№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Texnologik rejim
-texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni 
belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda 
bajariladigan opertatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi. 
Texnologik xarita
- ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish 
texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik 
hujjatdir. 
Tibbiy pedagogika
- shaxsga psixologik-pedagogik va tibbiy ta'sir 
ko'rsatishning zamonaviy vositalari va usullarini, inson ruhiyatining 
umumiy va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda sog'lom 
turmush tarzini targ'ib qilish to‘g‘risidagi fan.
Tiflopedagogika 
– ko‘zi ojizlarni bolalarning ta’lim va tarbiyasi 
bilan shug‘ullanadi. 
Tizim (sistema)
tartibga solingan, o‘zaro bog‘langan va ta’sir 
ko‘rsatib turadigan pedagogik hodisa; tartibga solingan tushunchalar 
yig‘indisidir.
Tizim (sistema) –
o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar o‘rtasidagi 
mustahkam birlik va bog‘liqlik. 
Turizm pedagogikasi
- bu turizmning gumanitar va ijtimoiy 
funksiyalari kontekstida shaxsning tarbiyasi, ta'limi va rivojlanish 
jarayonlarini o'rganadigan fan. 
Umumiy 
pedagogika
– ta’lim va tarbiyaning asosiy 
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. 
Xalq pedagogikasi
– turli xalq, millat va elatlarning xalq og‘zaki 
ijodidagi ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik g‘oyalarning 
mohiyatini, mazmunini o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil 
sohasidir. 
Yakuniy davlat attestatsiyasi
— bakalavr yoki magistr darajasiga 
qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va 
tartibotlar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv 
malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi 
tomonidan oliy ta’lim o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi sifatini 
baholash. 


314 
Yakuniy nazorat
– sesmestr va davlat attestatsiyasi sinovlari 
singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda 
amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi. 
Yo‘nalish
— 5-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi 
bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va 
beriladigan “bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining 
muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental 
bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin