216
Eritmalarda bo’ladigan adsorbsiya vaqtida, erigan modda bilan bir qatorda,
erituvchi ham adsorbilanishi sababli, erituvchi sifatida suv olinsa, adsorbent
sifatida ko’mir ishlatiladi, aksincha, suvsiz eritmalar uchun adsorbent sifatida
silikagel ishlatiladi.
Adsorbsiya jarayoni kimyoviy texnologiyada katta rol o’ynaydi. Masalan,
gaz aralashmalarishni ajratib tozalashda faol ko’mir, silikagel, kolloid moddalar
kabi adsorbentlar ishlatiladi. Adsorbsiyadan koks gazlaridan benzol olishda
foydalaniladi. Buning uchun faol ko’mir bilan to’latilgan adsorberga adsorbent
to’yinguncha gaz aralashmasi yuboriladi. So’ngra adsorbergga 100 °C li suv bug’i
beriladi; suv bug’i ko’mirga yutilgan benzolni siqib chiqaradi. Natijada, benzol va
suvdan iborat sistema hosil bo’ladi; benzol suvda erimasligi uchun endi benzolni
ajratib olish qiyin bo’lmaydi. Gazlar aralashmasini ajratishda ketma-ket
desorbtsiya o’tkaziladi. Avval past haroratda gazlar aralashmasi adsorbentga
yuttiriladi. Keyin asta-sekin qizdirganda gazlar o’zining qaynash haroratiga
muvofiq adsorbentdan chiqa boradi. Shu tariqa geliy va boshqa inert gazlar olinadi.
Dostları ilə paylaş: