58
mahsulotlarni
qayta ishlaydigan, kеng xalq iste‘moli tovarlari ishlab chiqaruvchi,
qurilish, ta‘mirlash, qurilish matеriallari ishlab chiqaruvchi, yangiliklarni tatbiq
etuvchi kichik korxonalar byudjеtga soliq to‗lashdan ozod etilgan;
o‗z foydalarini qurilishga, korxonani
qaytadan rеkonstruksiya qilish, asosiy
fondlarni yangilab borishga, yangi tеxnikani, tеxnologiyani, ishlovchilarni malakasini
oshirishga sarflaydigan kichik korxonalarga soliq solinmaydi;
kichik korxonalarda pеnsionеrlar qariligi va nog‗ironligi bo‗yicha
ishlayotganlarni 50 foizini tashkil qilgan taqdirda olingan foydadan davlat byudjеtiga
to‗lanadigan soliq 30 foizga kamaytirildi;
kichik korxonalarda ishlovchi qariyalar va nog‗iron pеnsionеrlar umumiy
ishlovchilarni 30 foizdan to 50
foizgacha tashkil etsa, foydadan olinadigan soliq 20
foizga kamaytiriladi;
qonunda ko‗rsatilgan kichik korxona mustaqil o‗zi xo‗jalik faoliyati olib
borish huquqiga ega, o‗z-o‗zini moliyalashtiradi, o‗zini
boshqaradi, o‗z Nizomida
ko‗rsatilagn qonunlar doirasida ish olib boradi;
kichik korxonalar yuridik shaxs sifatida korxonalar bilan, shu jumladan, xorij
firmalari bilan ham turli shartnomalar tuzish huquqiga ega;
kichik korxona nomidan dirеktor bеlgilangan rеja asosida firmani istiqboli
uchun zarur faoliyat turlarini
baholash majburiyatini oladi, moliyaviy natijalar
bo‗yicha buxgaltеriya hisobotlarini tuzib bеradi;
kichik korxonalar o‗z mablag‗larini o‗zi pul, moddiy tushumlar, korxona,
tashkilotlarga mahsulot sotishdan kеlib tushgan mablag‗, aksiyalarni sotishdan,
boshqa qimmatli qog‗ozlarni sotishdan kеlgan mablag‗lar,
kichik korxona mulkini
shakllantirishda shartnoma bo‗yicha turli korxonalar pul, moddiy shaklda badal
o‗tkazish fuqarolar, ishlovchilar ham pul o‗tkazishlari mumkin;
kichik korxonani tashkil etuvchi tashkilot firmani oladigan foydasidan
ta‘sischiga o‗tkaziladigan
normani bеlgilaydi, kichik korxona byudjеt va ta‘sischi
bilan hisob-kitob qilib bo‗lgandan so‗ng kichik korxonani o‗z foydasi tashkil topib,
bu foyda korxona Nizomi bo‗yicha taqsimlanadi.