№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar 
hamda topshiriqlar: 
 
1.
 
“Pedagogik tizim” tushunchasiga ta’rif bering. 
2.
 
Pedagogik jarayonning alohida asosiy elimentlari nimalardan iborat? 
3.
 
Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlarini izohlang. 
4.
 
Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish va uning asosiy 
shartlari nimalardan iborat. 
5.
 
O‘qitish va o‘qish jarayonlarni tavsilang. 
6.
 
Oquvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi haqida ma’lumot 
bering. 
7.
 
Optimallashtirish nima? 
8.
 
Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlarini tushuntiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


74 
5-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH 
MAZMUNI 
 
Tayanch so‘zlar: 
ta’lim mazmuni, bilim,ko‘nikma, 
malaka, ko‘p predmetlilik, texnokratik yo‘nalishi, 
insonparvarlashtirish, integratsiya, standartlashtirish, 
ko‘p 
bosqichlilik, 
axborotlashtirish, 
individuallashtirish, 
ketma-ketlik, 
davlat ta’lim 
standartlari, o‘quv reja, dastur, darslik. 
 
5.1.Ta’im nazariya (konsepsiya)lari mazmuni 
Ta’lim mazmuni- 
inson o‘qitish jarayonida egallashi lozim 
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakteri.
1
Ta’lim mazmuni deganda ta’lim jarayonida o‘quvchilar 
o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimini, amaliy ko‘nikma va 
malakalarni hamda dunyoqarash va axloqiy-estetik g‘oyalarni 
tushunamiz - deb ta’kidlaydi I.F.Xarlamov.
Ta’lim mazmuni―yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, 
tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim 
jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma-malaka, faoliyat usullari 
hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional baholashga 
doir munosabatlardir degan qarashlarni O.Roziqov, B.Adizovlar ilgari 
suradilar. 
An’anaviy pedagogikada formal va moddiy ta’lim nazariyasi keng 
tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o‘rta ta’lim mazmuniga 
qanday ta’sir etadi. 
Formal ta’lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotstsi, 
Kant va Gerbart (XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning 
oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi 
(bu nom E.SHmit va A.A.Nemeyerning “Prinsipi vospitaniya i 
obucheniya” asarida tilga olinadi). Konsepsiya tarafdorlari ta’limni 
o‘quvchilarning itidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi 
sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim 
nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining 
asosiy g‘oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko‘p bilim 
aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g‘oyani 
I.Kant va I.G.Pestalotstsilar rivojlantirishdi. Ular o‘qitishning asosli 
1
Ж.Ҳасанбоев, Х.Тўрақулов, М.Ҳайдаров, О.Ҳасанбоева, Н.Усманов. Педагогика фанидан изоҳли луғат. 
Т.: “Фан ва технология”, 2009, 464-бет


75 
maqsadi, 
eng 
avvalo, 
o‘quvchining iqtidorini rivojlantirish, 
o‘quvchining to‘g‘ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo‘lishi shart deb 
hisoblaydilar. 
Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada 
«rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbai aqldir, bilim faqat 
aqlning mustaqilligida tug‘iladi, shu bois ta’lim o‘quvchilarning 
ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o‘stirish, 
ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi 
vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni 
rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin 
tili, shuningdek, matematikani o‘rganish lozim. Formal ta’lim 
elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi 
grammatik maktablarda ushbu nazariya g‘oyalari asosida ish ko‘riladi. 
XVII asr oxiri – XIX asr boshlarida moddiy ta’lim nazariyasi jadal 
rivojladi. Nazariyaning paydo bo‘lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik 
asoslari rivojlanishi asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning 
jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. 
Pedagogi-psixologik 
tarixida 
bu 
nazariya 
(konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. 
Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni “entsiklopedistlar” deb ham 
ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis 
pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o‘quvchilarga 
bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o‘zlari o‘qitadigan fanga iloji 
boricha ko‘proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi 
mazmunini shakllantirishga bunday yondoshishning samarasi kam 
bo‘lib chiqdi, chunki o‘quvchilarga juda ko‘p axborotlar beriladi. 
Natijada axborotlar qisman va yuzaki o‘zlashtiriladi. 
Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g‘oyalarini ilgari 
suradilar (lotincha “empiria” - tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan 
ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan 
chiqa olmaydi va bilim manbai faqat tajriba hisoblanadi, deya 
ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chihariladi: 
o‘quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, 
ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda 
o‘quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarga 
murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real yo‘nalish deb 
ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari 


76 
XX asr boshlarida Rossiya, va Turkistonda real gimnaziya va real bilim 
yurtlarida o‘qitish qadimgi va g‘arbiy YEvropa tillarini o‘rganishga 
emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va 
boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o‘zlashtirishga 
asoslangan. 
Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va 
A.Avloniylar juda asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni 
o‘zlashtirishdan uzoq bo‘lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o‘ylab 
topilgan yolg‘on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsa bilan 
emas, odamni o‘zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi. 
SHunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki 
ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo‘ladigan bilimlarni ham 
berishi kerak. O‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 
yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o‘zining “Turkiy guliston yohud 
axloq” nomli asarida “... bilim bizning aqlimizni va bizninng 
xotiramizni qilich kabi o‘tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot 
yo‘lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu 
mevasiz daraxtga o‘xshaydi” deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda 
A.Avloniy fanni o‘zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun 
utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan yondoshish mumkin emas 
deb hisoblaydi. U hayot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan 
bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo‘lmagan 
ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy 
faoliyatda foydalanib bo‘lmaydi, lekin uni o‘rganish kerak va 
foydalidir: 
uni 
(tarixni) 
bilish 
o‘quvchvilarning bilimlarini 
kengaytiradi, dunyoharashni shakllantiradi. 
XX asr boshlarida chet el va ayniqsa amerika pedagogi-
psixologiksida 
maktab 
ta’limi 
masalalari 
bo‘yicha pragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g‘oyasi 
keng tarqaldi. Pedagogi-psixologikda mashhur pragmatizm tarafdori 
Djon Dyun (1869-1952 yillar) maktab ta’limining o‘z konsepsiyasini 
yaratishga ko‘p urindi. Bu yo‘nalishlar vakillari (Dj.Dyun, 
G.Kershenshteyner) o‘qitish bu o‘quvchining “tajribasini qayta tashkil 
etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.
O‘qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal 
etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu 
nazariyaning asosiy boshlang‘ich qoidalari quyidagilardan iborat deb 
hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o‘quv kurslari kerak emas”, “O‘qitish 


77 
materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o‘qitishning 
sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida 
o‘qitish – maktabda asosiy metod”. SHunday qilib, Dyun maktabda 
ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, 
ilmiy ta’limni tan olmaydi va o‘qishni tor hamda o‘quvchilarning 
qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat hisoblaydi. 
Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-
yillarda “o‘qitishning loyihali tizimi” (yoki loyihalar metodi)ni ishlab 
chiqdi, uning mazmuni o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar 
o‘qituvchi bilan birga qandaydir amaliy masalaning yechimini 
loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o‘yinchoq uychaning 
qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika, 
boshqa fanlari bo‘yicha u yoki bu ma’lumotlarni bilib oladilar. Bu 
nazariya 
ommaviy 
maktabda 
ta’lim 
darajasini 
pasaytirishi 
mumkinligini tushunish qiyin emas. 
Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun 
nazariyasi amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar 
va ta’limni modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish yo‘llarini 
izlaydilar. 
Ko‘plab pedagoglar - A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy va 
A.Avloniylar maktab ta’limiga taalluqli ko‘plab qimmatli g‘oyalarni 
ilgari surganlar. Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta’lim 
darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi 
tarafdori edilar. 
Bugungi 
kunda 
turli 
ta’lim 
konsepsiyalari 
mavjud. 
Konsepsiyalardan biri ta’lim mazmunini ta’lim muassasalarida 
o‘rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida 
talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni 
amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo‘lishi 
kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondoshish o‘quvchilarni fan 
va ishlab chiharishga jalb etishga haratilgan, lekin demokratik 
jamiyatda mustaqil hayotga yo‘naltirishga emas. Amalda odam bu 
yerda ishlab chiharish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm). 
Boshqa bir konsepsiya ta’lim mazmunini o‘quvchi o‘zlashtirishi 
kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui sifatida haraydi. 
Bu konsepsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga 
zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb 
hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara olishini talab etish 


78 
yetarli. Bunday holatda ta’limga talablar ham quyidagicha bo‘ladi: 
o‘sib kelayotgan avlodga ona tili. matematika, fizika va boshqa fanlar 
bo‘yicha bilim va malakalar berish zarur. 
Milliy umumiy o‘rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida 
rivojlanishi uchun bu yetarli emas. Jamiyatning o‘quvchilardan faqat 
ma’lum o‘quv fanlari mazmunini emas, balki ularda iroda kuchi, o‘z 
harakatlari uchun, jamiyat va mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatli, 
atrof-muhitni himoya qilish; millatchilik va diniy aqidaparastlikka yo‘l 
qo‘ymaslik va shu kabi sifatlarni rivojlantirishni talab etadi.
Rossiya ta’lim akademiyasi haqiqiy a’zosi V.V.Krayevskiy 
tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada qayd etilishicha, ta’limning 
asosiy ijtimoiy vazifasi ajdodlar tomonidan to‘plagan tajribalarni 
avlodlvrga uzatish hisoblanadi. 
Mazkur konsepsiya mazmunida ta’lim mazmuni quyidagi to‘rtta 
tashkiliy elementlardan iborat bo‘ladi:
-
idrok etish faoliyatini amalga oshirish usullari qayd etilgan 
shaklidagi idrok etish faoliyati (bilimlar);
-
amaliy faoliyatni amalga oshirish usullari shaklida qayd 
etilgan amaliy faoliyat tajribasi (ko‘nikma va malakalar);
-
muammoli vaziyatlar, nostandart vaziyatlarda yangi masalalarni 
hal etish shaklida (ijodiy faoliyat tajribasi);
-
atrof-muhitga, bir-biriga, emotsional qadriyatli munosabatlar 
tajribasi, ya’ni, emotsional, axloqiy, estetik tarbiyalash.
Mazkur elementlar o‘zaro bog‘liq va bir-biriga asoslangandir. 
Mamlakalar bilimlarsiz bo‘lishi mumkin emas. Odamning ijodiy 
faoliyati bilimlar va ko‘nikmalar mazmunli ma’lum materialida amalga 
oshiriladi. 
Ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalilik 
odam 
yashaydigan 
jamiyatining xulq ko‘nikma va malakalarini egallab olganligini ko‘zda 
tutadi. Ijtimoiy tajribaning bu elementlarini o‘zlashtirish odamga 
jamiyatda muvaffaqiyatli yashash, yaxshi bajaruvchi bo‘lish bilan birga 
mustaqil harakat qilish, jamiyatni o‘zgartira olish, ijtimoiy taraqqiyotga 
o‘z hissasini qo‘sha olishga imkon beradi. SHuning uchun umumiy 
o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi birinchi navbatda, hayotga 
tayyorlaydi, ikkinchidan, inson ushbu tartibga o‘z hissasini qo‘shish, 
xatto 
uni 
qayta 
tuzishga 
ham 
qodir 
bo‘ladi. 
Akademik 
V.V.Krayevskiyning konsepsiyasi o‘qituvchini o‘quvchilar ongida 
umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimi, odamlarga insonparvarlik 


79 
munosabatini shakllantirish, erkin fikrlovchi, barkamol rivojlangan 
shaxsni shakllantirishga haratilgan maxsus faoliyatga yo‘naltiradi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin