D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Konduktometriya
tekshirilayotgan 
eritmaning 
solishtirma 
elektr 
o’tkazuvchanligini o’lchashga asoslangan. Ushbu elektrokimyoviy usul analitik 
kimyoning eng qadimiy fizik-kimyoviy usullaridan biri hisoblanadi. Odatda 
konduktometriya havodagi ifloslovchi moddalarni aniqlashda va kamdan-kam 
holatlarda suv va tuproqni tahlil qilishda foydalaniladi. Konduktometriya asosida 
ishlab chiqilgan qator gazoanalizatorlar azot sanoatida, oltingugurt vodorodi, 
oltingugurt oksidi, azot oksidi, galogenlar va galogen vodorodlarni aniqlashda 
muvaffaqiyatli foydalaniladi. 
Korxona ishchi zonasi havosida toksik fosfor oksidlarini aniqlashda, 
sanoatda konduktometrik gazoanalizator keng qo’llaniladi, uning ta’siri 
tekshirilayotgan moddalarning polipropilen tolali, suv bilan sug’oriladigan 
filtrlovchi to’siq orqali ularni o’tkazish yo’li bilan suv tomonidan yutilishiga 
asoslangan. Bunda fosfor angidridi fosfor kislotasini hosil qiladi, fosforning quyi 
oksidlari esa kaliy permanganat ishtirokida fosfor kislotasigacha oksidlanadi, u o’z 
navbatida suv eritmasida dissotsiatsiyalanadi. O’lchov yacheykasida eritmaning 
elektr o’tkazuvchanligi 2 ta platina elektrodi yordamida aniqlanadi. 
Konduktometriya 
shuningdek, 
gazli, 
ayniqsa 
suyuqlik 
va 
ionli 
xromatografiyada detektirlash usuli sifatida ham katta ahamiyatga ega. 
Havoda, suvda va tuproqda ionlarni (nitratlar, xloridlar, sulfatlar, sianidlar 
va boshqalar) aniqlash zarur bo’lganda xromatograflk taqsimlash va keyinchalik


211 
birikmalami konduktometriya (yoki kulonometriya) yordamida detektirlash eng 
maqbul usul hisoblanadi.
Elektroliz jarayoni.
Elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali o’zgarmas 
elektr toki o’tkazilganda elektrodlarda boradigan oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalari elektroliz deb ataladi. Elektroliz jarayoni maxsus qurilmalar – 
elektrolizerlar yoki elektrolitik vannalarda olib boriladi. 
Agar elektrolitning suvdagi eritmasiga o’zgarmas tok manbaiga ulangan 
elektrod tushirilsa, eritmada tartibsiz harakatda bo’lgan ionlar bir tomonga 
yo’naladi: kationlar katodga, anionlar esa anodga tomon yo’naladi. Elektr toki 
manbaining ishlashi natijasida elektronlar anoddan katodga uzatiladi, shu sababli 
anodda elektronlar yetishmay qoladi, katodda esa ko’payib ketadi. Elektronlar 
katoddan musbat zaryadlangan ionlarga o’tadi va ularni neytral atomlarga 
aylantiriladi. Manfiy zaryadlangan ionlar anodga kelib unga o’z elektronlarini 
beradi va o’zi zaryadsizlanadi. Shunday qilib, elektrolizning mohiyati shundaki, 
katodda qaytarilish anodda esa oksidlanish jarayoni boradi. 
Masalan, suyuqlantirilgan NaCl ning elektrolizi jarayonini ko’rib chiqamiz. 
Agar NaCl suyuqlanmasi orqali elektr toki o’tkazilsa, suyuqlanmadagi Na
+
va
ionlari tegishli elektrodlar tomon yo’naladi va ularda quyidagi jarayonlar sodir 
bo’ladi:
Katodda: 
qaytarish 
Anodda: 
oksidlanish 
Suyuqlantirilgan NaCl ning elektrolizi umumiy tarzda quyidagi tenglama 
bilan ifodalanadi. 
Suyuqlantirilgan elektrolitlarning elektrolizi bilan elektrolit eritmalarining 
elektrolizi bir-biridan farq qiladi. 
Tuzlarning suvdagi eritmalarining elektrolizida eritmada tuz ionlaridan 
tashqari suvning dissotsatsiyalanishidan hosil bo’lgan H va 
ionlarining hosil 
bo’lishi ham hisobga olinadi. 


212 
Katod atrofida elektrolit va vodorod kationlari hamda anod atrofiga elektrolit 
va gidroksid ionlari to’planadi. Katod va anodda boradigan oksidlanish-qaytarilish 
jarayoni ionlarning oksidlanish-qaytarilish potensiallari qiymatiga bog’liq. 
Тuz eritmalarining aktiv anod qo’llanilgandagi elektrolizi. Bunday elektroliz 
jarayonida anod materiali eriydi. Masalan, kadmiy sulfat eritmasining elektrolizini 
misol kilish mumkin: 
CdSO
4
Cd
2+
+ SO
4
2-
Katodda (-): Cd
2+
+ 2e- = Cd 
Anodda (+): Cd - 2e- = Cd
2+
Elektroliz qonunlari. Elektroliz vaqtidagi anodda boradigan oksidlanish 
jarayonida anod materiali ikki guruhga: erimaydigan va eriydigan anodlarga 
bo’linadi. 
Oksidlanmaydigan materialdan (grafit, platina) yasalgan anod erimaydigan 
(inert) anod, oksidlanadigan materialdan yasalgan anod eriydigan (aktiv) anod 
deyiladi. 
Elektr energiyasining ta’sirida vujudga keladigan kimyoviy jarayonlar 
unumi bilan elektr toki o’rtasida miqdoriy bog’lanish borligini dastlab 1836-yilda 
ingliz olimi M.Faradey aniqladi. Faradey fanga elektrod, anod, katod, anion, 
kation, elektrolit, elektroliz tushunchalarini kiritdi. Faradey o’z tajribalarini 
bajarishda bir necha galvanik elementni ketma-ket ulab, batareya hosil qildi; 
elektroliz qilishda ana shu batareyadan elektr manbai sifatida foydalandi. U 
o’zining ilmiy kuzatishlari asosida quyidagi elektroliz qonunlarini kashf etdi: 
1. Faradeyning I qonuni. Elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqadigan 
moddaning massasi miqdori eritmadan o’tgan elektr toki miqdoriga to’g’ri 
proporsional bo’ladi. 
2. Faradeyning II qonuni. Agar bir necha elektrolit eritmasi orqali bir xil 
miqdorda ketma-ket ulangan holda, elektr o’tkazilsa elektrodlarda ajralib 
chiqadigan moddalarning massa miqdorlari o’sha moddalarning kimyoviy 
ekvivalentlariga proporsional bo’ladi. 


213 
Elektroliz vaqtida elektrodlarda 1 g – ekvivalent modda ajralib chiqishi 
uchun elektrolit eritmasidan 96500 kulon elektr toki o’tishi kerak. Bu son Faradey 
soni (F) deyiladi. 
Faradey qonunlaridan 
(9.3) 
yoki 
(9.4) 
ifoda kelib chiqadi. 
Bunda, m-moddaning massasi, E-moddaning gramm ekvivalenti (g-ekv); I-
tok kuchi; q-elektr miqdori; t-vaqt; F-Faradey soni; F=96500. 
Elektroliz metallurgiya, kimyo sanoati va boshqa sohalarda keng 
qo’llaniladi. Metallarni ularning birikmalaridan ajratib olish, metall buyumlarni 
korroziyadan saqlashda, metal sirtiga korroziyabardosh metall qoplash kabi 
ishlarda elektrolizdan foydalaniladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin