2
R.H. Ayupov. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi
texnologiyalar. O’quv qo’llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020,
554 bet.
Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli
iqtisodiyot sharoitlarida
innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda turli tizimlarni boshqarish
masala va muammolariga bag’ishlangan ushbu o’quv qo’llanma hozirgi paytda
tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo’layotgan
raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo’lgan innovatsion texnologiyalar
sohasiga bag’ishlangan hamda uning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi.
Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo’lgan
muammolar bilan bog’liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o’tish
mexanizmi,
elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida
ko’plab qimmatli ma’lumotlar berilgan. Undan so’ng, raqamli iqtisodiyotning
hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir
qancha asosiy turlari,
shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy
texnologiyalar, buyumlar interneti, sun’iy
inttelekt, raqamli valyutalar, virtual
voqe’lik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Turli hildagi
loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan
ICO mexanizmi haqida
tushunchalar va uning ma’no-mohiyati, elektron tijorat tashkil qilishning samarali
zamonaviy usul va vositalari hamda mavjud platformalari hamda qobiqlari ham
ko’pchilikka tushunarli holda ko’rsatilgan. O’quv qo’llanmaning oxirida unda
ishlatilgan atamalarni tushunish bo’yicha to’liq glossariy berilganki,
uning
yordamida bu sohani yanada chuqurroq anglash, tushunish va o’rganish mumkin
bo’ladi. Ushbu o’quv qo’llanma oliy ta’limning bakalavr va magistr
mutahassisliklarida ta’lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, raqamli iqtisodiyot,
elektron tijorat va elektron biznes yo’nalishda
ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borayotgan ilmiy xodimlarga hamda bank-moliya hizmatchilari hamda raqamli
iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha
tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi uchun mo’ljallangan.