«Tekinga mobil telefon oling» Xozirgi paytda bunday firibgarliklarning ikki xil usuli mavjud: Ularning
birinchisini internet magazinlar ishlatishsa, ikkinchisini kim oshdi savdosi
o’tkazish baxonasi bilan ishlatishadi. Internet-magazinlar o’z saytlarida eng yangi
mobil telefonni yutib olish mumkin bo’lgan tadbir o’tkazilishini reklama qilib,
bunda ishtirok etish uchun ulardan, masalan, ikkitagina musika diski sotib olishni
taklif qiladilar va kim sotib olsa, ular orasida telefon yutib olish bo’yicha tanlov
o’tkaziladi deydilar. Siz albatta yutmaysiz xam, kim yutganini bilmaysiz xam.
Chunki bu tanlov magazinga xaridorlarni jalb qilish uchungina o’tkaziladi. Agar
kimdir yutsa xam, u odam magazin bilan oldindan kelishib olgan odam bo’lib
chiqadi. Bir oz vaqtdan so’ng, uning yutib olgani reklama qilinib, yana boshqa
laqmalar bu tanlovga jalb qilinadi. Ikkinchi usulda firibgarlar sizga ma’lum bir
telefon nomeriga SMS-xabar jo’natishni taklif qiladilar va kim ko’proq xabar
yuborsa, o’sha eng yangi modeldagi mobil telefon egasi bo’ladi deb ishontiradilar.
Siz biror muddat SMS-xabarlar jo’natganingizdan so’ng, sizga «
Eng oldindasiz, tezrok xarakat kiling, liderdan 1-2 tagina xabar orqadasiz » degan ma’noda SMS-
xabarlar kela boshlaydi. Siz yana xam qiziqib ketib, SMS-xabarlar jo’nataverasiz.
Tanlov tugaganidan so’ng, sizga «
Ishtirokingiz uchun katta raxmat, siz 222 ta xabar jo’natdingiz, yutuq esa 223 ta xabar joqnatganga berildi. Yana bir marta ishtirok etishingiz mumkin – sizning omadingiz kelishiga biz astoydil ishonamiz »
degan ma’lumot keladi.
Juda xam ajoyib firmada ishlash taklifi Sizga qandaydir firma nomidan ish taklif qilinadi va buning uchun kerakli
xujjatlarni xamda qandaydir miqdordagi pulni jo’natish taklif qilinadi. Bu firmaga
ishga kirish uchun ular bilan birgalikda ish olib boradigan biror bir joyda
248
malakangizni oshirish, test topshirish yoki sertifikat olish xam taklif qilinishi
mumkin. Bu ish nima uchun qilinganinin tushungan bo’lsangiz kerak – tushungan
odamning sadag’asi bo’laylik!