
tonna suyultirilgan gazdir.
Zavodda gazni qayta ishlash orqali 300 $lik mahsulot ishlab chiqariladi. Foyda
ikki barobar ortadi.
Yiliga hisoblaganda, tabiiy gazdan ko‘ra tayyor GTL
mahsulotlaridan ko‘riladigan qo‘shimcha daromad 576 million $dan oshadi.
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
94
Ta’kidlanishicha, zavod mahsulotlari hozirda chetdan import qilanayotgan
xomashyolar o‘rnini qoplaydi. Buning evaziga yiliga neft sotib olishga ketadigan 1
milliard $dan ortiq valyuta mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Tabiiy gaz
Toza gaz konlarining gazini tabiiy gaz deb nomlash qabul qilingan.
Tarkibiy
qismi bo‘yicha u yo‘ldosh gazlardan anchagina farq qiladi. Tabiiy gazda metanning
miqdori yo‘ldosh gazdagidan ko‘p bo‘lib, 98% gacha yetishi mumkin; C
2
va ayniqsa,
C
3
– C
4
uglevodorodlarning miqdori tabiiy gazda, odatda, yuksak emas. Ko‘pgina
tabiiy gazlarda ko‘proq miqdorda inert gazlar (N
2
,CO
2
) va kamyob gazlar (Ar,He va
boshqalar) ham mavjud. Аyrim tabiiy gazlarning tarkibi 3a-jadvalda keltirilgan.
Tabiiy va yo‘ldosh gazlar tarkibiga faqat to‘yingan uglevodorodlar kiradi.
Gaz holidagi olefinlarning qo‘llanilishi
Neftkimyo sintezi sanoatida gaz holidagi olefin uglevodorodlardan juda keng
foydalaniladi. Polietilen, etil spirti, stirol va vinilxlorid olishda etilen ishlatiladi. Uni
oksidlab atsetaldegid, etilen oksidlari olinadi. Propilen esa polipropilenni va u orqali
quyi molekular polimer bo‘lmish sintetik
yuvish vositalari xomashyosini, izopropil
spirtini, glitserinlarni ham olishga ishlatiladi. Butilenni asosiy ishlatilish joyi – uni
sintetik kauchuk uchun eng zarur monomer bo‘lmish butadienga degidrirlash, hamda
spirtlar ishlab chiqarishdir; uni oksidlab va xlorlab ham qimmatli mahsulotlar olinadi.
Izobutilen – sintetik kauchuk ishlab chiqarishda monomer hisoblanadi.
Izoamilenlar ham sintetik kauchuk ishlab chiqarishdagi izopren olishga yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: