208
kristallash impulsli yoki uzluksiz lazer yordamida amalga oshiriladi. Barcha
hollarda kremniy butun qalinlik bo’yicha suyuladi va suyulmadan qatlamlar qayta
kristallanadi. Mazkur tuzilmalar ketma-ket o’tkaziladigan
amallar natijasida
olinadi: kremniy taglik termik (qizdirish) yo’l bilan oksidlanadi yoki taglikka
kremniy
nitridi o’tqaziladi (dielektrik qatlam hosil qilinadi; buning ustiga kremniy
qatlami o’tqaziladi – gazsimon fazadan (past bosimda) PK o’stiriladi; ionlar
kiritish usuli bilan PK legirlanadi; PK qatlamni lazer qayta kristallaydi.
Yaхlit kremniy qatlamlariga lazer ishlov berilganda ular polikristallikligicha
qoladi, ammo donalar o’nlab mkm gacha kattaradi.
Lazer yordamida qayta
kristallashda kremniyning bir necha o’n kvadrat mkm li yuzali monokristallik
donalari olinadi. Shunday usul bilan tayyorlangan “dielektrik ustida kremniy”
qatlamlari asosida MOYa – tranzistorlar, katta integral mikrosхemalar (KIMS)
tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: