D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Adsorbsiya 

qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki 
gaz holidagi modda (adsorbat) larning konsentrlanishi (yutilishi). Adsorbsiya 
adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch ta’sirida sodir bo’ladi. Adsorbat 
molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir 
(mono), ikki (bi-) va hokazo ko’p (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil 
bo’ladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi ma’lum darajaga 
yetganidan keyin desorbsiya boshlanadi.
Yutilgan modda adsorbsion qavatda o’z xususiyatini saqlab qolsa, fizik 
adsorbsiya, o’zgarsa, ya’ni adsorbent bilan kimyoviy biriksa, kimyoviy adsorbsiya 
deyiladi.
Fizik adsorbsiya temperatura, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va 
adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bog’liq. Adsorbiya 
hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan o’g’it, avvalo tuproqqa 
adsorbetsiyalanadi.
O’simlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali adsorbsiya jarayoni 
asosida o’zlashtiradi. Adsorbsiya gaz va suyuq aralashmalarni ajratishda biologik


214 
jarayonda, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qo’shilmalardan 
holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda adsorbsiyadan keng 
foydalaniladi. 
Qattiq jism sirtidagi adsorbsiya
. Qattiq jismlar ham suyuqliklar kabi sirt 
energiyasiga ya’ni sirt tarangligiga ega bo’ladi. Ammo xaligacha qattiq jismning 
sirt tarangligini aniq o’lchash usuli ma’lum emas. 
Qattiq jism sirtida gazning adsorbilanishini miqdor jihatdan xarakterlash 
uchun yo gaz bosimining kamayishi yoki adsorbent massasining ortishi o’lchanadi, 
chunki adsorbsiya vaqtida adsorbentning massasi ortadi. 
Adsorbentning sirt birligiga (1 m
2
gа) yutilgan moddaning gramm-molekula 
hisobidagi miqdori solishtirma adsorbsiya deyiladi. Solishtirma adsorbsiyani topish 
uchun adsorbsiyaviy muvozanat vaqtida yutilgan modda miqdorini (mol hisobida) 
adsorbent sirtiga bo’lish kerak: 
(9.5) 
bu yerda G - solishtirma adsorbsiya; x - yutilgan modda miqdori; S - adsorbent 
sirti. 
Lekin g’ovak-g’ovak tuzilgan qattiq adsorbentlarning (ko’mir, silikageli va 
hokazolarning) sirtini o’lchash juda qiyin bo’lgani uchun amalda solishtirma 
adsorbsiyani topishda yutilgan modda miqdori adsorbent og’irligiga bo’linadi; 
bu yerda x - yutilgan moddaning gramm hisobidagi og’irligi; m - 
adsorbentning gramm hisobida olingan og’irligi. Har qanday adsorbent ma’lum 
miqdordan ortiq moddani yuta olmaydi. Moddaning sirt birligiga (1 m
2
ga) 
yutilishi mumkin bo’lgan eng ko’p miqdori maksimal solishtirma adsorbsiya 
deyiladi va G

balan belgilanadi. 
Qattiq jismlarda bo’ladigan adsorbsiya hodisasini tekshirish natijasida qutbli 
adsorbentlar qutbli moddalarni va ionlarni yaxshi adsorbilashi, qutbsiz adsorbentlar 
esa qutbsiz moddalarni adsorbilashi aniqlangan. 


215 
Agar qutbsiz adsorbent sirtida -СOOН, -ОН, NH
2
- qutb guruhi bo’lgan 
organik moddalar eritmalardan adsorbilansa, bu molekulalarning qutbsiz 
radikallari qutbsiz adsorbentga yo’nalgani holda molekulaning qutbdi guruhlari 
qutbli suyuqlikka tomon yo’naladi. Agar yutiluvchi moddada adsorbent tarkibidagi 
atom yoki atomlar guruhi bo’lsa, u modda yaxshi adsorbilanadi. Qutbli va 
geterogen adsorbentlarning sirti suvni yaxshi, lekin benzolni yomon adsorbilaydi; 
bular gidrofil adsorbentlar deyiladi. Qutbsiz adsorbent suvni yomon, lekin benzolni 
yaxshi adsorbilaydi; bular gidrofob (yoki liofob) adsorbentlar deyiladi. 
Masalan, ko’mir gidrofob adsorbentlarning tipik vakili, silikagel esa gidrofil 
Adsorbentlarnikg vakili hisobladi. Adsorbilanish maqsadlari uchun aktivlangan 
ko’mir juda ko’p ishlatiladi. Aktivlangan ko’mir g’ovak modda bo’lib, asosan, 
ugleroddan iborat. Turli organik moddalarning havo kirmaydigan joyda 
qizdirilishidan hosil bo’lgan ko’mirda har xil smolalar bo’lib, ular ko’mir 
ning teshiklarini bekitib qo’yadi. Bu smolalarni yo’qotib, ko’mirning g’ovakligini 
oshirish maqsadida ko’mir maxsus ishlanadi, ya’ni aktivlashtiriladi. Ko’mir 
qanday sharoitda aktivlanganiga qarab, yo kislotalarni yoki asoslarni ko’proq 
adsorbilaydi. Masalan, 900° C da aktivlangan toza ko’mir kislotalarni adsorbilaydi; 
400-450° C da aktivlangan ko’mir asoslarni yaxshi adsorbilab, kislotalarni 
adsorbilamaydi.
I.A.SHilov aktivlangan ko’mir o’z sirtida yod kislotalarni yoki asoslarni 
adsorbilash sababini ko’mirga ishlov berilayotganda uning sirtida birikmalar, ya’ni 
asos yoki kislota xarakteriga ega bo’lgan oksidlar hosil bo’lishidandir deb 
tushuntirdi. Adsobsiya bilan boglliq ishlarda, ko’mirdan tashqari, boshqa bir 
adsorbent - silikagel ham ko’p ishlatiladi. Silikagel silikat kislotankng 
suvsizlantirilgan gelidir. Silikagel kislota xarakteriga ega bo’lgan adsorbentlar 
qatoriga kiradi; u asosan, asoslarni adsorbilaydi. 
Aktivlangan ko’mir gidrofob adsorbentlar, shuning uchun u qutbsiz 
moddalarni yaxshi adsorbilaydi. Silikagel esa gidrofil adsorbent bo’lgani uchun 
qutbli moddalarni yaxshi adsorbilaydi. 


216 
Eritmalarda bo’ladigan adsorbsiya vaqtida, erigan modda bilan bir qatorda
erituvchi ham adsorbilanishi sababli, erituvchi sifatida suv olinsa, adsorbent 
sifatida ko’mir ishlatiladi, aksincha, suvsiz eritmalar uchun adsorbent sifatida 
silikagel ishlatiladi. 
Adsorbsiya jarayoni kimyoviy texnologiyada katta rol o’ynaydi. Masalan, 
gaz aralashmalarishni ajratib tozalashda faol ko’mir, silikagel, kolloid moddalar 
kabi adsorbentlar ishlatiladi. Adsorbsiyadan koks gazlaridan benzol olishda 
foydalaniladi. Buning uchun faol ko’mir bilan to’latilgan adsorberga adsorbent 
to’yinguncha gaz aralashmasi yuboriladi. So’ngra adsorbergga 100 °C li suv bug’i 
beriladi; suv bug’i ko’mirga yutilgan benzolni siqib chiqaradi. Natijada, benzol va 
suvdan iborat sistema hosil bo’ladi; benzol suvda erimasligi uchun endi benzolni 
ajratib olish qiyin bo’lmaydi. Gazlar aralashmasini ajratishda ketma-ket 
desorbtsiya o’tkaziladi. Avval past haroratda gazlar aralashmasi adsorbentga 
yuttiriladi. Keyin asta-sekin qizdirganda gazlar o’zining qaynash haroratiga 
muvofiq adsorbentdan chiqa boradi. Shu tariqa geliy va boshqa inert gazlar olinadi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin