№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Musiqiy pedagogika
-
musiqiy ta'lim va tarbiyaning samarali 
usullarini, shakllarini o'rganish va rivojlantirish, shuningdek musiqa 
sohasida turli yo'nalishlarda ijodiy ko'nikmalarni, tajriba va amaliy 
malakalarni shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga olgan 
pedagogika fanining sohasi. 
Mutaxassislik
— 5A-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi 
bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va 
beriladigan “magistr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining 
muayyan turini bajarishni ta’minlovchi muayyan mutaxassislik 
bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi. 
Muzey pedagogikasi -
muzeylarning madaniy va ma'rifiy 
faoliyatining xususiyatlari, ularning turli toifalari bo'yicha shaxsga 
ta'sir o'tkazish usullari, muzeylarning ta'lim muassasalari bilan o'zaro 
munosabatini o‘rganadigan fan. 
Nazorat
(ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini 
anglatadi. 
N
azoratning guruhli shakli
- talabalarning ma’lum bir qismi 
nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan talabalar guruhiga vazifa 
beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa 
talabalar ham qatnashishi mumkin.
N
azoratning individual shakli-
har bir talabaning bilim, ko‘nikma 
va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. 
Nazoratning bu shaklida odatda talabalar javob berish uchun sinf 
taxtasi oldiga chaqiriladi.
N
azoratning 
kombinatsiyalangan 
(biriktirilgan)shakli

individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni 
taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha talabalardan 
so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida 
topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin 
bo‘ladi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin