223
Mikroskoplarning fabrikalarda ko’plab ishlab
chiqarilishi va fabrikalar
orasidagi raqobat mikroskop narxini pasaytirib yubordi. Natijada ular kundalik
laboratoriya asbobiga aylanib qoldi, hatto har bir shifokor yoki talaba ham
mikroskop olishga qurbi yetadigan bo’ldi.
Shu vaqtdan boshlab haqiqiy
“mikroskop g’alayoni” boshlandi.
10.2-rasm. Laboratoriya mikroskopining tuzilishi.
Tadqiqotchilar oldida yangi oldin ochilmagan dunyoga yo’1 ochildi.
Kashfiyotchilar ishtiyoqida, ular mikroskop ostida nima to’g’ri kelsa o’shani igna
uchini, tishga o’rnashgan kirni, qon va yomg’ir tomchisini va h.k. qo’yib tekshira
boshladilar. Birin ketin yangi kashfiyotlar qilina boshlandi.
Iqtidorli havaskor mikroskopchi A.Levenguk chuqurchadan olgan suv
tomchisida birinchi marta eng sodda mikroorganizmlarni ko’rdi. Tadqiqotchi ular
shaklini ko’ribgina qolmasdan, ular harakatlanishi usullari va hatto ko’payishini
ham kuzatdi
.
Ular birinchi marta qonning qizil tanachalari - eritrotsitlar to’g’risida
ma’lumotlar berdi.
1677-yili
Levenguk
shifokor
-
talaba
L.Gam
bilan
birgalikda
spermatozoidlarni kashf etdi. R.de Graaf
esa mikroskop yordamida sut
emizuvchilar urg’ochilarining jinsiy bezlari ham qushlarning tuxumdoni singari
tuxumchalar hosil qilishini aniqladi. Sut emizuvchilarda ham tuxumdon mavjudligi
urug’lanish mohiyatini tushunishga yaqinlashtirdi.
224
1773-yili A.Levengukning kuzatishlaridan deyarli 100 yil o’tgach, daniyalik
zoolog O.F.Myuller bakteriyalarni juda yaxshi kuzata oldi va ularning shakli va
ko’rinishlarini ifodalab berdi.
Mikroskoplar qo’llanilishi hayvonlarning turli a’zolari mikrostrukturalarini
batafsil o’rganish imkonini berdi. M. Malpigi tanadagi kapillarlarni ko’rdi. Bu esa
V. Garveyning qon aylanish tizimi to’g’risidagi bilimlarini to’ldirdi. Malpigi
o’pka, jigar, buyrak va o’t pufagining mikroskopik tuzilishini bayon qilib berdi.
Ya.
Svammerdam chivinlar, hasharotlar tuzilishi va rivojlanishini o’rgandi.
O’simlik va hayvonlarning shu paytgacha no’malum bo’lgan tizimi qismlarini
o’rganish natijasida barcha tirik mavjudotlar asosini juda kichkina hujayralar
tashkil qilishi aniqlandi. 1839-yili T. Shvann hujayra nazariyasini ifodalab berdi.
Olim barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilganligini va barcha to’qimalar
ma’lum bir hujayralardan tuzilganligini ko’rsatib bera oldi.
Shunday qilib, hujayra nazariyasi barcha organik tabiatning morfologik
yagonaligini ko’rsatdi, bu esa evolutsion ta’lim’lning tasdiqlanishiga yordam berdi.
Bu misollar yana bir karra asboblar rivoji fan va texnika rivoji bilan birga ketishini
isbotladi.
Ularning
yutuqlari
bir-biri
bilan
chambarchas
bog’liqdir.
Mikroskoplarning ajratish qobiliyati Levenguk
davridan boshlab optik
mikroskoplarning kattalashtirishi 300 dan 1500 gacha ortgan bo’lsada, uning
ajratuvchanligini yanada ortirish “Reley chegarasi” deb nomlanuvchi nazariy
chegara to’sqinlik qiladi.
19-asrning 70-yillarida ingliz fizigi Jon Reley tomonidan aniqlangan
qonunga asosan mikroskopning chegaraviy eng katta
ajratuvchanligi obyektga
tushayotgan yorug’lik nuri to’lqin uzunligining yarmiga tengdir. Masalan, obyekt
to’lqin uzunligi
=650 nm bo’lgan lazer nuri bilan yoritilsa, chegaraviy
ajratuvchanlik 325 nm ni tashkil qiladi.
Bu noma’qul to’siq yorug’lik difraksiyasi
hodisasi bilan tushintiriladi,
nuqtaning hatto mukammal obyektivdagi tasviri ham odam ko’ziga nuqta bo’lib
ko’rinmaydi. Difraksiya hodisasi tufayli u dumaloq dog’ga o’xshaydi va uni birin
ketin joylashgan yorug’ va qorong’u halqalar o’rab turadi. Agar ikki nurlanuvchi
225
obyekt bir-biriga yaqin joylashsa, ularning difraksion halqalari bir birining ustiga
qoplanib, yoritilganligi murakkab taqsimlangan, shuvalgan tasvir hosil bo’ladi.
Optik mikroskopning ajratuvchanligini oshirish uchun mikroskopchilar turli
xil texnik yechimlar qidira boshladilar. Xususan, yorituvchi to’lqin uzunligini iloji
boricha
qisqartirib, ultrabinafsha mikroskoplarni yaratdilar ( =280, 300 nm). Bu
mikroskoplar o’lchamlari 150-170 nm bo’lgan obyektlarni ko’rish imkonini beradi.
Ultrabinafsha mikroskoplarning ajratuvchanligi oddiylarnikidan deyarli ikki marta
katta bo’lsada, ularning jiddiy kamchiligi mavjud. Bu ultrabinafsha nurlar biologik
obyektlarni buzadi, shuning uchun ular biotexnologik tadqiqotlar uchun
yaramaydi.
Dostları ilə paylaş: