218
tebranish oqimi. Zeta salohiyatini ifodalash uchun
elektroakustik usuldan
foydalanishning afzalligi - namunani suyultirishga hojat yo’q. Suspansiyonlar va
kolloidlerin xususiyatlari katta darajada zarracha-suyuqlik interfeysining
xususiyatlariga bog’liq bo’lgani sababli, zeta potentsialini bilish amaliy
qo’llanmalarga ega.
Filtrlash
(kimyoda)
— suyuqlik yoki gazni o’tkazib,
qattiq jismlarni tutib
qoladigan filtrlovchi to’siq yordamida suspenziyalar yoki aerozollarni ajratish
jarayoni. Filtrlash maxsus qurilma — filtrda amalga oshiriladi. Suspenziyani
filtrlashda suyuqlikdan ajraladigan qattiq jismlar filtrlovchi to’siqda ko’pincha nam
cho’kma hosil qiladi. Bu cho’kma suv va boshqa suyuqliklar bilan yuvib tushiriladi
yoki quritish maqsadida havo bilan puflanadi.
Juda qovushqoq va konsentratsiyasi kichik nozik
dispers suspenziyalarning
qattiq zarralari filtrlovchi to’siqning teshikchalariga singib, cho’kma hosil qilishi
yoki qilmasligi mumkin. Teshikchalarni kamaytirish yoki kichraytirish maqsadida
yordamchi moddalar (diatomit, perlit, asbest, sellyuloza va boshqalar) qo’llanadi.
Bunday moddalar filtrlovchi to’siqqa beriladi yoki suspenziyaga qo’shiladi.
Filtrlovchi to’siq orqali o’tgan suyuqlik filtrat deb ataladi.
Filtrlashning quyidagi turlari bor:
a) suspenziyaning o’zinigina ajralishi, yaʼni
suspenziya tarkibidagi
filtrlovchi to’siqda tutib qolingan qattiq jismmni ajratish;
b) suspenziyani quyultirish — filtrlovchi to’siq orqali suyuq fazaning bir
qismini o’tkazib yuborib, suspenziyaning konsentratsiyasini oshirish;
v) suyuqlikni tiniqlashtirish — uni oz miqdordagi muallaq moddalardan
tozalash.
Filtrlash bir jinsli bo’lmagan suyuq sistemalarni ajratish,
gazlarni
tozalashning samarali usulidir, u laboratoriya va sanoatda (kimyo, oziq-ovqat,
neftni qayta ishlash, konchilik va boshqa sohalarda) keng qo’llanadi.