13
Fizik-kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko’p. Ulardan hozirgi vaqtda
sanoat korxonalarida mahsulotlarning xossalarini o`rganishda, ilmiy-tekshirish
laboratoriyalarida keng foydalaniladiganlari quyidagilar:
1. Spektral va boshqa optik analiz usullari — modda bilan elektromagnit
nurlarning ta’siri natijasida turli o’zgarishlarni o’lchashga asoslangan (emission
spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi,
spektrofotometrik analiz va boshqalar).
2. Elektrokimyoviy analiz usullari — elektrokimyoviy hodisalar vaqtida
analiz qilinadigan eritmada o’zgaradigan elektrokimyoviy ko’rsatkichlarni
o’lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va
boshqalar).
3. Ajratish va konsentrlash usuli — moddalarning ikki faza orasida
taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo)
Dostları ilə paylaş: