2 Dastur 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo’yicha) magistratura mutaxasisliklariga kiruvchilar uchun 5120300 – Tarix


XVII-XVIII asrlar Rus va Yevropa tillaridagi manbalarda O’rta Osiyo tavsifi



Yüklə 79,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix20.11.2023
ölçüsü79,91 Kb.
#163782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

XVII-XVIII asrlar Rus va Yevropa tillaridagi manbalarda O’rta Osiyo tavsifi 



O’rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi yozma ma’lumotlar sayyoh 
va elchilarning kundaliklari. Marko Polo, Rui Gonsales de Klavixo va Antonio Jenkinson 
kundaliklari. Shuningdek, XVII-XVIII asrlar rus va yevropa tillaridagi manbalarda O’rta Osiyo 
tavsifi I.D.Xoxlovning ma’lumotlarida («Книга Большому чертежу»); B.A.Pazuxin va 
S.I.Pazuxin 
ma’lumotlarida; 
Florio 
Benevini 
axborotida; 
V.N.Tatishev 
«Лексикон 
географической и политической»; D.Gladishev va Muravin ma’lumotlarida; F.Efremov 
safarnomasi, T.Burnashevning O’rta Osiyoga safari xotiralari; F.Nazarov safarnomasi; N.Muravyov 
ma’lumotlari; Ye.K. Meyendorf safarnomalarida O’rta Osiyo tarixiga oid ma’lumotlar. 
O’rta Osiyo tarixiga oid Rossiya sharqshunoslari tadqiqotlari. “Turkiston arxeolog 
havaskorlari to’garagi”, “Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiya”si kabi ilmiy jamolar tomonidan 
muntazam nashr etilgan to’plamlar va maqolalar. XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan 
istilo qilinishi, Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi tarixi.
Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari 
(O’zMA) 
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O’rta Osiyo tarixiga oid manba. 
Turkistonni o’rgangan rus olimlarining asarlari, Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi 
materiallari tarixiy manba sifatida. Shuningdek, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi 
Turkistonga oid statistik ma’lumotlar, arxiv materiallari va davriy matbuot («Туркестанские 
ведомости», «Туркестанский вестник»va b.) xabarlarining tarixiy manbaviy ahamiyati.
O’zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
Rossiyadagi fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy jarayonlarni aks ettiruvchi materiallar, 
Oktyabr voqealaridan keyin Turkistonda Sho’rolar hukumati tashkil topishi va yangi davlat tarixi 
bilan bog’liq manbalar, Sovet hokimiyatining dekretlari, Sovetlar syezdlarining qarorlari, partiya 
tashkilotlarining hujjatlari manba sifatida. Turkistonda muxtoriyatchilik va istiqlolchilik harakati 
tarixiga oid hujjatlar tarixiy ahamiyati. O’rta Osiyoda milliy chegaralanish siyosati tarixiga oid 
hujjatlar, O’zbekistonning 1925-1941 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar; qatag’onlar tarixi aks 
etgan hujjatlar, 1941-1945 yillar urushi tarixiga oid materiallar, O’zbekistonning 1945-1991 
yillardagi tarixiga oid statistik to’plamlar va ish yuritish hujjatlarining tarixiy ahamiyati.

Yüklə 79,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin