№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Didaktik konsepsiya (didaktik tizim)



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Didaktik konsepsiya (didaktik tizim)
ta`limda o‘qituvchi va 
o‘quvchi faoliyatini tashkil etish maqsadi, mazmuni, vositalari, usullari
tashkiliy shakllari to‘g‘risidagi qarashlar (g‘oyalar) majmuidir. 
Didaktika 
pedagogikaning mustaqil qismi bo‘lib, o‘qitish va 
ta’lim berish muammolari bilan shug‘ullanadi hamda o‘qitish 
jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Elektron pedagogika
- pedagogik faoliyatda kerakli interaktiv 
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish qoidalari va texnologiyalari 
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish va o‘ziga kerakli fanlar bo‘yicha 
elektron interaktiv darsliklar mustaqil yaratish uchun amaliy 
ko‘nikmalar hosil qilish to‘g‘risidagi fan. 
Harbiy pedagogika
- harbiy pedagogik jarayonning qonuniyatlari, 
harbiy kadrlar va harbiy guruhlarni o'qitish usullari, ularni 
muvaffaqiyatli jangovar operatsiyalar va harbiy-kasbiy faoliyat uchun 
tayyorlashga qaratilgan pedagogika fanining bir bo'limi. 
Hisobga olish
– bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar 
va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash. 
Ijtimoiy faol fuqarolik 
kompetentsiyasi
— jamiyatda 
bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va 


307 
ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, 
unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va 
huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda 
tutadi. 
Ijtimoiy pedagogika
– ijtimoiy munosabatlar jarayonlarida 
pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni ijtimoiy faoliyatga 
yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi. 
Joriy nazorat
- o‘qituvchi tomonidan talabalarning xar bir o‘quv 
ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan 
mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari 
darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Ko‘nikma
– egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi 
ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini 
egallash; 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin