№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


‘z-o‘zini nazorat qilish shakli -



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

‘z-o‘zini nazorat qilish shakli - 
ta’lim jarayonida
 
ichki aks 
aloqaning bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik 
mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy 
mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘qitish –
qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog 
bilan talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati; 
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma
— darslikdagi har bir 
mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari 
va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik 
ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda 
foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning 
mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar 
haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi 
o‘quv nashri. 
O‘rganish –
anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida 
xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin 
egallanganlari o‘zgaradi; 
O‘rgatish –
o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha 
pedagogning tartiblangan faoliyati; 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi
— doimiy ravishda 
o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ 
rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-
o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil 
ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil 
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni 
nazarda tutadi. 
Og‘zaki tekshirish

bu metod bilimlarni nazorat qilish va 
baholash-ning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. 
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi 
talabalarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar 
beradi va ularni javob berishga undaydi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin