37. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy
madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun sharoitlar
yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun gumanitarg‘oyalar umumiy
ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak.
Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko'nikma va
malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim,
madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks
ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama ilmiy
yo‘nalishni rad etadi. U aniq bir o'quv jarayonini amalga oshirish
bilan bog'liq pedagogik haqiqatni hisobga olishni ko‘zda tutadi.
Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning
berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi
shaxsi kabi tashkil etuvchilarining o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi.
38. Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili bu tamoyil ta’lim mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda
rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda
har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
ta’limni gumanitarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon
beradi. U gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-
ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etish
va amaliy faoliyat metodologiyasi mohiyatini anglab yetishlariga
tayanishni talab etadi.
ushbu tamoyil o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan
malakalarni yagona tizimdagi o‘rni, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
ta’lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda
umuminsoniy, milliy madaniyat tizimiga kiruvchi tizim sifatida
ko'rishni ko‘zda tutadi.
302
o'quvchilarning yosh darajasi va tayyorgarligini ko‘zda tutadi. Ularga
o‘zlashtirish uchun u yoki bu bilimlar va malakalar tizimi
o‘zlashtirish uchun taklif etiladi.