21
hujjatlarini qayta ishlash, ma‘lumotlar bazasini shakllantirish, ichki va tashqi axborot
almashinuvini yo‗lga qo‗yishda aloqador bo‗ladi.
"Menejment" fani bilan korxona va tashkilotlardagi quyi va yuqori darajadagi
boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish, har bir bo‗linmaning faoliyatini mos
keluvchi
usullar yordamida boshqarish, funksional va jarayonli boshqaruvni amalga
oshirish va boshqalarda aloqada bo‗ladi.
"Mikroiqtisodiyot" fani bilan korxona va tashkilotlardagi ishlab chiqarish,
xarajatlar, biznes-rejani bajarish, resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikni
oshirish kabi masalalarda aloqador bo‗ladi.
"Makroiqtisodiyot" fani bilan korxona va tashkilotlarning davlat siyosatini amalga
oshirish, turli davlat tashkilotlari, ya‘ni banklar, soliq idoralari,
ish bilan bandlikni
ta‘minlovchi tashkilotlar bilan aloqalarini o‗rganadi.
"Statistika" fani bilan korxona va tashkilotlarning oylik, yarim yillik, yillik
ma‘lumotlarini qayta ishlash orqali turli xil iqtisodiy ko‗rsatkichlar, indekslar,
o‗rtacha va chekli ko‗rsatkichlarni hisoblash va optimal qarorlar qabul qilish bo‗yicha
aloqalarini o‗rganadi.
"Biznes rejalashtirish" fani bilan korxona va tashkilotlarning faoliyatiтш
rejalashtirish,
biznes reja tuzish, xalqaro MRP, MRPII, TQM, ISO standartlariga
rioya qilish, bo‗yicha aloqalarini o‗rganadi.
"Investitsiyalarni boshqarish" fani bilan korxona va tashkilotlarda investitsion
resurslardan samarali foydalanish, zarur faoliyat
turlariga investitsiyalarni
yo‗naltirish, investitsiyalarning samaradorligini baholash, bo‗yicha aloqalarini
o‗rganadi. O‗zbekistonda amalga oshrilayotgan tub iqtisodiy islohotlar korxonalardan
sifatli, raqobatbardosh, iste‘molchilarning talablariga javob beruvchi mahsulotlar
ishlab chiqishnining ustuvor tamoyillariga asoslanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda faoliyat
olib boruvchi har bir
subyеkt o‗zining samarali ishlashini ta‘minlashi lozim. Chunki, bozor iqtisodiyotiga
xos bo‗lgan tavakkalchilik va noaniqlik elеmеntlari ta‘sirida bo‗lgan iqtisodiy
subyеktlar bozorining talabalariga to‗liq javob bеrishlari kеrak. Raqobat sharoitlariga
barcha ishlab chiqarish subyеktlari javob bеra olmaydilar, javob bеra oladiganlari
22
esa, korxonalarning ichki muhitini tashqi, ya‘ni bozor
muhitiga moslashtirib olib
boradilar.
Xo‗sh, bugungi kunda korxonalarning raqobat sharoitida samarali faoliyat olib
borishlarini ta‘minlaydigan sharoitlar, usullari va vositalar nimalardan iborat? Ushbu
savolga javob sifatida AQSH, Yevropa davlatlari va Rossiyada rivojlanib borayotgan,
korxonalardan biznеs-jarayonlarini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish hisoblanadi.
Biznеs-jarayonlari
tushunchasi
nima?
Rivojlangan
davlatlardagi
korporatsiyalar va kompaniyalar nima sababdan an‘anaviy boshqarish usullaridan voz
kеchib, boshqarishning yangi – jarayonli boshqarish usullarini qabul qildilar? Bunga
asosiy sabablar quyidagilardir: jahonda globallashuv va intеgratsiya jarayonlarining
tеzlashuvi, xalqaro raqobatning kеskinlashuvi, tеxnologiyalarning tеzlik bilan
o‗zgarib borishi, bozor va iste‘molchilar tomonidan korporatsiyalar va kompaniyalar
ishlab chiqarayotgan mahsulot (xizmat) ga talablarning o‗zgarishidir.
1990- yillardan boshlab, boshqarish tizimilarida
jarayonli tashqil etish
masalalarini o‗rganuvchi va ularni tuzish bo‗yicha yеchimlar bеruvchi biznеs-
jarayonlari rеinjiniringi uslubiy yo‗nalish hisoblanadi (Biznеs-jarayonlari rеinjiniringi
–
Dostları ilə paylaş: