7
KIRISH
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan
bir qancha
samarador texnologiyalar, shu
jumladan, elektron tijorat va elektron biznes
hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va
jamiyat taraqqiyotini yanada
jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati
bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi
prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar
haqidagi Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli
iqtisodning rivojlanishi bo’yicha o’z fikrlarini aytib o’tdi. Undan tashqari,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349
sonli
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida1, shuningdek,
respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish
uchun zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar
yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash
maqsadida Vazirlar
Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini
belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish
va yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror
qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston
Resbublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha
quyidagilar O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng
muhim vazifalar deb ko’rsatilgan:
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar
aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt,
konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash,
boshqarish,
sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek,
blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida
amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “
Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida
”gi Farmoni
8
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar,
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va
tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida
halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish
va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan
yuqori malakali horijlik
mutahassislarni jalb qilish.
Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish
uchun huquqiy baza yaratish
2
.
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli
iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tushunchalari nimalardan iboratligini
pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli
iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval,axborotlashgan
jamiyat va u
bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib
chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu o’quv qo’llanmada aks
ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi.
Qisqa va lo’nda qilib aytganda,
raqamli iqtisodiyot
– bu jamiyat ne’matlarini ishlab
chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-
kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning
xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli
tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu
rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot
ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi.
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot –
bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan
jamiyatjarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining
boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga
o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy
amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog,
axborotlashgan jamiyatning
yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining
“Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini
chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali
shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda
o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “
Yangi raqamli iqtisodiyoti
” turli
2
Dostları ilə paylaş: