RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
327
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING “TIL VA NUTQ” MARKAZIDA
INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
Nasiba Erhanova
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7993879
Annotatsiya.
Bolaning maktabga tayyorgarlik indikatorlaridan eng muhimi bu – og‘zaki
nutqining rivojlanganligidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar nutqini
o‘stirish alohida yondashuv va metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Bu jarayonda pedagogik
qo‘llab-quvvatlash muhim shart hisoblanadi. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida innovation
metodlarni qo‘llash metodikasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
metodika, nutq o‘stirish, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish,
muloqot.
So„nggi o„n yilliklarda maktabgacha yoshda va inson hayoti davomida nutqni
o„zlashtirish masalalarini o„rganish ishlari jadallashgan. Chunki til odamlar o„rtasidagi eng
muhim
aloqa vositasi, ularning fikrlari, hissiyotlari va intilishlarini ifoda etish,
fikrlarni
shakllantirish vositasidir. Ushbu vosita qanchalik mukammal bo„lsa, insonning o„qitilishi va
aqliy rivojlanishi yanada muvaffaqiyatli bo„ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv
muloqot va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirish – bu rivojlanishning qulay davrida bolalarning
aqliy, badiiy va nutqiy tarbiyasi muammolarini hal qilishning zaruriy sharti. Bog„lanishli nutq
qanchalik faol rivojlangan bo„lsa, bola undan erkin foydalanadi. Ravon nutqiy ko„nikmaga ega
tarbiyalanuvchilar
erkin fikr yuritishga, savollar berishga, xulosalar chiqarishga,
narsalar va
hodisalar o„rtasidagi turli xil aloqalarni aks ettirishga imkoniyati keng bo„ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabda o„qish uchun nutqqa tayyorligini
shakllantirishda aynan nutq o„stirish ta‟limiy faoliyatlari davomida o„rganiladigan bolalar
adabiyoti
namunalari, xalq ertak va rivoyatlari va she‟rlarning tizimli o„rganilishi katta
ahamiyatga ega.
Nutqni rivojlantirish muammosi quyidagi faoliyat turlarida hal qilinadi: o„yin, o„quv va
bilim. O„yin faoliyati maktabgacha yoshda etakchi faoliyatdir. O„yin paytida bola bilimlarni
to„playdi, ona tilini o„rganadi,
muloqot qiladi, fikrlaydi va tasavvurini rivojlantiradi, ammo
ta‟limiy topshiriqlar o„yin muhitida olib borilsa, bolaning bilish
kompetensiyalari yanada
rivojlanadi.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning faol nutqiy ko„nikmalari muvaffaqiyatli
shakllantirilsa, bolalarning nutqiy kompetensiyalarini optimal vositalar orqali rivojlantirish
bo„yicha samarali usullarni yaratish ehtiyoji vujudga keladi.
Nutqning bolani maktabga tayyorgarligini shakllantirish mezonlari va ko„rsatkichlari
quyidagilardir:
tinglash qobiliyati (qo„shimcha ko„rsatmalarsiz tinglaydi,
taklif qilingan
ma‟lumotlarni qabul qiladi), o„z harakatlarini og„zaki bayon qilish qobiliyati (lingvistikaga oid
o„z harakatlarini nomlaydi);
o„z nutqida bog„lanishli hikoya tuza oladi;
so„z o„ylaganlarini, bilganlarini anglatuvchi vosita ekanligini tushunadi,
voqealarni hikoya qilib bera oladi;