Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Internet magazinlar bilan bog’liq firibgarliklar



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Internet magazinlar bilan bog’liq firibgarliklar 
Internet orqali sizga istalgan narsani sotib olishingiz uchun ajoyib takliflar 
qilishlari mumkin, ammo bu narsaning qandayligini ko’rish va narsaning 
ko’rsatgichlarini aniq bilish juda ham qiyin bo’ladi. Ammo internet orqali xarid 
qilishning bir qancha qoidalariga rioya qilinsa, potentsial firiblar, muttahamlar, 
tovlamachilar va aldamchilardan samarali himoyalanish mumkin. Masalan, 
mahsulotga juda ham past narx qo’yilgan va sotuv xaqidagi taklifda sotuvchining 
manzili va telefoni yo’q. Bundan xulosa qilish mumkinki, sizga yoki qalbaki 
maxsulot taklif etilayapti yoxud sizning pulingizni o’zingizni rozi qilgan xolda 
o’marish rejalashtirilayapti. Bunday xolda erinmasdan sotuvchiga qo’ng’iroq 
qiling va undan sizga ma’lum bo’lgan maxsulotning xususiyatlarini, texnik 
ko’rsatgichlarini va boshqalarni surishtiring. Agar bu so’rovga noto’g’ri javoblar 
va tushuntirishlar olsangiz, internet magazindagi xariddan voz kechishingiz 
mumkin bo’ladi. Undan tashqari, sotuvchi va kompaniya xaqida ko’proq 
ma’lumotlar yig’ing, uning faoliyati xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishing va 
shundan so’nggina ushbu internet magazin bilan ishlash kerakmi yoki yo’qligini 
xal qiling. Tovarni olishda esa kur’yer tomonidan yetkazib berish xizmatidan 
foydalaning va maxsulotga to’lovni uni olganingizdan so’ng amalga oshiring. 
Fishing 
Fishing (
inglizcha fishing – baliq ovi
) sizning plastik kartangiz 
ma’lumotlarini o’g’irlashdan foydalangan xolda pul topish bilan bog’liq bo’lgan 
internet firibgarlik turidir. Buning uchun bir guruh o’zaro kelishib olgan firibgarlar 
Sizga banklar va to’lov tizimlari nomidan elektron xatlar jo’natadilar. 
Foydalanuvchiga qandaydir bank sayti bilan aynan bir xil bo’lgan saytga kirish 
taklif etiladi. Bu bank taklif etayotgan xizmatlardan foydalanishingiz uchun esa 


230 
sizga plastik kartangiz ma’lumotlarini va pin-kodini ko’rsatish so’raladi. Agar siz 
bu ma’lumotlarni kiritsangiz, firibgarlar ushbu ma’lumotlar asosida xuddi siznikiga 
o’xshash kalbaki plastik kartalar tayyorlab, ular yordamida sizning bankdagi 
pullaringizni o’maradilar. Demak, siz o’z shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlar 
ko’rsatgan saytda qoldirib, ularga o’z mablag’laringizni o’z qo’llaringiz bilan 
topshirasiz-qo’yasiz. Bunday firibgarlikning yana bir turi sifatida fuqarolarning 
mobil telefonlariga bank nomidan kredit to’lovlari bo’yicha qarzdorlikni to’lash 
haqida qo’ng’iroq qilinadi. Agar fuqaro ularga bankdan hech qanday kredit 
olmaganligini bildirsa, «
bank xodimi
» mojaroga aniqlik kiritish bahonasida undan 
plastik kartasining ma’lumotlarini ko’rsatishni yoki aniqlashtirishni so’raydi. Agar 
bu ma’lumotlar oshkor etilsa, plastik kartadagi pullarga firibgarlar biror bir internet 
magazindan o’zlari uchun kerakli narsalarni sotib oladilar. Shuni yoddan 
chiqarmaslik kerakki, banklar va to’lov tizimlari hech qachon fuqarolarning 
shaxsiy ma’lumotlarini elektron xatlar orqali so’ramaydilar va ularning mobil 
telefonlari orqali bu ma’lumotlarni aytishni iltimos qilmaydilar. Agarda ularga 
bunday ma’lumotlar kerak bo’lib qolsa, fuqaro banka shaxsan kelishi taklif etiladi.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin