16
asoslangan maxsus bo’limini tashkil etadi. Bunday ta’sir natijasida modda va uning
molekulasining u yoki bu xossalari namoyon bo’ladi.
Moddaga kelib tushayotgan nurning, zarrachalar dastasining va unga ta’sir
qilayotgan turli xil fizik maydonlarining modda bilan o’zaro ta’siridan keyingi
o’zgarishini aniqlash fizikaviy usulning to’g’ridan-to’g’ri vazifasi deyiladi. Modda
bilan har xil chastotali elektromagnit nurlarning, zarralarning va fizikaviy
maydonlarning o’zaro ta’sirini o’rganish orqali ya’ni, tajribaning natijalariga ko’ra
moddaning fizik xossalarini aniqlash hamda molekulaning fizik kattaliklarini
topish qo’yilgan masalani teskari tomondan yechishga kiradi va fizikaviy usulning
teskari vazifasi deb ataladi.
Masalan, ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan yadro magnit rezonansi (YaMR)
spektrlarini tahlil qilishda bu usulning to’g’ri va teskari vazifalarini farq qilish
qiyin emas.
To’g’ri vazifasi. Tegishli moddani kimyoviy siljishlari va spin-spin ta’sir
doimiyliklarini qiymatlari berilgan, uni YaMR spektrini hisoblash talab qilinadi.
Teskari vazifasi. Moddani tajribada olingan YaMR spektri berilgan undan
tegishli yadroning kimyoviy siljishlarini va spin-spin ta’sir doimiyliklarini aniqlash
talab qilinadi. Odatda, teskari vazifani yechish amaliy ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda kimyoda fizikaviy tadqiqot usullari ichida spektroskopik
usullar keng ishlatiladi. Bu usullar yordamida modda tomonidan chiqarilgan yoki
yutilgan elektromagnit nurlar intensivligini ulaming chastotasiga yoki to’lqin
uzimligiga bog’liqligi o’rganiladi. Spektroskopik usullar atom va molekulalaming
elektron, tebranish, aylanish va magnit energetik sathlari orasidagi farqni topish,
spektr polosasining intensivligi orqali energetik sathlar orasidagi o’tish
ehtimoliyatini katta yoki kichikligini baholash imkoniyatini beradi. Bularni
o’rganish esa o’z navbatida molekulaning simmetriyasini, geometriyasini, qaysi
atomlardan tashkil topganligini, elektrik xossalarini va boshqa kattaliklarini topish
imkoniyatini beradi. Energetik sathlar orasidagi farqning katta kichikligiga qarab
spektral usullar quyidagilarga bo’linadi (1.2-jadval):
Dostları ilə paylaş: