14
―Biznes-jarayonlarini modellashtirish‖ fani noaniqlik va tavakkalchilik
sharoitida firmalar va korxonalarda biznes-jarayonlarini iqtisodiy-matematik,
ekonometrik va boshqa zamonaviy usullar yordamida tahlil qilish, ushbu jarayonlarni
kompyuter texnologiyalari asosida turli xil modellarini yaratish, yaratilgan modellar
asosida rivojlanish strategiyalarini belgilab olish hamda barqaror faoliyat olib borish
uchun biznes subyektlariga optimal qaror qabul qilishning asosiy yo‗nalishlari,
shakllari va usullarini o‗rganadi.
Fanning predmeti bo‗lib, korxonalarda biznes-jarayonlari, biznes modeli va
ularni yaxshilash masalalarini o‗rganish hisoblanadi.
Fanni o‗qitishdan maqsad –noaniqlik va tavakkalchilik sharoitida firmalar va
korxonalar tomonidan qo‗yilgan maqsadga erishishda biznes-jarayonlari sohasida
matematik modellashtirish bo‗yicha nazariy va amaliy professional bilimlarini
shakllantirishdan iborat.
Fanni o‗qitishning asosiy vazifasi bo‗lib, biznes-jarayonlarining iqtisodiy
mohiyatini ochib berish, biznes-jarayonlarini amalga oshirish mexanizmini
tushuntirib berish, biznes-jarayonlarini modellashtirishda iqtisodiy-matematik,
ekonometrik va boshqa zamonaviy usullar va modellar hamda axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanishni, samarali qaror qabul qilish usullarini
o‗rgatishdan iborat.
"Biznеs-jarayonlarini modеllashtirish" fani bo‗yicha AQSH, Yevropa va
Rossiyada bir qator adabiyotlar nashr qilingan. Jumladan, Hammer M.,Champy J.
Dostları ilə paylaş: