uchun ham to’g’ri keladigan yoqilg’i bakiga esa bo’lishi kerak va tegishli ravishda
avtomatik qayta sozlash va yoqilg’ining tarkibiga bog’liq bo’lgan yoqilg’i: havo
zarur bo’lgan nisbatini saqlab turadigan sistemasiga ega bo’lishi kerak. Undagi
qo’llaniladigan rezina texnik buyumlar spirt va benzinga nisbatan chidamli bo’lishi
kerak. Rossiyada avtomobil benzinda etanolni ishlatishda asosiy to’siq bo’lib etanol
narxining qimmatligi va uning akstizi hisoblanadi.
Benzin (franstuzcha-benzine) -turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30-
2050 C atrofida qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Muzlash temperaturasi-600 C,
alangalanish temperaturasi 0 C dan past, zichligi 700-780 kg/m3 (0,70-0,78 g/sm
2
).
Havoda benzin bug’lari konstentrastiyasi 74-123 g/m
3
ga etganda portlaydigan
aralashmalar hosil bo’ladi. Benzin asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash
yo’li bilan olinadi: ozroq benzin toshko’mir va yonuvchi slanestlar qayta ishlash yo’li
bilan (destruksiya gidrogenlash), shuningdek tabiiy va yo’lakay gazlardan olinadi.
Benzin asosan, ichki yonuv dvigatellar uchun yonilg’i sifatida ishlatiladi. Qariyib
10% benzin erituvchi, yuvadigan suyuqlik sifatida va boshqa maqsadlar uchun
qo’llaniladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytadigan bo’lsak, sintetik uglevodorodlar asosidagi sintetik
yoqilg‘ining eng katta afzallik jihati esa, ularning inson organizmiga ko‘rsatadigan
ta'siridadir. Ya'ni, sintetik yonilg‘i odamga hech qanday salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi
(albatta, buni hali isbotlash ham kerak). Gap shundaki, uglevodorodlarning o‘zi ham
juda xilma-xil bo‘lib, ularning kimyogarlar tili bilan aytganda, chiziqli, tarmoqli,
siklik, aromatik kabi turlari mavjud. Shunga ko‘ra, turli guruhlarga mansub turdagi
uglevodorodlar, bir-biriga juda o‘xshash yoqilg‘i xossalariga ega bo‘lsa-da, biroq,
ularning boshqa fizik xossalari, masalan, hidi, qovushqoqligi, inson organizmiga
ta'siri kabi xususiyatlari mutlaqo farqlanadi. Bu juda muhim jihatdir. Agar, neftdan
olingan benzin odam oshqozoniga tushsa, u aniq zaharlanadi. Sintetik benzin esa
neytral modda bo‘lib, tarkibida turli zaharli moddalar, smolalar, aromatika bo‘lmaydi
va demak u odamni zaharlamaydi. Bu juda muhim jihatdir. Bu borada hozirgi kunda
qilinayotgan ishlar insoniyatning yanada yengil turmush tarzini yaratib yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: