99
tizimining yana boshqa maqsadlaridan biri, internetga ulangan komp’yuterlar
uchun manzillar tizimini tuzish bo’lib, u hozirda mavjud bo’lgan amerika
kompaniyalariga
tegishli
DNS
(
Domain Name System
) tizimini yangisiga
almashtira olishligidir.
OneCoin (http://www.onecoin.eu) – b
u kroptovayuta tizimi hozirgi vaqtda
o’z bloklarida operatsiyalarning to’liq shaffofligini ta’minlab beradigan
Know-Your-Customer (KYC
) turidagi hujjatlarni saqlaydigan dunyodagi birinchi
kriptovalyuta tizimidir.
Vashingtondagi Djordjstoun universitetidagi bir guruh mutaxassislar sun’iy
intellektdan foydalanadigan yangi kriptovalyuta chiqarish
taklifi bilan chiqdilar
(
Cryptocurrency with a Conscience: Using Artificial Intelligence to Develop
Money
that
Advances
Human
Ethical
Values
//
http://www.finyear.com/attachment/641777
).
Ularning
firklaricha,
kriptovalyutalar butun dunyodagi insonlarning imkoniyatlarini va iqtisodiy
huquqlarini kehgaytirishga imkon yaratadilar (
Virtual Currencies; Bitcoin & What
Now
after
Liberty
Reserve,
Silk
Road,
and
Mt.
Gox?
//
https://papers.ssrn.com/sol3/papers.
cfm?abstract_id=2393537
).
Albatta
kriptovalyutalar jinoiy faoliyatni amalga oshirishga ham o’z hissalarini qo’shadilar
va buning oqibatida jamiyat hamda insonlarga kattagina zarar yetkazishlari
mumkin. Ammo, kriptovalyuta himoyachilarining fikrlaricha, kriptovalyutalarning
etik normalari sifat jihatidan
qandaydir yangi narsalar emas, chunki ilgari ham,
hozir ham pullar biror bir etik normalar bilan bog’liq bo’lmagan passiv
substantsiya sifatida qabul qilingan. Har qanday ko’rinishdagi pul yoki pullar
yaxshi
maqsadlarda ham, yomon maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin, albatta.
Ba’zi bir guruh mutaxassislar esa pulning neytral deb baholanishiga qarshi ham
chiqadilar. Haqiqatan ham, sun’iy
intellect, kriptografiya va etiketning sun’iy
intellectli dasturlari joylashtirilgan komp’yuterlar etik jihatdan neytral bo’la
olmaydilar, balki ular pullarning qanday ishlatilishini ham nazorat qila va boshqara
oladilar. Bunday natijalarga erishish uchun intellectual platformalardagi
kriptovalyutalar yaratishning texnologik asoslarini ishlab chiqib, undan so’ng,
100
bunday kriptovalyutalarni ishlatishning huquqiy, etik,
sotsiologik, psixologik,
texnologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlarini o’rganib chiqish kerak bo’ladi. Ammo,
real pul qiymatiga va etik ko’rsatgichlarga ega bo’lgan kriptovalyutalarning
rivojlanishi insonlarga o’z kompaniyalarining ichki korporativ etikasiga va uning
xolatiga ham ta’sir qilish imkonini beradi.
Lekin bunday avtonom va
boshqariluvchan kriptovalyutalar (
Autonomous Ethically Guided Cryptocurrency,
AEGC
) yaratish jarayoni hali-hanuz to’la-to’kis poyoniga yetgani yo’q va bu
vaqtinchalik holat, albatta.
Dostları ilə paylaş: