6-Bob uchun savollar va topshiriqlar:
1.
Elektron tijoratning qanday muammolari mavjud va ular qanday hal
qilinishini tavsiflab bering;
2.
Elektron savdoga bo’lgan asosiy tahdidlar nimalardan iboratligini
misollar nilab tushuntiring;
3.
Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar nimalardan iborat
ekanligini aytib bering;
4.
Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari haqida misollar
keltiring;
256
5.
Elektron tijoratdagi firibgarloiklardan himoyalanishning konkret
usullari nimalardan iborat?
6.
Elektron tijoratda havfsizlikni ta’minlash uchun qanday tavsiyalar
berish mumkin?
7-BOB. KRIPTOVALYUTALAR BOZORIDAGIELEKTRON
TIJORAT
7.1.Kriptovalyutalar elektron tijoratining rivojlanishi
Elektron tijorat rivojlangan sayin insonlarning “
uzoqlardan-masofadan
turib
” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda pulni
masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q. Shuning
uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga masofadan turib o’tkazish
jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni, elektron to’lov tizimlari, bank
yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa
bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun
qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni istamaydi.
O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan
to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta.
Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik
odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida
o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu harajatlarni kamaytirish va pul
o’tkazmalarining foydali ish koeffitsientini iloji boricha yuz foizga oshirgan
xolda elektron biznesni yuritish mumkin? Bu borada turli xildagi taklif va
mulohazalar juda ko’p edi, lekin ularning barchasi bir qancha sabablarga
ko’ra rad etildi.Chunki tovar va hizmatlar oldi-sottilaridagi vositachilarga
bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda ham, turli-tuman firibgarlardan qanday
himoyalanish ya’ni, pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni
qanday isbotlash mumkin? Bu muammoning yechimi 2009-yillarda Satoshi
Nikamoto deb nomlangan shaxs yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab
kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydiganYangielektron
257
to’lov tizimini ommaga taqdim etgandan so’ng topildi. Bunday to’lovlarni
amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa
bitkoin
deb ataldi.
Bitkoin kriptografik elektron pul birliklari maxsus elektron hamyonlarda
saqlanib, bunday hamyonlarga pul tushirish va ularni turli xil maqsadlarda
ishlatish mumkin. Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul
ketgani yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan
yoki boshqa manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini
barchaga ochiq xolda ko’rsatishni taklif etdilar. Ya’ni, siz kriptovalyuta
tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va ravshan
ko’rishingiz va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, barcha bitkoin
hamyonlar anonimdirlar (
ya’ni, hamyonning egasikim ekanligi aytilmaydi
),
shuning uchun ham Sizning tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan
bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.Tizimdagi hisob-kitoblarni
muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning
ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun katta quvvatli zamonaviy
kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday quvvatli komp’yuterga ega bo’lish
uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash talab etiladi. Bu
kompyuterlar
foydalanuvchilarning
komp’yuterlari
ham
bo’lishi
mumkinalbatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz
bo’lishi ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi
quvvatini tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llab-
quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin
valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli esa
“
mayning
” deya nom olgan.Quyida zamonaviy kriptovalyutaning afzallik va
kamchiliklar tomonlarini keltirib,ularga izoh beramiz:
•
Chegaralangan
. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21
milliontagacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa bitkoin
yetishtirish to’xtatiladi. Buning oqibatida nima bo’lishini hech kim
bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta
258
muomalada qoladi va vaqti-vaqti bilan o’z kursini o’zgartirib
turaveradi.
•
To’liq mahfiylik
. Bitcoin-hamyonning raqamlari orqali uning egasi kim
ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida esa noqonuniy pul
aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi.
•
Ta’minlanmaganlik
. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy
rezerv bilan ta’minlanmagani va bu bilan bog’liq boshqa sabablarga
ko’ra, bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi ham hech
gap emas.
•
Rasmiy ravishda ishlamaydi
. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir
ko’rsatishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar (
shu jumladan, bizning
mamlakat ham)
kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada
bitcoin yetishtirish bilan shug’ullanganlarni javobgarlikka tortish
bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hozircha bu ish to’liq yo’lga
qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham
kerak, chunki uni qonuniylashtirishsa, bitkoin real valyutaning o’rnini
egallashi ham mumkin bo’ladi.
•
Unchalik mashxur emas
. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassasalar,
Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va
kriptovalyuta
evaziga
maxsulot
sotmaydilar.
Mashxurlashishi
chegaralangani boyis bitkoin to’liq ishlatilmayapti.
Hozirgi davrdagi eng mashhur kriptovalyutalarning emblemalarini
(
shartli
belgilari,piktogrammalarini
)
quyida
nazardan
kechirishingiz
mumkin:
259
Kriptovalyutalarni mayining qilish uchun foydalanish mumkin b o’lgan
eng yaxshi dasturiy ta’minotlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
CGMiner
–Ushbu dastur virtual pullarni topish bo’yicha ishlaydigan
professionallar uchun mo’ljallangan. Ammo uning to’liq quvvat bilan ishlashi
uchun faqatgina katta quvvatli komp’yuterlar talab qilinadi. Foydalanuvchiga
esa MS DOS buyruqlarini yaxshilab o’zlashtirib olish zarur bo’ladi.
Dasturning ijobiy tomonlariga videokarta ishini tezlashtirish funktsiyasi
mavjudligi va buning natijasida xeshlashtirish jarayoni tezlashtirilishin i
kiritish mumkin. Bundan tashqari, dasturning optimal ishlash rejimini tanlash
imkoniyati ham uni boshqa dasturlardan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |