68
Ikkinchi bosqich — o‘quv materialini anglab etish. U
ma’lumotlaming nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan
iborat. Bunda asosiy mazmunni to‘ish, tushunchani ajratib olish,
ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialining
xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini
o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik
muhim ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy ikkinchi darajali
hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin.
O‘quvchi o‘quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi
tizimni tushunib etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich — eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich
o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat.
Unda idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va
ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha,
qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar
to‘shiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular
matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida
va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich
yakunida o‘quvqhilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan
mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda
foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari
shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilim. ko‘nikma va malakalarni amaliy
faoliyatda
faollashdan
iborat
bo‘ladi.
Bilimlarini
qo‘llash
o‘rganilayotgan materialning mazmuniy xususiyatiga qarab, faoliyat
turli shakllari va - ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv
mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab er
maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish
bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir:
Dostları ilə paylaş: