D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Yedirish.
 
Ultrabinafsha spektr sohasida nurlanish chiqaradigan lazerlardan 
polimer va metall pardalarni bevosita yedirish uchun foydalaniladi. Yedirishning 
bir necha usullari mavjud: qattiq fazadan bug’lantirish yo’li bilan yedirish, lazer 
rag’batlantirgan yedirish. Bu amallardan integral sхemalar hosil qilishda keng 
foydalaniladi.
 


209 
IX BOB. SIRT VA BIOFAOL FUNKSIONAL XOSSALARNI TADQIQOT 
USULLARI.
9.1. Potensiometriya, konduktometriya, elektroliz, adsorbtsiya. 
Potensiometriya.
Potensiometrik analiz usullari elektrod potensialini 
ochishga asoslangan bo’lib, elektrod potensiali bilan eritmaning konsentratsiyasi 
orasidagi bog’lanishni o’rganadi. Elektrolit eritmasiga elektrodlar tushirilganda, 
elektrod bilan eritma orasidagi sirt chegarasida potensial yuzaga keladi. Bu 
potensial Nernst tenglamasi yordamida ifodalanadi: 
(9.1) 
Bu yerda: 
— elektrod potensiali, 
— volt bilan o’lchangan standart elektrod potensiali; 
— universal gaz doimisi, 8,314 J/(mol·K) teng; 
— mutloq harorat; 
— Faradey doimiysi, 96485,33 Kl•mol
−1
teng; 
— jarayonda qatnashgan elektronlar soni
va —
yarim reaksiyada qatnashgan oksidlovchi va qaytaruvchilarning 
mos ravishdagi aktivligi. 
Agar Nernst formulasiga F va R kiritib, natural logarifimdan o’nli 
lagarifimga o’tsak, T=298K da quyidagi formulani olamiz. 
(9.2) 
Potensiometrik analiz usullari bevosita va bilvosita usullarga bo’linadi.
Bevosita usullarda moddalarning konsentratsiyalari va aktivliklari (pH, pM, 
рА), dissotsiatsiya konstantalari (рKа, pKb), muvozanat va barqarorlik 
konstantalari, eruvchanlik ko’paytmalari va boshqa fizik-kimyoviy kattaliklar 
aniqlanadi.
Bilvosita usullar yordamida titrlash (protolitom etriya, oksredmetriya, 
kompleksimetriya va shu kabilar) davomida titrlashning oxirgi nuqtasi topiladi. 
Potensiometriyada potensialni o’lchash uchun indikator (vodorod selektiv shisha,


210 
natriy yoki boshqa ionga selektiv shisha yoki membrana, metall, metall oksid va 
boshqa) va taqqoslash (normal vodorod, kumush xloridli, talliy xloridli, to’yingan 
kalomel va boshqa) elektrodlar ishlatiladi. 
Potensiometriyaning ayrim ionlarni aniqlashga mo’ljallangan indikator 
elektrodlari ishlatiladigan sohasiga ionometriya deyiladi. Taqqoslash elektrodlari 
o’lchash 
davomida 
doimiy 
haroratda 
o’z 
potensialini 
o’zgartirmaydi. 
Potensiometrik titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun hisoblash, chizma 
(integral, differensial, ikkinchi darajali hosila, egri chiziqlarni to’g’rilash — Gran) 
va muayyan potensial (pH) gacha titrlash usullari mavjud. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin