RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun 328
so„zda olingan bilimlarni mustahkamlash zarurligini his qiladi, nutqni ta‟sir qilish
vositasi sifatida ishlatish qobiliyati rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabda o„qishga nutqiy tayyorgarligini
shakllantirish samaradorligini ta'minlaydigan asosiy pedagogik shartlarga quyidagilar kiradi:
maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish (xotira,
aqliy operatsiyalar xususiyatlari: taqqoslash, umumlashtirish, xulosa qilish; tasavvur; e‟tibor);
o„rganilayotgan badiiy asarlarni anglashi, tasvirlashi, hikoya qilishi, yod aytishi.
Maktabgacha ta‟lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya‟ni o„zimizning boy o„tmish
tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, badiiy asarlarimiz vositasida amalga oshiriladigan ta‟limiy
muhit yuzaga kelganligining mohiyati beqiyosdir. Ushbu rivojlanish tendensiyasi ta‟lim-
tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni
ham taqozo qiladi. Xuddi shuningdek maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ham bolalarni badiiy
adabiyot bilan tanishtirishda zamonaviy usul va uslublarni amaliyotga joriy etish dolzarb
vazifadir. Eski uslub bilan vazifalarni amalga oshirib bo„lmaydi. Ko„pgina olimlarning tajribalari
shuni ko„rsatadiki, biz bu masalalarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida amalga
oshirishimiz, shundagina samarali ta‟lim sifatiga erishishimiz mumkin.
Har qanday davlat taraqqiyoti ta‟lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar, uning jahon
andozalariga mosligi va amaliy hayotda qanday o„rin tutishlariga bog„liq. Sifat o„zgarishlari esa
mazkur sohada ijobiy yangiliklar kirita olishi bilan belgilanadi. O„z navbatida bunday yangilikni
kiritish – immitatsion jarayon bo„lib, bu – ta‟limda samaradorlikka erishishdan iborat bo„ladi
1
.
Bu borada maktabgacha ta‟lim sohasida bolalarning nutqini o„stirishda bolalar adabiyoti bilan
tanishtirish va yangi pedagogik texnologiyalar asosida hikoya qilish, so„zlash va she‟riy asarlarni
yodlashga o„rgatish bo„yicha yangi ilmiy asoslangan amaliy metodikalarni jarayonga tatbiq etish
muhim vazifamizdir. Bunda boshqa sohalarda bo„lgani kabi maktabgacha ta‟lim tizimida ham
innovatsion laboratoriyalar faoliyatni jonlantirish, alohida ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, kelajak avlod tarbiyasida ravon nutqqa ega bo„lish,
mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish hayotda uchraydigan voqea-hodisalarning
mohiyatini tez anglaydigan zukko va bilimdon qilib tarbiyalash aynan maktabgacha ta‟limdan
boshlanishi kerak. Bunday maqsadlarni amalga oshirish Maktabgacha ta‟limning davlat
standartida ko„zda tutilgan bo„lib, nutq o„stirish mashg„ulotlari hamda “Til va nutq”
rivojlantiruvchi markazida bolalar nutqini o„stirishning zamonaviy usullarini amaliyotga
qo„llashni talab etadi.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning nutqiy faolligini oshirish
alohida ahamiyatga ega. Sababi bir qator kompetensiyalar qatorida nutq va muloqot ko„nikmalari
rivojlangan bolagina maktab ta‟limiga tayyor hisoblanadi. Aynan mazkur kompetensiya
O„zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta‟lim va tarbiyaning davlat standarti”, “Ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo„yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” davlat
o„quv dasturida tarbiyalanuvchilarda faol rivojlantirilishi zarurligi belgilab berilgan.
Ushbu vazifalarni amaliyotda to„laqonli bajarish va innovatsion texnologiyalardan
foydalanib maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy faolligini oshirishning dolzarbligi shundan
iboratki, o„quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan
1
Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Fan va texnologiyalar”
nashriyoti, 2011. – 275 b.