Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


ICO ga qiziqish tobora  ortib borayotgani tufayli  Status



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

ICO
ga qiziqish tobora 
ortib borayotgani tufayli 
Status
deb nomlangan 
Singapur
blokcheyn-startapi 
tokenlarini joylashtirishda 
Ethereum
platformasi ishida buzilishlar ro’y berdi. 
Kriptovalyutalarni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy-izlanish Smith + Crown on-
line resursi xozirgi vaqtda
ICO
tashkil qilayotgan yoki 2017 yil noyabrigacha bu 
ishni amalga oshirmoqchi bo’lgan 50 kompaniya haqida ma’lumot bergan. Buning 
ma’nosi shundaki, 
ICO 
lar atrofida moliyaviy puffak xosil bo’lmoqda va agarda 
bu puffak yorilsa, ushbu segmentgai investorlarning kriptovalyuta va tokenlarga 
bo’lgan qiziqishi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. 
ICO
larga bo’lgan katta 
qiziqish unchalik hayratlanarli emas, chunki 
ICO
lar startap biznesga venchur 
investitsiyalarga nisbatan tezroq va qulayroq xolatda yaxshigina kapital jalb qilish 
va tezda birjaga chiqishga imkon beradi. Haqiqatan ham klassik usuldagi 
investitsiyada yangishga capital jalb qilish uchun siz investorlar uchun taqdimot 
qilishingiz kerak, birjaga kelib, maslahatchilar yollashigiz lozim, aktsiyalar 
emissiya qilishingiz zarur, emissiya esa maxsus organlar tomonidan nazorat 
qilinadi va xakozo. Bu qiyinchiliklarni aylanib o’tib, investitsiyalar uchun kerakli 
bo’lgan mablaglar’ni xozirda boshqarilmaydigan kriptovalyutalar bozoridan jalb 
qilish juda ham oson yo’l albatta. Lekin bu ishlarning havfli tomonlari ham bor. Bu 
xududni 
terra incognito
deb bilib, qonun bilan to’qnashib qolmaslik uchun 
extiyotkorlik bilan ish olib borish lozim bo’ladi. Istalgan xuquqiy yoki jismoniy 
shaxs, agar ularning ishonchini qozona olmasangiz, sizni “
kompaniya meni bu ish 
bilan bog’liq tavakkalchiliklar va risklar bilan to’liq tanishtirmagan
” deb, 
kompaniyani firibgarlikda ayblab, sudga berishi mumkin. “
Kriptovalyutalar yuqori 
darajadagi riskka ega bo’lgani uchun, xozircha ularga pul tikmagan ma’qul, 
chunki kompaniyaning sizga qandaydir daromad berishi ichun hech qanday 
huquqiy asos mavjud emas
” deb maslahat ham beradilar. Lekin ko’pchilik 
ekspertlarning fikriga ko’ra, uzoq muddatli perspektivada kriptovalyutalar bozori 
o’sishda davom etadi, blokcheyn texnologiyasi esa an’anaviy moliyada yanada 


301 
kengroq miqyosda qo’llanilaveradi. Xozirda esa kriptovalyutalar olamida 
investorlar va kompaniyalar orasida hech qanday qonunchilikda ko’zda tutilgan 
xuquqiy asos bo’lmagani tufayli, investorlarning juda katta miqdordagi daromad 
olishlariga imkon yaraladi hamda firibgarlik uchun ham katta imkoniyat paydo 
bo’ladi. Xozigi davrda 
ICO
larda mayda investorlarniong pullari aylanayapti, 
keyinchalik esa bu soxaga banklar, fondlar va davlat jalb qilinishi tufayli 
kriptovalyutaga qiziqish yanada ortadi. Xozircha kriptovalyutalar kursining bir 
oshib va bir kamayib turishi tabiiy bir xoldir.

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin